Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba.

  • Superliga
      • 27.02.2026 18:00
      • Buxoro
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 27.02.2026 18:45
      • Andijon
      • 4:0
      • So‘g‘diyona
      • 27.02.2026 19:00
      • Paxtakor
      • 2:0
      • Qizilqum
      • 28.02.2026 18:45
      •   Neftchi
      • 2:0
      • Mash’al
      • 28.02.2026 19:00
      •   Lokomotiv
      • 1:0
      • Surxon
      • 28.02.2026 19:15
      •   Dinamo
      • 1:0
      • Navbahor
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Xorazm
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:1
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Jenoa
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • 2:0
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Andijon 1 3
2 Paxtakor 1 3
3 Buxoro 1 3
4 Bunyodkor 0 0
5 Dinamo 0 0
6 Lokomotiv 0 0
7 Mash’al 0 0
8 Nasaf 0 0
9 Navbahor 0 0
10 Neftchi 0 0
11 OKMK 0 0
12 Surxon 0 0
13 Xorazm 0 0
14 Qo‘qon-1912 1 0
15 Qizilqum 1 0
16 So‘g‘diyona 1 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
1-тур Andijon 4-0 So‘g‘diyona
1-тур Paxtakor 2-0 Qizilqum
1-тур Neftchi - Mash’al
1-тур Lokomotiv - Surxon
1-тур Dinamo - Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

28/02/26 Neftchi - Mash’al
28/02/26 Lokomotiv - Surxon
28/02/26 Dinamo - Navbahor
01/03/26 OKMK - Bunyodkor
01/03/26 Nasaf - Xorazm

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Changi chiqqan chempion murabbiylar taniysizmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Chindan, chempionlik cho‘qqisini zabt etish oson emas. Ammo yuksak unvonni saqlab qolish undan-da mushkul. Balki aynan shu sababli amaldagi chempionlarning aksariyati yangi mavsumda o‘z vakolatlarini topshirishga majbur bo‘lishar?!

Oqibatda, kechagina soyasiga salom berishni o‘zlari uchun sharaf hisoblagan muxlislar chempion murabbiy iste’fosini talab qilishga tushadilar.

Ko‘pincha ular o‘z maqsadlariga yetishadi. To‘g‘ri, o‘tgan mavsumda g‘oliblik sururini surgan «Spartak» hozircha Massimo Karreraga chiqish eshiklarini ko‘rsatishdan o‘zini tiyib turibdi.

Qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar italiyalik mutaxassis iste’fosini tobora yaqinlashtirmoqda. Mazkur noxush jarayon chempionlikdan so‘ng ko‘chada qolgan taniqli murabbiylarni yodga olishimizga turtki bo‘ldi.

Klaudio Ranyeri - «Lester»

Tan olish kerak, italiyalik murabbiy ancha yillardan buyon elita vakillari xotirasidan o‘chib ketgan kamtarin «Lester»ni shohsupaga olib chiqish orqali chinakam jasoratni namoyish etgandi. Shu bilan birgalikda o‘zini «abadiy ikkinchi» taxallusidan ham xalos etgandi. Zafarni muxlislar ham, «tulkilar» va ularning mutasaddilari ham maromiga yetkazib nishonlashgandi. Biroq yagona chempionlik bilan «Lester» top-klubga aylanib qolmadi.

Bir yo‘la bir nechta frontda kurash olib borishi talab etilgan yangi jamoa mavsumda murakkab vaziyatda qoldi. Qolaversa, Ranyeri uslubining «yuragi» - N~Golo Kante «Chelsi»ga o‘tib ketdi. Vardi, Mahrez kabi qolgan yetakchilar esa taxt vorisini aniqlashga kirishib ketdilar. Natijada Klaudio jamoani boshqarolmay qoldi.

Bularning barchasi natijalarda aks eta boshladi. Albatta, chempionning avvalgi mavsumdagidek muvaffaqiyatli to‘p sura olmasligini hamma tushunib turardi. Shu bilan birga «Lester» tarkib jihatidan autsayderlikka loyiq emasdi. 2017 yil 23 fevralda «tulkilar»ni xavfli hududdan atigi bir ochko ajratib turardi.

Ana shu pallada rahbariyat Ranyerini iste’foga chiqardi. Taajjubki, qolgan 13 uchrashuvni «tulkilar» chinakam chempionga xos tarzda o‘tkazishdi, yo‘l-yo‘lakay «Sevilya»ni YECHLdan chiqarib yuborishdi. Xullas, murabbiy ketishi bilan jamoa po‘lat zanjirdan xalos bo‘lgandek yengil to‘p sura boshladi.

Joze Mourinyo - «Chelsi»

Murabbiylar iste’fosi futbolning bir qismi bo‘lsa-da, Ranyeri bilan yuz bergan voqeani odatiy iste’folar sirasiga kiritib bo‘lmaydi. Har holda u kamtarin jamoani tark etdi.

Top-klubni boshqarayotgan mutaxassis esa aniqlikda Shveysariya soatlaridan ham mukammalroq bo‘lishi shart. Andakkina xatolikka yo‘l qo‘ygan murabbiy tez orada o‘zini ko‘chada ko‘rishi aniq - avvalgi fidoyilik va yuksak natijalarni hech kim eslab o‘tirmaydi.

Joze Mourinyoni «Chelsi»dan ikki marta quvg‘in qilishdi. Jumladan, 2014|2015 yillar mavsumida «Benazir» «ko‘klar»ni shohsupaga qaytardi. «Stemford Brij» uning sharafiga qo‘shiq kuylashdan charchamadi, izzat-ikrom va yuksak e’tiroflarga ko‘milgan murabbiy yangi mavsum arafasida to‘rt yillik yangi shartnomaga imzo chekdi.

Biroq «Chelsi» ayni shu palladan boshlab o‘ynamay qo‘ydi - startdagi 12ta uchrashuvda atigi 11 ochkoga ega bo‘ldi! Aftidan, hali siyohi qurib ulgurmagan yangi shartnoma londonliklarni portugaliyalik mutaxassisga nisbatan keskin chora ko‘rishlariga imkon bermadi, shekilli.

Ular baribir Mouga hech bo‘lmaganda rojdestvoga qadar ishlash imkonini berishmadi. 16 uchrashuvda 9ta mag‘lubiyat har qanday obro‘li mutaxassisni iste’foga chiqarish uchun yetarli asos bo‘la oladi. «Chelsi» chempion murabbiyni ko‘chaga kuzatib qo‘yganidan keyin bu boradagi mish-mishlar avjiga chiqdi.

Eng ko‘p tarqalgan taxminlarga ko‘ra, iste’foning asosiy sababi - murabbiyning yetakchi futbolchilar bilan chiqisholmay qolishi. Ha, Azar, Kosta va Fabregas birgalikda «Benazir»ning «ostiga» suv qu­yishgan ekan.

Roberto Manchini - «Inter», «Man.Siti»

«Zenit»ning amaldagi bosh murabbiyi ham ikki marta bevaqt iste’fo alamini totib ko‘rgan. Avvaliga omadsizlik «Inter»da yuz berdi. Ma’lumki, mashhur «mojigeyt» mojarolaridan keyin 2000 yillarning o‘rtalarida «A» seriyada raqobat deyarli qolmagan, «neradzurri» o‘ta osonlik bilan chempionlikni rasmiylashtira boshlagandi.

Ichki musobaqalardagi chempionlik xalqaro maydonlarda o‘z ifodasini topmadi. Massimo Moratti esa jamoadan nufuzli sovrinlarni talab qilardi. Manchini bu yo‘nalishda parvozni amalga oshira olmadi.

2008 yil bahorda «Inter» «Liverpul» to‘sig‘idan o‘ta olmay, YECHL turnirini tark etdi. Oqibatda, murabbiy o‘z vazifasidan chetlatildi. Hatto navbatdagi chempionlik ham uni iste’fodan saqlab qololmadi.

2012 yil sinyor Roberto 44 yildan buyon chempionlikdan bebahra kelayotgan «Manchester Siti»ni shohsupaga olib chiqdi. Shayxlarning yirik sarmoyalari ko‘magi bilan, albatta. Yuksak unvonni himoya qilishning iloji bo‘lmadi - «uloq» Manchesterning ikkinchi yarmi tasarrufiga o‘tib ketdi.

YECHL musobaqalarida ham Manchini shogirdlari ishonchni oqlay olishmadi. «Real», «Borussiya» D. va «Ayaks» bilan guruhdosh bo‘lgan «shaharliklar» so‘ngi pog‘onadan joy olishdi. Qo‘shimchasiga, «Siti» Angliya kubogi finalida «Uigan»dan yengilgach, mutasaddilar italiyalik mutaxassisdan voz kechishdi.

Lui van Gal - «Bavariya»

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:16, 03.10.2017. O'qildi: 4642 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Андижон Dragan Cheran 1
2 Андижон Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1
3 Пахтакор Doston Hamdamov 1
4 Пахтакор Piotr Pajishek 1
5 Бухоро Sherzod Esanov 1
6 Андижон Nemanya Chalasan 1
7 Андижон Martin Boakye 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.