Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/32 финала. "Саламанка" - "Сельта".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Кубок Италии. 1/32 финала. "Фрозиноне" - "Пиза".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.07.2025

      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 4 на трассе Норисринг, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      09:40 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      10:35 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:05 BMX. Альфа-Банк Чемпионат России. Фристайл-парк.
      13:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
      17:55 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 1 м.
      19:20 Д/ф "Царица Тамара. Быкова".
      20:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
      22:30 "Вопреки всему".
      23:00 "Сюрпляс".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Д/с "Век нашего спорта".
      01:35 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      04:35 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Д/с "Сила воды".
      11:25 "Культовые".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "География спорта". Зеленоград.
      16:50 "Лучшие из лучших".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Динамо" (Беларусь) - "Салават Юлаев" (Россия). Прямая трансляция.
      18:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Металлург" (Магнитогорск) - "Авангард" (Омск). Прямая трансляция.
      19:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Ак Барс" (Казань) - "Трактор" (Челябинск). Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:15 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC on DAZN Hollywood в США. Джаред Уоррен против Майка Ричмана.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Д/ф "Четыре мушкетёра".
      04:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.07.2025

      07:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      10:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      11:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Женщины. Финал.
      12:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Мужчины. Финал.
      13:30 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 2. Ловен-Планк - Булонь-сюр-Мер.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк. Прямая трансляция.
      21:00 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 2. Обзор.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 5. Broken Arrow Skyrace в Олимпик-Вэлли, США. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 6. Tepec Trail в Уаска-де-Окампо, Мексика. Обзор.
      23:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Onam - mening boyligim...» Yoxud Jefferson Farfanning og‘ir hayot yo‘li

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Professional futbolchilar yuqori darajadagi atletlardir. Ularni hamma hurmat qiladi, ibrat oladi. Ammo sportda omad va omadsizlik doimo yonma-yon yurishini unutmaslik lozim.

Hatto taniqli o‘yinchilar ham keng jamoatchilik ko‘z o‘ngida bir lahzada obro‘larini yo‘qotishlari hech gap emas. Ortga yo‘l esa oson bo‘lmasligi aniq.

Jefferson Farfan tarixi bunga yaqqol misol. O‘ta tezkor bo‘lgan perulik futbolchi 14 yoshligidayoq katta iste’dod egasi ekanini isbotlagandi.

«Deportivo» akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan yigitchaning onasi raqqosa bo‘lgan, otasi oilasini tashlab ketgan chog‘larda esa qahramonimiz hali jajji bolakay edi.

Farfanning so‘zlariga qaraganda, hayotda o‘z o‘rnini topishida onasining xizmatlari katta bo‘lgan. Ayol qanchalik ko‘p ishlamasin, farzandini mashg‘ulotlarga kuzatib qo‘yish uchun doimo vaqt topa bilardi.

«Onam - mening boyligim. Uni chin yurakdan yaxshi ko‘raman, ardoqlayman. U menga ham onalik, ham otalik qilgan eng buyuk zotdir. Oilada yolg‘iz farzand bo‘lganim uchun onajonim qanday ulug‘ insonligini so‘z bilan ifodalashim qiyin».

Tinimsiz mashg‘ulotlar va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashlar izsiz ketmadi va Farfan «Alyans Lima» safiga qo‘shildi. 19 yoshga to‘lganidayoq ikki karra liga g‘olibi sifatida Peru terma jamoasi safidan mustahkam o‘rin olgandi.

52 o‘yinda 26ta gol urgan futbolchining xizmatlari esa nazardan chetda qolmadi: o‘sha kezlari PSVda ishlagan Gus Xiddink «Peruning yosh va eng iqtidorli futbolchisi» bilan kelishuv ishlarini tezlashtirishga astoydil kirishdi.

Janubiy Amerikaning eng iqtidorlilaridan bo‘lgan Farfan esa so‘zsiz bundan ham yuqori e’tiborga haqli edi.

13 yil davomida ko‘p narsa o‘zgardi. Bugunga kelib Moskvaning «Lokomotiv» klubi futbolchisi bo‘lgan 32 yoshli Farfanni qadrdon yurtidagi muxlislari yaqqol yetakchi deb hisoblashmaydi. Milliy terma safida 75 marta maydonga tushgan bo‘lsa-da, jamoadagi o‘rni mustahkam emas.

«Ishonchim komilki, avgust va sentyabr-da Farfan asosiy tarkibda maydonga tushadi. U yana formaga kirmoqda, Rossiyada sovrindor bo‘ldi. Umid qilamizki, shunday ishlashda davom etadi», - dedi Paolo Gerrero. Bunday darajadagi futbolchilar kamdan-kam holatlarda o‘z o‘rinlarini shu taxlit tez yo‘qotishadi - ayniqsa, Peruda, zero mazkur yurt termasi 1982 yildan beri JCHga chiqish uchun kurash olib boryapti.

PSV va «Shalke» tarkibida 400ga yaqin bahsda maydonga tushgan Farfan esa 120ta gol bilan milliy jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

****************

Darajasidagi o‘zgarishga ko‘proq Farfanning o‘zi sababchi bo‘ldi. Zero, u hamisha o‘ta tezkor, kuchli futbolchi sanalib, maydonni ko‘ra bilishi va golni his qilishi bilan ajralib turgan.

Mushaklari baquvvat, chaqqonligi bois himoyachilarga katta tashvish tug‘dira bilgan o‘yinchining obro‘siga ko‘proq termadagi muammolar sabab bo‘lgani ham bor gap.

Farfan, Gerrero, Pisarro, Mendos, Vargas va boshqalar milliy jamoadan 2007 yilda - klubdagi katta ziyofatdan so‘ng quvilishgandi. O‘sha bazm JCH saralash bahslari oldidan o‘tganligini ham alohida ta’kidlash joiz.

Oradan 3 yil o‘tgach, Farfan Reymond Manko va Jon Gallikiolarni kazinoda oqshom o‘tkazishga ko‘ndirgan - voqea Panamaga 0:1 hisobida yutqazib qo‘yilgan, bosh murabbiy barcha futbolchilardan mehmonxonadagi nomerlaridan tashqariga chiqmasliklarini uqtirgan sanada yuz bergan.

Shu tariqa Farfan ikkinchi bor jamoadan haydaldi. Nima bo‘lgan tadirda ham, har safar maydonga tushganida u ajoyib o‘yinlari bilan boshqalardan ajralib turdi. Shu bois, peruliklar unga qanday munosabatda bo‘lishni bilishmasdi.

Zero, Jefferson maydondan tashqaridagi hayotida qanchalik xato qilmasin, avvalgidek barqaror to‘p surishda davom etardi. Tabiiyki, pala-partish hayot tarzi karyerasiga ta’sir qilmay qolmadi.

Bu ayniqsa, Panama kazinosidagi «hunar»idan keyin o‘zini yaqqol namoyon etdi.

****************

2009-2011 yillarda Feliks Magat «Shalke»ga murabbiylik qildi va uning mashg‘ulotlarga o‘ta jiddiy yondashuvi Farfanga yoqmadi. Murabbiy ishdan ketishi bilan perulik mutaxassisning ustidan «mag‘zava ag‘darish»ni boshladi:

«Magatning ruhiy bosimi endi yo‘q va yana «Shalke»ning o‘yinlaridan lazzat ola boshladik. Biz u bilan muloqot qilmasdik, hisob - navbatdagi jarima zarbasini yo‘llash masalasidagina murabbiydan tavsiya olardim.

U bilan ishlash ruhiy tomonlama juda og‘ir edi. Hech narsa meni yana uning qo‘l ostida to‘p surishga majbur qilolmaydi».

Tanqid o‘z yo‘liga, biroq Farfanning aynan Magat jamoasida ajo-yib o‘yin ko‘rsatganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. 11ta gol va 14ta samarali uzatma - barchasi 51 uchrashuvda.

CHL yarim finaliga yo‘l olish - futbolchi ajoyib o‘ynabgina qolmay, jismoniy va ruhiy tomondan ham mukammal ko‘rinardi. Magat jamoani tark etganidan keyin esa Farfanning jismoniy holati yo‘qqa chiqdi.

Rangnik, Stevens va Di Matteo navbati bilan bosh murabbiy o‘rnini egallashdi, ammo hech birlari Farfanni o‘yinlarga tayyorlashda Magatning ko‘rsatkichini takrorlay olishmadi.

Oqibatda, futbolchida kichik-kichik jarohatlar kuzatildi va u halovatini yo‘qotdi, hisob. Shu tariqa tezligi ham g‘oyib bo‘ldi, himoyachilarga avvalgidek xavf tug‘dira bilmadi.

****************

2012|2013 yillar mavsumi ham jarohatlar natijasida yo‘qqa chiqdi, undan keyingi yil esa yanada battarroq bo‘ldi. Shikastlanaverish natijasida u ko‘pgina uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi va 19 bahsdagina maydonga tushdi - bu PSVdan ketganidan so‘ng rekord natija.

Ammo baribir, barchani hayratga solib, 9ta gol urishning uddasidan chiqdi. Lekin ko‘p o‘tmay tizzasidan olgan yengil jarohat sabab jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi.

Futbolchining yana oyoqqa turishi uchun esa 12 oy fursat talab etildi va «Bayer»dan uchralgan mag‘lubiyat ham maydonga qaytish quvonchini yashirolmadi. Bu paytga kelib Amerika kubogi-2015 yaqinlashardi va Farfan Peru termasiga chaqirildi.

Dastlab Braziliya, chorak finalda Boliviya va yarim finalda Chiliga qarshi kechgan bahslarda qahramonimiz maydonga tushdi. Garchi gol urolmagan bo‘lsa-da, o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata bildi va qattiqqo‘l murabbiy Rikardo Garekaning xizmatlari evaziga yangi mojarolarni chetlab o‘tdi.

Mazkur musobaqadan so‘ng, perulikka BAAning «Al-Jazira» klubi qiziqish bildirdi. Taklif etilgan 6 mln. yevroga nemislar qarshilik qilishmadi, axir Farfanning shartnomasi nihoyasiga yetishiga 1 yil vaqt qolgan edi-da.

Qaysidir ma’noda, bu ortga tashlangan qadam bo‘lishi mumkin, ammo muntazam jarohat olayotgan vinger 10 mln.lab yevroga teng yillik maoshdan voz kechish noto‘g‘ri ekanligini yaxshi tushunardi.

Biroq yangi jamoadagilarni cho‘chitgan voqea o‘zini ko‘p kuttirmadi: yulduz futbolchi yengil jarohat olib, yana shifoxonaga yotdi. Oqibatda, BAAdagi debyut mavsumida bor-yo‘g‘i 11ta bahsda maydonga tushdi, xolos. 2016 yil yozida futbol jamoatchiligi Farfanga yangi jamoa qidira boshladi.

«Gremio», «River Pleyt», bundesliganing bir qator klublari haqida gap-so‘zlar urchidi, lekin «Al-Jazira» mavsumoldi tayyorgarligini a’lo darajada o‘tkazgan Jefferson bilan xayrlashishga shoshilmasdi. Ammo futbolchining o‘zi BAAdan zerikkani bois, klubni shartnoma shartlarini buzishda aybladi.

****************

Arablar bilan chiqisholmay qolgan Farfan darhol ketishi lozim edi va jamoa ham darrov topila qoldi. Moskvaning «Lokomotiv» klubi sport direktori etib tayinlangan «Shalke»ning sobiq direktori Erik Shtoffelsxaus o‘ziga yaxshi tanish futbolchini begona qilishni istamadi.

«Lokomotiv» Rossiya kubogi finaliga yo‘llanma oldi, lekin Farfan yana tizzasidagi jarohati bois faqat apreldagina maydonga tushdi.

Ketma-ket 4ta bahsda asosiy tarkibga kiritilgan futbolchining o‘yini tobora ochilaverdi, biroq kubok finalidagi chetlatish keyingi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Nima bo‘lganda ham, uning klubi «Ural»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.

Iyulda o‘tkazilgan superkubok uchrashuvida Farfan maydonda 120 daqiqa harakat qildi. Ammo jamoasi «Spartak»ka mag‘lub bo‘ldi. Vaqt o‘tgani sayin Jefferson jamoadoshlari bilan til topishib bordi, samarali uzatmalari soni ortaverdi. Balki, bu uning qayta rivoshlanish davridir?

****************

Ehtimol, kimlardir Farfanni Peruning so‘nggi yillardagi so‘ngan yulduziga qiyoslar. Zero, ko‘plab mavsumlar jarohatlar bois yo‘qqa chiqdi, qancha imkoniyatlar tungi barlarda havoga sovurildi.

Uni ochilmay so‘ngan yulduzlar sirasiga kiritadiganlar ham topilar, balki. Ammo qahramonimiz o‘zining 32 yoshida ham barchani hayratda qoldirishda, hayajonga solishda davom etyapti.

Garekaning yordamchilari Nolberto Solano va Nestor Bonillo futbolchining Rossiyadagi muvaffaqiyatlariga e’tibor qaratib, mamlakat termasi yetakchilaridan biri safga qaytayotganini ta’kidlashdi: Farfan hattoki, mukammal sport formasida bo‘lmagan taqdirda ham Edison Flores va Endi Polo kabilarga saboq berishga qodir.

Farfanning qobiliyatiga nisbatan jahondagi muxlislar va qadrdon perulik ishqibozlarning qarashlaridagi turfalik saqlanib qolishi, shubhasiz.

Ashaddiy ixlosmandlari ham uning tungi barlardagi kayf-safolari va beqaror o‘yinlarini kechira olishmasa kerak. Ammo bu darajadagi futbol iqtidorining qaytishiga e’tiroz bildiradiganlarni topish ham amrimahol.

Farfan xuddi Peru futboli kabi o‘sib, tajriba to‘plashga erishdi. Agar surunkali jarohatlar bo‘lmaganida, Jefferson xuddi termasi kabi ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishardi.

Hozir Farfan uchun hal qiluvchi palla. Keyingi yili jahon chempionati o‘tkaziladi, u esa aynan mundialga mezbonlik qiladigan yurtda to‘p suryapti.

Muxlisu murabbiylardan tortib, yirik klublar skautlarining ham nigohlari unga qaratilgan. 32 yoshga to‘lgani hali hamma narsa boy berilganini anglatmaydi.

Farfan faoliyatini yorqin lahzalar bilan nihoyalashi mumkin. Bu esa ko‘p jihatdan uning «Lokomotiv»da o‘zini nechog‘li ko‘rsata bilishiga bog‘liq. Qaytish uchun bundanda qulayroq fursat topilmasligi aniq.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:31, 09.10.2017. O'qildi: 5062 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.