Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Balotelli Italiyaning eng yaxshi hujumchisi» yoxud Mino Rayolaning hayot aqidalari

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘ziga xos xarakter sohibi va so‘zga chechan agent Mino Rayolaning qaysidir voqeaga beradigan izohi xuddi qaynoq, o‘tkir va achchiq qahvadek. U hamon mijozlaridan biri Mario Balotellini ulug‘lashdan charchamayapti va «Milan» rahbariyatidan kechirim so‘rashini talab qilyapti.

Gap shundaki, «bebosh» hujumchi Fransiya ligasidagi ikkinchi mavsumini ham binoyidek boshladi, gol ketidan gol urmoqda. Soccer.ru sayti esa Balotelliga shu ruhda davom etishini tilagan holda, uning agentiga tegishli eng sara fikrlardan yaxlit «guldasta» yasadiki, bu «o‘tkir» iboralar shaydolarini sira befarq qoldirmasa kerak.

Rayola futbolga qanday kirgan? «Xarlemda, ota-onamga tegishli restoranda ishlardim. Mahalliy klub prezidenti esa har hafda kechki ovqat uchun oldimizga kelardi. Vaqt o‘tishi bilan ikkimiz inoqlashib qoldik va unga doimo futbol bobida hech baloni tushunmasligini ta’kidlardim. Oxir-oqibat, uning sabr kosasi to‘ldimi, harqalay, yorildi: «Shunchalik dono ekansan, bir o‘zingni sinab ko‘r!» Shu tariqa qo‘qqisdan «Xarlem» sport direktoriga aylandim».

Familiyasi qanday talaffuz qilinishi kerak? «Familiyamni qanday talqin etishlariga shunchaki, tupuraman. Menga pul to‘lashar ekan, xohlagan shaklda yozaversinlar, aytaversinlar».

Ibragimovich ishi (Zlatan Ibragimovich «Barselona» bilan shartnoma tuzganidan 1 yil o‘tib, klubdan ketgach, Yoxan Kroyff va Xosep Gvardiola shved hujumchisi o‘yin uslubi bo‘yicha italyan futboliga ko‘proq mos kelishini ta’kidlashgandi). «Qiziq, ular Zlatanga «Barselona»ga mos kelmasligini nega shartnoma tuzishdan oldin aytishmagan? Menimcha, Gvardiola va Kroyffni tengdaniga jinnixonaga jo‘natish lozim. Shunda ular xotirjam sharoitda o‘zaro qarta o‘ynab o‘tirishadi va bu bilan «Barselona»ga ko‘proq naf keltirgan hisoblanishadi».

Ibragimovich faoliyati qanday bahoga loyiq (2001 yil)? «Ibraning vijdoni nafaqat o‘zi, balki boshqalar oldida ham pok. Hozir uning «Milan»da yana qancha vaqt to‘p surishini bilmayman, ammo bir narsaga ishonchim komil - faoliyatini kamida 35 yoshga to‘lgunicha yuqori saviyada davom ettiradi».

Gvardiolani qanday ta’riflash kerak? «Pep - buyuk murabbiy, buni tan olaman, ammo u inson sifatida shunchaki, chiqindi. Axir Zlatanni «Barsa»ga muloyimlik bilan chaqirdi, ammo keyin mijozim bilan xuddi echkidek munosabatda bo‘ldi».

«A» seriyasiga achinish hissi. «Zlatan g‘oliblik ruhi bilan tu-yingan. U «PSJ»ga o‘tib ketsa, «A» seriyasi o‘zining oxirgi yulduz futbolchisidan ayriladi».

«Oltin to‘p»ni kimga berish kerak (2012 yil)? «Zlatan «Oltin to‘p»­ga ega chiqishi shart. Agar ushbu sov-rin unga nasib etsa, bu mustaqil hamda adolatli qaror hisoblanadi. Aks holda, tanlov tashkilotchilarining mustaqil emasliklari va siyosiy asoslardan kelib chiqib qaror chiqarishlari oydinlashib qoladi».

Faoliyatni qanday uzaytirish mumkin (2015 yil)? «Zlatan 15 yil davomida o‘zi uchun yetarlicha ishlashga ulgurdi. Endi keyingi 8 yil men uchun mehnat qiladi. Bilamanki, Ibra 42-43 yoshigacha xotirjam o‘ynay oladi, axir u xuddi Benjamin Batton kabi vaqt o‘tgan sari yosharib boraveradi».

Zlatan kim? «Zlatan noyob nusxa. Unda Messi texnikasi, Muhammad Ali xarakteri va Mayk Tayson kuchi mujassam».

Balotelli ishi (Joze Mourinyo va Roberto Manchini haqida, 2011 yil). «Balotelli - qoyilmaqom futbolchi! Mario yaqin orada sayyora bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Bunda Manchinining hissasi katta. Robertodan minnatdorman, chunki u Mourinyodan farqli ravishda, Marioga ishonyapti».

Xovard Uebbga «ta’rif» (Balotelli «Tottenxem» yarim himoyachisi Skott Parker boshiga oyoq qo‘ygani oqibatida uning oldida 4ta o‘yinlik diskvalifikasiya xavfi yuzaga kelgandi). «Marioning bu harakati tasodifan ro‘y berdi, bosh hakam esa qo‘rqoqning o‘zginasi. U barchasini yaxshi ko‘rgandi. APLda mantiiqsiz qoidalar ko‘p, FA Balotellini himoya qilishi kerak, aks holda, u ligani o‘zgartirish haqida o‘ylashga majbur bo‘ladi».

Hujumchining narxi qancha (2012 yil)? «Balotelli «Manchester Siti»da o‘ynamoqda va bu klub pulga muhtoj emas. Ayni holatda u bebaho. Gap jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri haqida ketyapti. Agar barchasini o‘zimga qo‘yib berishsa, Mario transferini 250 million yevroga baholardim. Nima, aqldan ozgandek ko‘rinyapmanmi? Xuddi «Siti» xo‘jayinlaridek...».

«Mona Liza» asariga qiyos (2012 yil). «Italiyada Balotellini xarid qilishga jazm etadigan jamoaning o‘zi yo‘q. U tengi yo‘q «Mona Liza»dek juda qimmat».

Olmami yoki olcha (2013 yil)? «Silvio Berluskoni mijozimni barchasini buzadigan chirigan olmaga o‘xshatib, katta xato qildi. Yo‘q, Mario olma emas, u sifatli olcha!»

«Liverpul»dagi holat yuzasidan (2015 yil). «Ha, Mario «Liverpul»da murakkab vaziyatga tushib qoldi, ammo uni klubdan ajratib olmayman. Bu xususda o‘ziga shunday dedim: «60-70 million evazigagina ketishing mumkin - ulushsiz qolishni istamayman. Yo‘qsa, «Enfild»ning o‘zida o‘lasan».

Miya almashish imkoni bormi? «Agar Mario Balotelli va Zlatan Ibragimovich miyasini almashtirish imkoniyati bo‘lganidami, Messi hozir o‘z kolleksiyasidagi «Oltin to‘p»­larni sanab o‘tirmasdi».

Yurgen Kloppdan xafagarchilik. «Afsus, Klopp ham Marioga nisbatan o‘ta adolatsizlik qildi. Yana bir chiqindi uyumi...».

Balotellini qanday yo‘lga solish mumkin? «Echimini topgandayman - Mario ortiqcha safsatabozlik qilmasligi va o‘zini oqlash imkoniyatiga ega bo‘lmasligi uchun uning tilini kesib tashlashni istayman».

Pogbaning narxi qancha (2013  yil)? «Pogbaga baho belgilashning imkoni yo‘q - u sotuv uchun mo‘ljallangan emas. Bilamiz, san’at asarlari juda qimmat turadi. Ayrim futbolchilar ham shunday, xususan, Pogba. Pol deylik, Dali kartinasi kabi bebaho».

Beylni kamsitishmi yoki...? «Real» Beyl uchun 100 million yevro to‘lagan ekan, Pogba kamida ikki baravar baland narxda sotilishi kerak!»

Maqtov. «Pogba hozirning o‘zida o‘z pozisiyasi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi o‘yinchisidir va yaqin kelajakda barcha futbolchilar orasida birinchi raqamli bo‘lishga qodir».

Mourinyo jur’atli yigit. «Rekord darajadagi kelishuvni amalga oshirish uchun sheryurak bo‘lish kerak. Mourinyo shunday yigit».

Nega aynan «MYU»? «Ibragimovich ogohlantirdi: «Bordiyu, Pogbaning «Yuventus»dan «MYU» emas, bosh-qa biror klubni tanlashiga yo‘l qo‘ysang, oyog‘ingni sindiraman». Yozgi transferlarning sirli nazoratchisi...».

Dunyoga qanday boqish kerak (FIFA va UYEFA, Yozef Blatter va Mishel Platini haqida)? «FIFA ham, UYEFA ham mafiya qonunlari asosida ish yuritadi - ular mutlaqo yopiq, shaffoflikdan asar yo‘q. Blatter  - telba diktator, Platini - qonun doirasidagi o‘g‘ri, aqli ham joyida emas, yo‘qsa, moliyaviy «Feyr-pley» qoidasini tasdiqlarmidi?»

Italiya futboli tirik emasmi (JCH-2014dagi omadsizlikdan so‘ng)?«Nahotki,  kimdir Italiya terma jamoasining jahon chempionatida g‘alaba qozonishiga ishongan bo‘lsa? Tushuninglar, Italiyada futbol o‘lik holda...».

Futbolchilar sochiq misolimi? «Madridda futbolchilarni xuddi siz sochiq xarid qilganingizdek sotib olishadi. Keyin esa ularni yana xuddi siz yaroqsiz holga kelgan sochiqni tashlab yuborganingizdek chetga uloqtirishadi».

«Napoli» va kino. «Neapolda faqat filmlarni suratga olishni bilishadi».

17 yoshli Donnarumma reklamasi (2015 yil). «Bu yigit - Modilyani va kamida 170 million yevro turadi».

Adriano Gallianiga eslatma. «Galliani har safar narxlar oshib ketayotganidan chuqur xo‘rsinadi: «Eh, bu arablar...». Shunda unga bir haqiqatni eslatib qo‘yaman: «To‘xta, naq 20 yil davomida o‘zingga ham arab bo‘lish yoqib keldi-ku».

U taniqli emasmi? «Ochig‘i, ayrim sport direktorlari professionallikdan juda yiroqlar. Har holda, qo‘ng‘iroq qilib, o‘zimni tanishtirganimda, so‘rashdan uyalishmaydi: «Mino... Kim?» Mino Rayolani bilmaydigan futbol klubi menejeri aslida o‘ziga boshqa ish qidirishi kerak».

Mino Rayola chin bashoratchimi (2016 yil 6 sentyabr)? «Menimcha, 3-4 yil davomida 200 millionlik futbol transferiga ham guvoh bo‘lamiz».

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:09, 02.10.2017. O'qildi: 3427 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.