Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 01.10.2024 00:00
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Las-Palmas
  • APL
      • 01.10.2024 00:00
      • Bornmut
      • 3:1
      • Sautgempton
  • Elit OCHL
      • 01.10.2024 13:00
      • Sentrel Kost
      • 1:2
      • Buriram Yunayted
      • 01.10.2024 15:00
      • Kavasaki Frontale
      • 0:1
      • Kvangju
      • 01.10.2024 15:00
      • Poxang Stilers
      • 3:0
      • Shangxay Port
      • 01.10.2024 17:00
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 3:0
      • Shanghai Shenhua
      • 01.10.2024 23:00
      • Al-Hilol
      • 5:0
      • Ash-Shorta
      • 01.10.2024 23:00
      • Al-G‘arafa
      • 4:2
      • Al-Ayn
  • OChL-2
      • 01.10.2024 21:00
      • Sepohon
      • 4:0
      • Istiqlol Dushanbe
      • 01.10.2024 21:00
      • Sharja
      • 2:2
      • Al-Vihdat
  • ECHL
      • 01.10.2024 21:45
      • Zalsburg
      • 0:4
      • Brest
      • 01.10.2024 21:45
      • Shtutgart
      • 1:1
      • Sparta
      • 01.10.2024 23:59
      • Arsenal
      • 2:0
      • PSJ
      • 01.10.2024 23:59
      • Bayer
      • 1:0
      • Milan
      • 01.10.2024 23:59
      • Borussiya D
      • 7:1
      • Seltik
      • 01.10.2024 23:59
      • Barselona
      • 5:0
      • Yang Boyz
      • 01.10.2024 23:59
      • Inter
      • 4:0
      • Srvena Zvezda
      • 01.10.2024 23:59
      • PSV
      • 1:1
      • Sporting
      • 01.10.2024 23:59
      • Slovan
      • 0:4
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Al-Hilol 2 6
2 Al-Ahli (SA) 2 6
3 As-Sadd 2 4
4 An-Nasr (SA) 2 4
5 Istiqlol 2 3
6 Al-G‘arafa 2 3
7 Al-Vasl 2 3
8 Paxtakor 2 1
9 Persepolis 2 1
10 Al-Ayn 2 1
11 Ash-Shorta 2 1
12 Ar-Rayyan 2 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kvangju 2 6
2 Johor Dorul Ta'zim 2 4
3 Buriram Yunayted 2 4
4 Shandong Taishan 1 3
5 Poxang Stilers 2 3
6 Shanghai Shenhua 2 3
7 Kavasaki Frontale 2 3
8 Vissel Kobe 1 1
9 Shangxay Port 2 1
10 Ulsan Xyonde 1 0
11 Sentrel Kost 2 0
12 Yokogama Marinos 1 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур As-Sadd 2-0 Istiqlol
2-тур Persepolis 1-1 Paxtakor
2-тур Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
2-тур An-Nasr (SA) 2-1 Ar-Rayyan
2-тур Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
2-тур Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
2-тур Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
2-тур Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
2-тур Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
2-тур Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn

So'rovnoma

  • U-23 terma jamoamizning Olimpiadadagi muvaffaqiyatsizligida kim ko‘proq aybdor?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4971 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Superliga-2024'da kim g‘olib chiqadi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5630 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 02.10.2024

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Карлсруэ".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Васко да Гама".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Бохум".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:15 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Айнтрахт Франкфурт".
      15:20 Чемпионат Бразилии. "Фламенго" - "Атлетико Паранаэнсе".
      17:25 Чемпионат Германии. "Хоффенхайм" - "Вердер Бремен".
      19:30 Новости футбола.
      19:35 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:35 Чемпионат Турции. "Кайсериспор" - "Бешикташ".
      22:40 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Атлетико Минейро".
      00:45 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Гройтер Фюрт" - "Фортуна Дюссельдорф".
      02:50 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      03:50 Новости футбола.
      03:55 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Байер 04 Леверкузен".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 02.10.2024

      05:15 Бадминтон. Мировой тур. Этап в Чанчжоу, Китай. Супер 1000.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Бильярд. BetBoom Кубок Чемпионов в Москве.
      09:35  Х/ф "Тяжеловес", 2 с.
      10:30 Велошоссе. Чемпионат мира в Швейцарии. Смешанная эстафета.
      14:20 "Сюрпляс".
      14:45 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Индонезии. Гонка.
      15:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат мира среди юниоров в Таджикистане. Прямая трансляция.
      18:00 Дартс. OLIMPBET Профессиональная лига. Этап 7 в Москве.
      21:00 "Вопреки всему".
      21:25 Бильярд. BetBoom Кубок Чемпионов в Москве.
      23:05 Велошоссе. Чемпионат мира в Швейцарии. Смешанная эстафета.
      02:45 "Физруки. Будущее за настоящим".
      03:20 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Индонезии. Гонка.
      04:25 Дзюдо. Чемпионат мира среди юниоров в Таджикистане.
  • MATCH-TV
    • Sana: 02.10.2024

      05:00 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 5 в Вэйхае, Китай. Женщины.
      07:00 "Что по спорту?". Тольятти.
      07:30 "Век нашего спорта".
      08:00 "Игра миллионов".
      08:30 "Что за спорт?".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Тайны звёзд спорта".
      13:25 Профессиональный бокс. Денис Лебедев против Мурата Гассиева.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 LIVE "Есть тема!". Прямой эфир.
      16:25 "Игра миллионов".
      16:55 "Вид сверху".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:00 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. "Химки" (Московская область) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      20:15 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. "Динамо" (Москва) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      23:00 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Акрон" (Тольятти). Прямая трансляция.
      01:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Pari Суперлига. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Белогорье" (Белгород).
      04:55 Новости.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 02.10.2024

      06:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      08:00 Скалолазание. Чемпионат Европы в Виллар-сюр-Олоне, Швейцария. Мужчины. Комбинация. Финал.
      09:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      10:30 Скалолазание. Чемпионат Европы в Виллар-сюр-Олоне, Швейцария. Мужчины. Комбинация. Финал.
      11:10 LIVE Велоспорт. Тур Лангкави в Малайзии. Этап 4. Прямая трансляция.
      12:30 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      13:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      14:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      16:00 Велоспорт. Гонка Бенш-Шиме-Бенш в Бельгии.
      17:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 1.
      18:00 LIVE Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2. Прямая трансляция.
      20:00 Велоспорт. Гонка Бенш-Шиме-Бенш в Бельгии.
      21:00 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      21:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал.
      23:30 Стрельба из лука. Чемпионат мира в поле в Лак-Ла-Бише, Канада. Обзор.
      00:00 Велоспорт. Женщины. Гонка Бенш-Шиме-Бенш в Бельгии.
      01:00 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2.
      02:30 Парусный спорт. "Кубок "Америки" в Барселоне, Испания. Challenger. Финал. День 5. Обзор.
      03:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Англии в Брентвуде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. CRO Race в Хорватии. Этап 2.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Robert Levandovski: «Sadoqat - juda chiroyli so‘z, ammo sportda muvaffaqiyat va pul ustunroq»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda polshalik hujumchi Robert Levandovski Der Spiegel jurnalistlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Aftidan, intervyu payti forvard ortiqcha gaplarni aytgan chog‘i, «Bavariya» mutasaddilari undan ranjishdi. Quyida ushbu suhbat bilan tanishishingiz mumkin.

- Yevropa Chempionlar Ligasi sizni jiddiy ravishda qiziqtirayotgan yagona turnirmi?

- Hozircha mazkur sovrinni qo‘lga kiritmadim, shuni e’tiborga olsak, CHL men uchun o‘ta muhim musobaqadir. 2013 yili Londonda bo‘lib o‘tgan finalda Dortmundning «Borus-  siya»si bilan mag‘lub bo‘lganim hamon alamli xotiralarni uyg‘otadi.

- Ushbu turnirda hech qachon g‘olib chiqmaganingiz sizning kuchli futbolchi ekanligingizni so‘roq ostiga qo‘ymaydimi?

- Balki shundaydir, ammo qachonlardir Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatga erishish umidim so‘nganicha yo‘q. Boshqa tomondan, mazkur turnir - lotereya.

Misol uchun, o‘tgan mavsumni yodga olsak, hammamiz yaxshi formada edik va bu sovringa egalik qilishga astoydil bel bog‘lagandik. Aynan o‘shanda yelkamdan jarohat olib, «Real»ga qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yinni o‘tkazib yubordim.

Bunga qo‘shimcha ravishda, penaltini aniq amalga oshirolmadik va orzularimiz sarobga aylandi. Shunday yuksak darajadagi uchrashuvlarda ko‘pincha mayda-chuyda narsalar ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi, qolaversa, yirik turnirlarda zafar quchishda omadning o‘rni katta.

- Hozirgacha besh marta Germaniya chempionligiga erishdingiz. Bundesliga qachonlardir zeriktirishi mumkinmi?

- Top-darajadagi sportchi doim eng yaxshi bo‘lishni istaydi. Sovrinni qo‘lga kiritgach, keyinroq bu tasodif emasligini isbotlaging keladi. Ikkinchi bor chempionlikka erishganingdan keyin esa hamma senga egalik qilishni xohlayotganini anglaysan va ishonchni oqlash ishtiyoqi yanada ortadi. Joriy mavsumdagi maqsadimiz aniq: birorta nemis klubi qatorasiga 6 marta chempionlikni nishonlamagan va biz tarixga kirish imkoniga egamiz. Bu - juda katta ish.

- Mavsum boshida tanqidchilar sizda motivasiya yo‘qligi va nimadandir ranjiganingizni ta’kidlashdi.

- Bularning barchasi Osiyo bo‘ylab o‘tkazilgan turne davomidagi bahslarimiz bilan bog‘liq. Balki ma’lum ma’noda tanqidlarda jon bordir. Ochiq tan olishim kerak, joriy yilning yozida motivasiya masalasida muammolarga duch keldim.

- Buning asosiy sababi nimada?

- Bir necha yildirki, tanaffussiz uch bosqichda to‘p suryapman. Bu ayniqsa, miya faoliyatiga katta bosimdir. Shuning uchun, mavsumga yaxshi hozirlik ko‘rish men uchun juda muhim.

- Osiyo safaridan ko‘nglingiz to‘lmadimi?

- Ko‘pgina uchrashuvlar o‘tkazdik. Bunday sharoitda professional sifatida oldingda bir nechta savollar paydo bo‘ladi: o‘rtoqliklarda boringni berib o‘ynashing kerakmi yoki mash-g‘ulotlardagi kabi to‘p surish? Bor irodam va kuch-g‘ayratimni butun mavsum davomida tobora oshirib bora olmayman, boisi juda ko‘p o‘yinlarda maydonga tushamiz, oradagi tanaffuslar esa juda ham oz.

- Xo‘sh, qanday qarorga keldingiz?

- Biz sportchimiz va doimiy bosimdan jabr ko‘ramiz. Jiddiy jarohatlardan saqlanishning yagona yo‘li - yoz va qishdagi tanaffuslar davomida tayyorgarliklarga zo‘r berish. Osiyoda aynan shunga e’tibor qaratdim. Boisi, aksariyat o‘rtoqlik bahslari foydamga ishlamaydi.

- Buning uchun sizda motivasiya yo‘qmi?

- «Frayburg»ni shunchaki, misol sifatida olsak. Yoki chempionlik uchun kurashmayotgan boshqa jamoa nomini keltirish mumkin. Ular bizga qarshi o‘z jarima maydonlarida 10 nafar futbolchi bilan to‘p surishadi.

Besh himoyachi atrofimda turib oladi-da, menga o‘yin bermaslikka intiladi. Faraz qiling, yevrokubok o‘yinlari toliqtirgan, stadionlar esa to‘lib-toshgan, raqib jamoa muxlislari uchun eng yaxshi yo‘l - «Bavariya» futbolchilariga qarab hushtak chalish. Shunday pallada samarali natija ko‘rsatish uchun mashg‘ulotlarda astoydil ishlash lozim.

- Bunday o‘yinlarga qanday tayyorgarlik ko‘rasiz?

- Ko‘p yillardan beri aniq formulaga rioya qilaman: agar miyam toliqsa, jarohat olmaslik uchun jismim 100 foiz kuch bilan ishlashi lozim.

- Qaysi uslublaringiz sizga motivasiya bag‘ishlaydi?

- Masalan, o‘yin oldidan bu safar darvoza burchagiga gol urishni xohlayotganimni o‘zimcha tasavvur etaman. Yoki anchadan beri menga yod bo‘lib ketgan uzatmani amalga oshirishni, qaysidir yakkama-yakka kurashda o‘zgacha uslub qo‘llashni, shuningdek, ideal darajadagi tezlikni rejalashtiraman.

- So‘zlaringizdan bundesliganing ko‘pgina o‘yinlari siz uchun musobaqa emas, mashg‘ulotga aylanganday tasavvur uyg‘otadi. Bu Germaniya chempionati saviyasidan darakmi?

- Gapim ko‘pchilikka yoqmasligi mumkin-u, ammo bundesligada «RB Leypsig» kabi jamoalar ko‘payishi tarafdoriman. Kuchli klublar bizni yanada ko‘proq investisiya kiritishga majbur qilyapti. Germaniya chempionati muayyan jamoalargagina bog‘lanib qolmasligi lozim, hatto sovrinli o‘rinlar uchun kurash juda kam bo‘lganda ham.

Bizga doimo yuqori darajada to‘p sura oladigan 4-5ta jamoa kerak. Aynan shunday raqobat mavsum oxirigacha muvozanatni saqlashda ham yordam beradi. Kuchli liga tijorat masalalarini ham maromiga soladi.

- Tijorat dedingizmi?

- Top-o‘yinlar ko‘paysa, unda shou, jahon bo‘ylab translyasiyalar, shov-shuvlar ham ko‘p bo‘ladi. Muxlislar ahamiyatli bahslar, ligadagi yulduzlar va chempionlik uchun kurashlar soni ortishini istashadi. Aynan shu omillar xorijlik muxlislarning bundesligaga qiziqishini oshiradi. Bu hattoki, Osiyo va Amerikaga qilgan safarlarimizdan ham qiziqarliroq.

- Bundesliga rahbariyati mazkur safarlar tarafdori edimi?

- Bunday safarlar men uchun katta ahamiyatga ega emas. Gap ularning kuchli bosim yuklayotganidamas, shunchaki, marketing bo‘yicha bizga katta foyda keltirmayapti. Hech bo‘lmasa til masalasida.

- Nemischa - bu kamchilikmi?

- Ha, ayniqsa, APL va La-liga bilan solishtirganda. Aksariyat mamlakatlarda ingliz va ispan tilida gaplashishadi, nemischani esa ko‘pchilik tushunmaydi. Shu bois ham jahonning ko‘plab mamlakatlarida ispan yoki ingliz ligasini tomosha qilishadi. Televideniye bu masalada tomoshabinlarning istagini yuqori qo‘yadi.

- Bundesliga mavjud muammoni hal qilish uchun nimaga e’tibor qaratishi kerak?

- Rahbariyat yanada ko‘proq ishlashi lozim. Biz esa top-o‘yinchilarning oldi-sotdisi borasida gapiramiz, xolos. Muxlislar eng yaxshilarni ko‘rishni istashadi va ular ishtirokidagi o‘yinlarga tushishadi.

- Ammo superyulduzlar aynan Angliya va Ispaniyaga ko‘chib o‘tishadi-ku...

- Hozirga qadar «Bavariya» har bir futbolchi uchun o‘rtacha 40 mln. yevroga yaqin pul sarflardi. Futbolda esa bu miqdor alaqachon o‘rtachaga aylangan. O‘tgan yillar davomida «Real» yoki «Manchester»dagi kabi o‘sish bizda kuzatilmadi. Oqibatda, hozirgi bozordagi narx-navolar tafovutidan maksimal darajada ortda qoldik.

- Uli Xyoness transferdagi aqlsizlikka qo‘shilishni istamasligini aytdi.

- Top-o‘yinchiga egalik qilish uchun pul o‘ta ahamiyatli, ta’bir joiz bo‘lsa, yagona vositadir. Sport rivoji, jamoa, shahar va tevarak-atrof ham albatta, muhim. «Bavariya» jahon darajasidagi futbolchilarni bundan keyin ham Myunxenda ko‘rishni istasa, mazkur masalada nimadir o‘ylab topishi va kreativlikka urg‘u berishi lozim.

Zero, doimo oldingi qatorlarda yurishni istasang, o‘yinchilaring ham oliy darajali bo‘lishlari shart. Chunki aynan ular jamoadoshlarining yuqori saviyali bo‘lishlarida ko‘maklashishadi, kuchli raqobat eng so‘nggi kuch-g‘ayratni ham sarflashga majbur etadi.

- «Bavariya» o‘yinchilarining maoshi ham muhim o‘rin tutadi. Agar myunxenliklar xuddi oldindan rejalashtirilganiday, «Arsenal»dan Sanchesni sotib olib, unga yiliga 25 mln. yevro maosh to‘lashsa, unda nima bo‘lardi?

- Balki ayrim futbolchilar rahbariyatga maoshimizni ko‘tarish borasida murojaat etarmidik... Chunki maoshlar o‘rtasidagi katta farq juda xavfli va jamoadoshlar o‘rtasida hasadni paydo qilib, o‘rtaga nifoq solishi mumkin.

- «PSJ»da bu katta muammo emas, shekilli. Klub Neymarni 222 mln. yevroga sotib olib, uni jamoadagi eng ko‘p haq oladigan o‘yinchiga aylantirdi.

- Polyak sifatida Germaniyada o‘rgangan birinchi nemischa so‘zim - «Ordnung» (tartib) edi. U hamma joyda bo‘lishi kerak. Birinchi navbatda - hisobxonada, moliyada. Shundan kelib chiqib aytamanki, Neymar kabilarning Germaniyaga transferi imkonsiz.

- UYEFA bir necha yil avval moliyaviy «feyr-pley»ni amaliyotga kiritdi. Bundan ko‘zlangan maqsad - jamoalarning o‘zlari ishlab topgandan ko‘ra ko‘proq pul sarflashlariga yo‘l qo‘ymaslik. Ammo tashkilot niyatiga to‘liq erishmadi. Nahotki, yuqori darajadagi futbolni tartibga solib bo‘lmasa?

- Futbol - bu haqiqiy kapitalizm. Hamma undan mo‘may pul ishlab olishni xohlaydi. Buning yomon tomoni ham yo‘qdir, balki, zero, butun G‘arb shu asosda ishlaydi, yashaydi. Shunga qaramay, futbol assosiasiyalari bozor nazoratdan chiqib ketmasligini doimiy nazoratda ushlashlari kerak. Agar eng yaxshi o‘yinchilarga ega 4-5 jamoa muntazam ravishda barcha sovrinlarga ega chiqaversa, bunday futbol muxlislar orasida qiziqishni yo‘qotishi aniq. Ayni holat millionlar o‘yiniga katta zarba beradi.

- Nima deb o‘ylaysiz, futbol ittifoqlari shu kabi qarorlarga kelishi mumkinmi?

- Amaliyotda juda qiyin bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. «PSJ», «Chelsi», «Manchester» va boshqa klublarda investorlar bilan juda yaxshi advokatlarga ega professionallar ishlashadi. Qonunchilikdagi birgina noaniqlikni ular klub foydasiga hal qilishlari mumkin. UYEFA joriy yozning shov-shuvli transferlarini tekshirib ko‘rishi va FIFA bilan birgalikda mavjud noaniqliklarga barham berishi talab etiladi.

- Usmon Dembele, Filippe Koutinyo, Kilian Mbappe - mazkur transfer oynasi ko‘rsatdiki, klubga sadoqat endi urfdan chiqqanday. Shartnomalarning ham qadri tushdimi?

- Professonal futbol haqida bunday ehtiros bilan gapirishga chek qo‘yish lozim. Sadoqat - juda chiroyli so‘z, ajoyib romantik hissiyot va u shaxsiy hayotda o‘ta muhim. Ammo sportda hammasi boshqacha: muvaffaqiyat va pul ustunroq.

- Demak, o‘yinchining norozilik bildirish orqali boshqa klubga transfer qilinishiga erishishi adolatdan ekan-da?

- Norozilik - maqsadga erishish uchun tanlangan eng noto‘g‘ri yo‘l va chindan ham grand klublarda ish bu darajaga yetib bormaydi. Shunga qo‘l urgan futbolchi jamiyatni sotgan bo‘ladi va uni hech kim kechirmaydi. O‘sha o‘yinchi ushbu qarori bilan juda katta tavakkalga qo‘l uradi, boisi u «xoin» tamg‘asidan bir umrga qutula olmaydi.

- Ya’ni?

- Futbolda kuchlar taqsimoti keyingi yillarda futbolchilar foydasiga keskin o‘zgardi. Agar o‘yinchi chindan ham boshqa klubga o‘tishni xohlasa, buni amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun, men futbol ittifoqlarining tovon pullari miqdorining shartnomaga kiritilishini majburiy qilib belgilashlarini istardim. O‘shanda turli modellar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi: boyroq klublarda tovon pullaridan tashqari, aytaylik, halol o‘yin uchun 20 foiz qo‘shimcha to‘lov bo‘ladi, nisbatan nochorroq jamoalar esa o‘z saflariga o‘tishni xohlayotgan o‘yinchi uchun kamroq pul to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishardi.

- Ammo sizning g‘oyangiz millionlar o‘yinining biznesga aylanishiga to‘sqinlik qilolmaydi...

- Kelajak futbolida pul tasavvur qilganimizdan ham ko‘ra o‘ta muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi. Sportning ushbu turiga qiziqmagan xonadon qolmaydi, hisob va aynan shu narsa investorlarni millionlar o‘yiniga yirik mablag‘ olib kirishga undaydi. Zero, futbolda mo‘may daromad ko‘rish anchagina ishonarli.

- Futbol qachonlardir shouga aylanishi mumkinmi?

- O‘yin bundan keyin ham o‘z muhimligini saqlab qoladi. 90 daqiqa ichida sodir bo‘ladigan voqealar Gollivud filmlarini yodga soladi. Bu rivojlanishni endi to‘xtatish imkonsiz.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:12, 26.09.2017. O'qildi: 3861 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.