Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 9 10 36
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Germaniya 6 8 8 22
5 Fransiya 6 8 6 20
6 Niderlandiya 6 7 3 16
7 Shveysariya 6 6 4 16
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umrning so‘nggi damlari yoxud «Barnsli» klubi haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tumanli o‘lkada «Barnsli» degan klub borligini hamma ham bilavermasa kerak.

Shu nom bilan ataluvchi shahar sharafini himoya qiluvchi mazkur jamoa yuz yildan ortiq tarixi davomida maqtashga arzigulik yutuqlarga erisholmagan. 20-asr boshida «ko‘ppaklar» (laqabi xuddi shunday) Angliya kubogini qo‘lga kiritishdi.

Bir yil avval esa futbol ligasi(birinchi va ikkinchi divizion vakillari o‘rtasidagi musobaqa)ning bosh sovriniga ega chiqishgan. Shu, xolos.

Bugungi kunda chempionship o‘rtamiyonalaridan biri hisoblanuvchi «Barns­li» 2002 yili tanglikka yuz tutgandi - klub uchinchi divizionga tushib, homiylaridan ayrildi.

Vaziyat bankrotlik bilan xotima topishi taxmin qilinayotgan pallada shahar meri Piter Doyl qarzlarning ma’lum qismini to‘lab, jamoani saqlab qolgach, uni mahalliy biznesmen Patrik Krayn ixtiyoriga topshirdi. Bu shaxs sog‘liqni saqlash tizimi konsaltingi hamda birjalarda moliyaviy faoliyat bilan shug‘ullanardi.

Oradan 5 yil o‘tib, Krayn jamoani chempionshipga qaytardi, 2008 yili esa «ko‘ppaklar» hattoki, butun mamlakatni lol qoldirib, Angliya kubogida «Liverpul»ni yengishdi, turnir yarim finaliga qadar yetib borishdi.

Yana bir ahamiyatga molik jihat - moliyaviy barqarorlik. 2007 yili Krayn iSoft kompyuter kompaniyasini mo‘may daromadga pullagach, klubi va o‘zining yorqin kelajagini ta’minladi. O‘sha kezlari u italiya­lik hamkasblarini «Barnsli»ga pul tikishga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, ammo tomonlar raqamlar borasida kelisha olishmadi va barcha mas’uliyat yana Patrikning zimmasida qoldi.

O‘tgan yilning kuzida klub rasmiy saytida Krayn­ning saraton xastaligiga chalingani haqida ma’lumot berildi: «Yaqin orada u jamoamiz hayotidagi ishtirokini yakunlashi mumkin.

Oila advokati klubdagi aksiyalar paketining holatini nazorat qilishda davom etadi». Rahbar intensiv davolanishdan oldin yetakchi lavozimlarga o‘zi ishongan shaxslarni qo‘ydi: ijrochi direktorlik Linton Braunga, moliya direktorligi esa Robert Zuk zimmasiga yuklatildi.

Qishda ishqibozlardan biri maxsus sayt orqali Patrik Kinga atalgan ulkan bayroq uchun pul yig‘ayotganini bildirdi. Natijada keragidan ortiq mablag‘ yig‘ildi - ular xayriya maqsadiga yo‘naltirildi.

O‘tgan mavsum yakunlangach, matbuot klubning ichki muammolari haqida bong urdi, ammo «Barnsli» kutilgan o‘rinni egalladi. Yaqinda esa jamoa bosh murabbiyi Pol Xekkinbottom yangi rahbar qidirilayotganini aytdi. Variantlardan biri - amerikalik Pol Konvey. Shuningdek, «Nissa» aksiyalariga egalik qiluvchi xitoylik biznesmen Chiyen Lining nomi ham tilga olingan. Aftidan, aynan shu tandem «Barns­li» boshqaruvini qo‘lga olishadi.

Yaqinda Krayn ishqibozlarga ochiq xat yo‘llab, unda kasallik arimayotgani, aksincha, kundan-kun og‘irlashayotganini bildirdi: «Men og‘riqlar iskanjasida yashayapman, ammo hayotimdan nolimayman. Saraton - makkor, shafqatsiz va vahshiy. Hammaga muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tishni maslahat beraman.

Umrimning katta qismini behuda o‘tkazdim, holatim yaxshi ekanligidan unumli foydalana bilmadim. Hamisha oilamni barcha narsadan ustun qo‘yganman, biroq yaqinlarimga ko‘proq vaqt ajratib, ularni yaxshi ko‘rishimni aytmaganman.

Hozir shunday qilyapman va bu barchamizga quvonch bag‘ishlamoqda. Albatta, qo‘l ostimdagi klub ham men uchun muhim bo‘lgan. Oila a’zolarimda «Barnsli»ga nisbatan muhabbat uyg‘ongani omadimdir».

So‘ngra ko‘pchilikning dilini xira qiladigan so‘zlarni qo‘shimcha qildi: «Mavsum oxirigacha yetib borib, yakuniy natijalarni ko‘rolmasam kerak, ammo umidimni so‘ndirmay, o‘yinlarni kuzatyapman. Hammaga eng ezgu tilaklarimni bildiraman, ko‘p yillar davomida ko‘rsatgan mehribonligingiz uchun rahmat».

Kraynning sharofati bilan shahar professional klub hamda muntazam ravishda tomoshabinlarga liq to‘ladigan (23 ming kishi, ya’ni mahalliy aholining to‘rtdan bir qismiga mo‘ljallangan) stadionga ega chiqdi.

Mahalliy muxlislarning APLdagi ishtirokdan umid uzganlariga ancha bo‘ldi (vaholanki, Krayn bir necha marta bu haqda orzu qilayotganini bildirgandi), ammo ularga futbol kerak. Adrenalinga boy zavq, qadrdon shahar va uning aholisiga yaqinlikni his qilish uchun millionlar o‘yinidan voz kecha olishmaydi.

Yaqinda «Barnsli» liga kubogida «Derbi Kaunti»ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:2). Uchrashuvdan so‘ng Xekingbottom shunday dedi: «Biz ushbu g‘alabani Patrikka bag‘ishlaymiz. U jamoamizni ruhlantirib turadi». Ha, bu yigitlar sodiq rahbarlari uchun har qancha kurashishsa arziydi.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:32, 30.09.2017. O'qildi: 2782 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.