Oliy ligadan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" (0:1) o‘yinidan so‘ng, Shota Arveladze matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Yaxshi o‘yinga guvoh bo‘ldik. Har ikki jamoa faolroq o‘ynagan holatlarni kuzatdik. Bunday bellashuvlarda gol katta ahamiyat kasb etadi va o‘sha to‘pni biz kiritishga erishdik. Bir necha vaziyatlarda Lobanov jamoani qutqardi, u shuning uchun darvozadan o‘rin olgan.
Uchrashuvga yaxshi tayyorlandik. "Lokomotiv" barqaror va shakllangan jamoa. Oxirgi yillarda ular buni isbotlab kelishmoqda. Biz esa buni amalga oshirish jarayonidamiz.
Bezerra jamoaga katta yordam bermoqda. U to‘pni o‘zida yaxshi saqlaydi va ko‘p vaziyatlarda kurashlarda g‘olib chiqadi. Sergeev mashg‘ulotlarda bor kuchi bilan ishlaydi. U deyarli har uchrashuvda gol urmoqda. Ikkinchi davrada 5 to‘p kiritishga ulgurdi. Igor haqiqiy professional", - dedi Arveladze.