Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga. “Nasaf” - “Qizilqum” (prevyu)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Nasaf” Oliy liga 23-tur uchrashuvini o‘z maydonida Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘yin 30 sentyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.
Bu jamoalar o‘rtasidagi har bir bahsni futbol ishqibozlari katta qiziqish bilan kuzatib kelishgan. Bu safar ham ular ana shunday bahsga guvoh bo‘lishlari aniq.

Mazkur jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 35 marta ro‘baro‘ kelgan. Ushbu bahslarning 20 tasida Nasafning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekkan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 66-38.

Endi bu jamoalar o‘rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, Nasaf “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko‘rinishida g‘alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 3:1 ko‘rinishida.
Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligida “ajdarlar” hali biron marta, hoh Qarshida bo‘lsin, hoh Navoiyda bo‘lsin, “Qizilqum” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan emas.

Bu jamoalar Qarshida jami 16 marta o‘zaro bahslashgan. Ularning 13tasida Nasaf g‘alaba qozongan, bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi kichik 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv 2008 yili bo‘lib o‘tgan. Qolgan 2 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda jami darvozalarga 57 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida: 43-14.
Bo‘lajak uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 17-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Qarshidagi so‘nggi besh uchrashuv natijasi
2016 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 2:0
2015 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 3:1
2014 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 2:0
2013 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 7:1
2012 yil. “Nasaf” – “Qizilqum” 2:0

“Nasaf” o‘tkazilgan 22 uchrashuvlarning 13tasida g‘alaba, 2 uchrashuvda durang va 7 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Raqiblari darvozasiga 39ta gol kiritib, o‘z darvozasidan 16ta to‘p olib chiqqan. 41 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 2-pog‘onasida bormoqda.
“Qizilqum” jamoasi 22 uchrashuvning 6tasida g‘alaba, 9 uchrashuvda durang va 7 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. Navoiylik futbolchilar raqiblari darvozasiga 27ta gol kiritib, o‘z darvozalaridan 28ta to‘p olib chiqishgan. 27 ochko to‘plab, turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turishibdi.
“Nasaf” o‘tgan uchrashuvni safarda o‘tkazib, “So‘g‘diyona” jamoasini yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Qizilqum” jamoasi esa 22-turda “Olmaliq”ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

“Nasaf” jamoasini to‘purarlar ro‘yxatini 13ta gol bilan hamon Dragan Cheran boshqarib bormoqda.
“Qizilqum” jamoasi to‘purarlar ro‘yxatida ikki futbolchi yetakchilik qilmoqda. Bular Ilhom Yunusov va Otabek Zokirovlardir. Ular hozirgacha o‘z hisoblariga 6tadan gol yozdirib qo‘yishgan. Ilhom Yunusov 6golning 3tasini penaltidan kiritgan.
Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 29 sentyabr juma kuni Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlarimiz qarorgohi maydonida bo‘ladi. Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

O‘zPFL 23-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Qizilqum” (Navoiy)
30.09.2017. “Markaziy” stadioni. 18:00da
Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent),
Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov (Samarqand).
O‘zPFL vakili: Roman Chernikov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:46, 28.09.2017. O'qildi: 2887 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик