Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 0:3
      • Komo
  • La-liga
      • 20.01.2026 01:00
      • Elche
      • 2:2
      • Sevilya
  • APL
      • 20.01.2026 01:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Bornmut
  • ECHL
      • 20.01.2026 20:30
      • Qayrat
      • 1:4
      • Bryugge
      • 20.01.2026 22:45
      • Bude-Glimt
      • 3:1
      • Manchester Siti
      • 21.01.2026 00:52
      • Kopengagen
      • -:-
      • Napoli
      • 21.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Ayaks
      • 21.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 1:2
      • Ayaks
      • 21.01.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 2:0
      • Borussiya D
      • 21.01.2026 01:00
      • Sporting
      • 2:1
      • PSJ
      • 21.01.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 6:1
      • Monako
      • 21.01.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • 2:0
      • Bayer
      • 21.01.2026 01:00
      • Inter
      • 1:3
      • Arsenal
      • 21.01.2026 01:00
      • Kopengagen
      • 1:1
      • Napoli
      • 21.01.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • -:-
      • Ayntraxt F
      • 21.01.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.01.2026 01:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Yunion
      • 22.01.2026 01:00
      • Marsel
      • -:-
      • Liverpul
      • 22.01.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • PSV
      • 22.01.2026 01:00
      • Slaviya
      • -:-
      • Barselona
      • 22.01.2026 01:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Pafos
      • 22.01.2026 01:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Benfika
      • 22.01.2026 01:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Atletik Bilbao
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Elche 20 24
9 Real Sosyedad 20 24
10 Atletik Bilbao 20 24
11 Jirona 20 24
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Sevilya 20 21
15 Malyorka 20 21
16 Xetafe 20 21
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona
20-тур Elche 2-2 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Diqqat ayol hakam hushtagi yangramoqda - yohud bundesliga o‘yinini boshqargan birinchi ayol hakam

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

10 sentyabr. Berlin. «Gerta» - «Verder» - 1:1. Bibiana Shtaynxaus Germaniya futboli tarixida bundesliga o‘yinini boshqarib borgan birinchi ayol hakam bo‘ldi. Tabiiyki, bu voqelik omma orasida keng muhokama qilindi va qilinmoqda.

Hushyor torting, futbol sahnasida ayollar! Bundesligada nima ro‘y berdi?

Ayollar va futbol - bu iboralar oxirgi vaqtlarda tobora o‘zaro uy-g‘unlashib boryapti. Chunonchi, nozik jins vakillari futbol chegaralarini buzishga qattiq bel bog‘lagan ko‘rinishadi.

Mana, Fotima Samura tarixda FIFA bosh kotibi lavozimini egallagan birinchi ayolga aylangandi, Korin Diakr esa professional murabbiy maqomini olib, erkaklar futbol klubi - «Klermon»­ga bevosita ustozlik qila boshladi.

Endi «yo‘l ochuvchilar» safi yana bir yo‘nalish vakilasi hisobiga kengaydi - Bibiana Shtaynxaus Germaniya futboli tarixiga bundesliga o‘yinida bosh hakam rolini bajargan birinchi ayol sifatida kirdi.

Bibiana? U kim o‘zi?

Joriy yilning 19 may kuni Germaniya futbol federasiyasi mavsum-2017|2018da bundesliga o‘yinlarida xizmat ko‘rsatuvchi hakamlar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Elit guruhga ikkinchi bundesligadagi ishlari bilan yaxshi taassurot qoldirgan 4 nafar yangi hakam nomi kiritildi.

Barcha-barcha ulardan biri -  Bibiana Shtaynxausga alohida e’tibor qaratgani tayin. Axir faqat erkaklardan tuzilgan qaydnomada ayol nomi ko‘zga boshqacha tashlanishi muqarrar-da. Bibiana 38 yoshda va Gannover polisiyasi ofiseri hisoblanadi.

U shuning barobarida futbol hakami sifatida ham yetarlicha tajriba to‘plashga ulgurgan. Umuman, Shtaynxaus xonim qizaloqlik paytidayoq futbolga alohida qiziqqan, bu sport turiga asosiy ovunchoqdek qaragan.

Misol uchun, o‘qish vaqtida Quyi Saksoniya universiteti terma jamoasida o‘ynagan, 1995 yilga kelib esa hakamlik lisenziyasini olgan. Oradan qandaydir 4 yil o‘tgach, Bibiana ayollar o‘rtasidagi bundesliga o‘yinlarida ish boshladi. Muhimi, u bu borada tez sur’atlarda yuksaklikka ko‘tarilib, tez orada eng yaxshi ayol hakam maqomiga erishdi. Unga ishonib topshirilgan muhim o‘yinlar barchasini tasdiqlab turibdi.

Aniqroq aytsak, Shtaynxaus avvaliga ayollar o‘rtasidagi JCH-2011 final uchrashuvi (YAponiya - AQSH - 2:2, penaltilar bo‘yicha - 3:1)ni boshqardi, keyin 2012 yili London Olimpiadasiga borib, yana ayollar turniri hal qiluvchi bahsi (AQSH - Yaponiya - 2:1)da ishladi. Bibiana hisobidagi elit o‘yinlar ro‘yxatida ayollar o‘rtasidagi CHLning oxirgi finali («Lion» - «PSJ» - 0:0, penaltilar bo‘yicha - 7:6) ham bor.

Ammo o‘zining dadil aytishicha, futboldagi bosh muvaffaqiyati - bu aynan erkaklar yo‘nalishida ishlashga taklif olgani. Xullas, Shtaynxaus 2007 yilning 21 sentyabrida bu yo‘lda ilk tarixiy qadamni tashladi - ikkinchi bundesliga doirasidagi «Paderborn» - «Xoffenxaym» uchrashuvida bosh hakam vazifasini bajardi. Shu tariqa nemis futboli solnomasida mutlaqo yangi sahifa ochildi.

O‘yinning ertasiga obro‘li Kicker nashri o‘z muqovasini «Bir ayol va 22 erkak» sarlavhasi bilan bezadi. Shtaynxaus debyut o‘yinida 3ta sariq kartochka ko‘rsatgan va 2 marta maydon markaziga ishora qilgandi («Xoffenxaym» 2:0 ko‘rinishida g‘alaba qozongan). Bir so‘z bilan aytganda, xonimning debyuti chakki chiqmadi. Shu-shu uni Germaniya kubogi va bundesliga uchrashuvlariga bosh hakam yordamchisi sifatida jalb eta boshlashdi.

Bundesliga tarixidagibirinchi ayol hakam

Umumiy qaraganda, Germaniya futbol federasiyasining may oyida bergan bayonoti hech kimni ortiqcha ajablantirmadi. Shtaynxausning faoliyat yo‘lini nazarda tutsak, bu mantiqqa mos va mutlaqo adolatli qaror edi. Xullas, bundesliga o‘yinini Bibianaga qachon ishonib topshirishlarini kutish qolgandi, xolos.

Nihoyat, shu kun keldi - tarixiy voqea uchun 10 sentyabrga belgilangan «Gerta» - «Verder» bellashuvi munosib ko‘rildi. Aytish joiz, Berlin jamoasi shu munosabat bilan noodatiy aksiya o‘tkazdi - o‘yin chiptalari ayollarga ikki baravar arzon narxda sotildi.

Darvoqe, 1:1 hisobidagi durang natija bilan tugagan o‘yinda Shtaynxaus xonim futbolchilardan birini ogohlantirishdan tashqari, videoassistent yordamiga ham murojaat qildi. To‘g‘ri, jarima maydoni ichida yuzaga kelgan bahsli holatni muhokama qilganidan so‘ng penalti belgilash fikridan qaytdi.

Uning ishi qanday baholandi?

O‘yinning barcha ishtirokchilari Shtaynxaus olib borgan ishga nisbatan ijobiy fikr bildirishdi. «Bibiana Shtaynxausni faqat maqtashim mumkin. Ayniqsa, birinchi gol urilgan vaziyatda juda to‘g‘ri yo‘l tutdi. Ya’ni hujumga o‘tganimizda «Verder» vakillari qoidani buzishgach, o‘yinni to‘xtatmadi. Bu uning tajribasi va salohiyatidan nishona.

Umuman, ayol bo‘lishiga qaramay, haqqoniy kurash borgan vaziyatlarda o‘ynashga imkon bergani hurmatga loyiqdir»,-dedi uchrashuvdan so‘ng «Gerta» bosh murabbiyi Pal Dardai.

Uning «Verder»dagi hamkasbi Aleksandr Nuri ham barchasidan qoniqqanini ta’kidladi: «O‘yindan oldin bosh hakam sifatida erkak yoki ayol kishi ishlashi mutlaqo ahamiyatsiz ekanligini aytgandim.

Muhimi - hakamlik sifati va menimcha, u hech kimda e’tiroz tug‘dirmadi». Uchrashuvdagi yagona sariq kartochka sohibi - «Gerta» yarim himoyachisi Per Shelbredning gapiga e’tibor qarating: «Hattoki, Per Shelbred ham oldida ayol hakamni ko‘rgach, og‘zini yumib turadi». Ha, serg‘ayrat Bibiana bunday ajoyib qo‘llab-quvvatlanishdan so‘ng yanada ishtiyoq bilan ishlasa, ajabmas.

Aytgancha...

Bir safar Bibiana Shtaynxaus va «Bavariya»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘rtasida qiziqarli voqea kuzatildi. Aniqroq aytsak, mavsum-2014|2015ning 9-turida chempionat yetakchilari - «Bavariya» hamda Menxengladbaxning «Borussiya»si o‘zaro to‘qnash keldi.  Shtaynxaus bu uchrashuvda to‘rtinchi hakam rolida ishladi.

Xullas, o‘yin oxirlab qolgan mahal ispan mutaxassisi Bibiana qo‘lidagi elektron tabloda 3 raqami porlab turganini ko‘rdiyu, o‘rnidan sapchib turgancha u bilan ko‘proq daqiqa qo‘shish xususida bahslashib ketdi. Pep bunda qo‘lini ayol referi yelkasiga uzatdi ham.

Shtaynxaus esa chaqqonlik va sovuqqonlik bilan o‘zini chetga surdi hamda murabbiydan boshqa teginmasligini so‘radi...

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 09:50, 21.09.2017. O'qildi: 4039 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Сельта Borxa Iglesias 7
10 Барселона Lamin Yamal 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.