Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Isko va Marselo yangi shartnomadan keyin nimalar deyishdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Isko nihoyat, «Real» bilan yangi shartnoma tuzdi. Madrid klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u 2022 yilga qadar amalda bo‘ladi. 25 yoshli futbolchining kelishuvida oldin aytilganidek, aqlga sig‘mas darajada katta tovon puli belgilandi - 700 million yevro.

Iskoning amaldagi shartnomasi 2018 yil yozda nihoyasiga yetardi. U 2013 yildan buyon Madrid klubining 197ta o‘yinida qatnashib, 34ta gol urdi va 46ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Braziliyalik Marselo esa «Qirollik klubi» bilan 14 sentyabr kuni kelishuvga erishgandi. E’tiborlisi, uning yangi shartnomasi ham aynan 2022 yilga qadar mo‘ljallangan.

Xullas, Isko va Marselo hamkorlik muddatini uzaytirishgani munosabati bilan klub rasmiy saytiga maxsus intervyu berishdi.

«Madrid» haqida

Isko: - Jahonning eng yaxshi klubida faoliyat yuritayotganimdan faxrlanaman: 4 yilda 11ta sovrin! Bunday ko‘lamli muvaffaqiyatni tasavvur qilish ham qiyin. Fakt shuki, bunga erishdik. Muhimi, jamoamiz doimo yetakchilikni ko‘zlaydi.

Marselo: - Vaqtida «Real» o‘yinlarini muntazam ravishda TV orqali tomosha qilardim. Bu klub doimo buyuklik maqomiga ega bo‘lgan. Ammo uning qadriyatlari, jumladan, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zishidan Madridga kelganimdan keyingina xabar topdim. Ana shu olijanoblik shaxsiy dunyoqarashimni butunlay o‘zgartirib yubordi. «Madrid» shunchaki, buyuk klub emas, balki chinakam institutdir!

Zayniddin Zidan haqida

Isko: - Faoliyatimda Zidan katta o‘ringa ega: og‘ir damlarda dalda berdi, maydonda aynan o‘zimga mos pozisiya topib berdi. Qolaversa, ilk kunlardayoq salohiyatimga ishonishi va mendan umidi kattaligini yashirmadi.

O‘z o‘rnida, men ham unga ishondim, sabr-qanoat bilan imkoniyat berishini kutdim. Xususan, yangi futbolchilar xarid qilingan vaqtlarda ham mashg‘ulotlarni to‘xtatmadim. Imkoniyatdan unumli foydalanish uchun doimo tayyor turish kerak. Hozir yaxshi bilaman - qaysidir uchrashuvni o‘tkazib yuborishim mumkin. Lekin muhimi - jamoa g‘alabasi!

Marselo: - Zidan - men ko‘rgan eng yaxshi murabbiy. Uning bir qarashidanoq barcha futbolchilar nima qilish kerakligini tushunib olishadi. Mana, Zizu qisqa vaqt ichida nomdor futbolchilarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirib, ahil jamoa shakllantirdi. Bu oson emas.

Shartnoma muddati haqida

Isko: - Aslida yangi shartnoma ostiga o‘tgan mavsum imzo chekishim mumkin edi. Biroq bor e’tiborni o‘yinlarga qaratishni ma’qul ko‘rdim. Kelishuv  muhokamasini keyinroqqa surganimning asosiy sababi shu.

Marselo: - «Real» tarixidan joy olishga muvaffaq bo‘layotganimdan baxtiyorman: Yaratganning o‘zi meni shunday buyuk ne’mat bilan taqdirladi! 10 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilyapman. Shunday ekan, yana 5 yil o‘ynash huquqi nimani anglatishini yaxshi bilaman. Bu - azaliy orzuning ro‘yobi!

«Madrid»dagi yorqin va alamli lahzalar haqida

Isko: - Eng yorqin xotira - bu shubhasiz, desima! Salbiy xotira sifatida esa oyog‘im jarohatlanganini aytishim mumkin. U menga qattiq azob bergandi.

Marselo: - Madriddagi ilk kunlarni hech qachon unutmayman. Ortda qolgan yillar davomida farzandlarim ulg‘ayishdi, o‘zimda ishtiyoq va g‘ayrat tobora oshdi. Muhimi, professional futbolchi sifatida o‘sdim, ko‘p narsalarni o‘rgandim, bir qator unutilmas lahzalarni boshdan kechirdim.

Eng quvonchli voqea? Bu - ertalab uyg‘onib, oila a’zolarimning sog‘-salomat va baxtiyor ekanliklarini ko‘rishim. Eng og‘ir dam? Menimcha, maydonga tushmasligimni ma’lum qilishlaridan og‘irroq lahza bo‘lmasa kerak.

Qaytaraman, bu yerga kelganimda, tajribasiz g‘o‘r yigitcha edim va oilamning daldasi bilan olg‘a intilishda davom etib, shu darajaga chiqdim.

Professional taraqqiyot haqida

Isko: - Darhaqiqat, aynan «Real»da haqiqiy professional maqomiga erishdim, samarali o‘ynashni o‘zlashtirdim. Bularning barchasiga Zidan tufayli erishdim. Axir u raqib jarima maydoniga yaqinroq hududda to‘p surishimga imkon yaratdi. Tabiatan sabr qilish va kutishga odatlanganman. Chunki qachondir «Madrid» safida porlashimni bilardim.

«Barselona»ga o‘tish haqida

Isko: - Buning iloji yo‘q. Ko‘p bora ta’kidlaganimdek, hamisha «Real»da o‘ynashni o‘ylaganman. Ha, hammasi birdaniga tekis boshlanmadi. Lekin qiyinchiliklarni yengib o‘tganim bois, baxtiyor onlarni alohida qadrlayman. Mana, jamoam bilan CHLda 3 marta zafar quchdim - tarixiy voqea! Umid qilamanki, muvaffaqiyatni hali davom ettiramiz.

To‘g‘ri, «Barselona» vakillari agentlarim bilan uchrashishgandir. Biroq o‘zim nimani istashimni yaxshi bilaman: joyim «Madrid»da, tamom! Xullas, klub tarkibidan mustahkam o‘rin olib, imkon qadar ko‘proq sovrin yutishni xohlayman.

Asosiy tarkib haqida

Isko: - Haqiqat shuki, tarkibimiz juda kuchli. Murabbiy esa maydonga 11 nafar futbolchini tushira oladi, xolos. O‘tgan mavsum rotasiya tufayli barcha yigitlar o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. O‘zimni asosiy tarkib vakili sifatida ko‘rsatolmayman, ammo jamoa o‘yinida muhim o‘rin tutishimga shubham yo‘q.

«Real»ga o‘tish qarori haqida

Isko: - Hayotimiz davomida ko‘p mulohaza qilamiz, qandaydir qarorlarga kelamiz. Shu tariqa o‘z taqdirimizni belgilaymiz. Tarixim «Madrid» bilan bog‘liqligiga allaqachon amin bo‘lganman. Shu jamoada uzoq vaqt to‘p surishdan umidvorman.

«Real»dagi eng yaxshi ispaniyalik ekanligi haqida

Isko: - Bunday gaplarni ushlab olish yaramaydi. Futbol va matbuotning o‘ziga xos xususiyatlari bor: kimdir 1-2ta o‘yinni chiroyli o‘tkazsa, uni ko‘klarga ko‘tarishadi. Bordi-yu, 1-2ta uchrashuvda ko‘rinmay qolsachi? Hamma darrov uni sotishni talab qiladi. Demakki, futbolchi doimo yaxshi sport formasini ushlab turish va bor kuch-mahoratini sarflashga intilishi lozim.

Faoliyatini «Real»da yakunlash haqida

Isko: - Kelajakda qanday voqealar yuz berishini hech kim bilmaydi: futbol so‘qmoqlari juda murakkab. Nima bo‘lgan taqdirda ham, shu jamoada uzoq yillar qolish, shartnomamni qayta-qayta uzaytirish uchun harakat qilaman.

Marselo: - Hattoki, «Kastilya»da o‘ynashga ham tayyorman. Chunki o‘zimni uning tarbiyalanuvchisidek his etaman. Xullas, Madridda iloji boricha uzoqroq qolish niyatidaman. To‘g‘ri, avvalo, 5 yil asosiy jamoada munosib to‘p surishim talab etiladi. Lekin hozirgi shartnoma faoliyatimdagi oxirgisi bo‘lmasligiga umid qilaman. Umuman, kelajak haqida gapirish ancha og‘ir.

«Real» nimani anglatishi haqida

Isko: - Buni so‘z bilan ifodalash qiyin: «Madrid»ning bir bo‘lagiga aylanish har bir futbolchining orzusidir. Mana, dunyoning eng sara o‘yinchilari qatorida to‘p surish baxtiga muyassar bo‘lyapman. «Real»da bolaligimdagi ko‘plab orzularimga erishdim. Jumladan, Ispaniya termasidan joy oldim. Oddiy aytganda, «Real» - futbol tarixidagi buyuk jamoa!

O‘z kumiri haqida

Marselo: - Madriddagi ilk kunlarda menga Roberto Karlos ko‘p yordam berdi, deylik, mashg‘ulotlardan so‘ng uyiga olib ketib, oila a’zolari bilan tanishtirdi. Ochig‘i, bunday munosabatni kutmagandim, ayniqsa, Robertodan. Axir o‘z o‘rniga da’vogarlik qiladigan raqobatchiga chinakamiga mehribonlik ko‘rsatish har kimning qo‘lidan kelavermaydi. Roberto hozir ham qimmatli maslahatlarini ayamaydi. U avval kumirim edi, endi esa eng yaqin do‘stimga aylandi!

Bobosi haqida

Marselo: - Bobom bilan bog‘liq biror-bir yoqimsiz xotira yo‘q. Xayolan o‘tmishga qaytar ekanman, butun vujudimni sog‘inch hissi qurshab oladi. Eh, bobom gullab-yashnayotgan oilamni ko‘rganida, 10 yildan buyon «Real»da o‘ynayotganimni bilganida edi, boshi ko‘kka yetardi...

Yoshlarga ta’sir o‘tkazish haqida

Marselo: - Menda Roberto Karlos tajribasi bor. Undan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Endi barchasini Teo bilan baham ko‘rishga tayyorman. U juda ajoyib yigit - hamma unga ko‘maklashishni istaydi. Biroq shaxsan men Teo bilan asosan maydon tashqarisida muloqot qilishni afzal bilaman. Asensio ham kelajakda yorqin yulduz maqomini olishga qodir iqtidorli o‘yinchi. To‘g‘ri, tabiatan yoshlar xususida ko‘p gapirishni yoqtirmayman. Iliq fikrlar ularga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Xullas, tilda emas, amalda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaganimiz ma’qulroq.

Yetakchi yulduzlar haqida

Marselo: - Shu kunga qadar bir qator buyuk futbolchilar bilan yonma-yon to‘p surdim yoki shundaylarga qarshi o‘ynadim. Ular orasida Ronalduni eng mukammal futbolchi sifatida tilga olaman. Eng yetuk raqib esa - Neymar. Maydonda menga aynan u misli ko‘rilmagan qiyinchilik tug‘dirardi.

Kelajak rejalari haqida

Marselo: - O‘z oldimga aniq maqsadlarni qo‘yganman. Birinchi nav-batda, mukammallik sari intilish, o‘qib-izlanishdan to‘xtamasligim lozim. Tabiiyki, Braziliya termasi bilan JCHda zafar quchishni istayman. Albatta, bunisi murakkab vazifa. Lekin biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, menimcha.

Aytgancha...

Marseloga belgilangan diskvalifikasiya muddati nisbatan qisqartirildi. 29 yoshli braziliyalik Ispaniya chempionati 3-turidan o‘rin olgan «Levante»ga qarshi kechgan uchrashuv (1:1)da Jefferson Lermaga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgandi. Hakam qaydnomaga Marseloning to‘psiz holatda raqibga zarba bergani haqida yozdi va La-liga Tartib intizom qo‘mitasi uni 2ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi. Ammo madridliklar qaror yuzasidan apellyasiya berib, diskvalifikasiyani 1ta o‘yinga qisqartirishdi. Demak, Marselo endi «Betis» bilan bo‘ladigan keyingi tur bahsida maydonga tushishi mumkin.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 26.09.2017. O'qildi: 4981 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик