Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Nasaf» yoshlari mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirishdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Nasaf
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yoshlarimiz bugun 24-tur doirasidagi uchrashuvni safarda “Neftchi” jamoasi yoshlariga qarshi o‘tkazishdi.

Uchrashuv boshidan yoshlarimiz tashabbuskor bo‘lishdi. Yoshlarimiz  mehmonda o‘ynashga qaramasdan, hujumkor o‘yin namoyish etishdi.

Afsuski bu hujumlarda darvozani aniq nishonga olishda omad yetishmadi. Murabbiylarimiz birinchi bo‘limning 39-daqiqasida o‘yinchi almashtirishga majbur bo‘lishdi.

Kichik jarohat olgan o‘ng qanot yarim himoyachimiz Sardor Sa’dullayev, o‘z o‘rnini Anvar Husanovga bo‘shatib berdi.

Bu almashtirish jamoamizga foydali ham bo‘ldi. Aynan Anvar Husanovga oradagi hisobni ochish nasib etdi. Yoshlarimizning 43-daqiqada tashkil etgan hujumini Husanov gol bilan yakunladi – 0:1.

Birinchi bo‘limda darvozalarga boshqa gollar kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘limning boshida ham yoshlarimiz o‘yinni hujumkor boshlashdi. Vaqt o‘tgan sayin maydon egalarining o‘yinida ham jonlanish sezildi.

Endi ular hujumda, jamoamiz esa ko‘proq himoyalanishga majbur bo‘lishdi.

Bugungi uchrashuvda bir qancha o‘yinchilarimizning yo‘qligi tufayli, murabbiylarimizga o‘yinchi almashtirish imkoni kamroq bo‘ldi.

Maydonga tushgan o‘yinchilar ko‘proq harakatlanishga majbur edilar. Bu albatta o‘z ta’sirini ham ko‘rsatdi. Ya’ni futbolchilarimizda charchoq alomatlari ham sezildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasiga kelib Otabek Haydarov oradagi hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1.

Qolgan daqiqalar teng kurashlar ostida kechdi va bu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi.

Shunday qilib yoshlarimiz uchrashuvda durangga imzo chekishdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yoshlarimiz 15-turdan buyon mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda.

Navbatdagi 25-tur uchrashuvida yoshlarimiz “Dinamo” yoshlarini o‘z maydonida qabul qiladilar.  

Yoshlar ligasi 24-tur

“Neftchi” (Farg‘ona) – “Nasaf” (Qarshi) 1:1 (0:1)

12.10.2017. Qirguli, “Neftchi” SK stadioni. 15:30

Hakamlar: Anotoliy Rubakov (Toshkent), Ravshan Kopadze (Farg‘ona), Shoxruh A’zamov (Farg‘ona), Javohir Hakimov (Farg‘ona).

Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent)

Gollar: Otabek Haydarov, 79’-1:1  -  Anvar Husanov, 43’-0:1

“Neftchi”: 1.O‘tkir Yusupov (s), 2.Rizo Ayvazov (5.Sardorbek Isoqov 46), 3.Murodjon To‘ychiboyev, 9.SHodiyor Hojimatov, 10.Xurshidbek Asqaraliyev (7.Islombek Karimov 46), 11.Elamonjon Karimov, 18.Javohirbek Rasulov (8.Islomjon Toshpo‘latov 21), 20.Husanboy G‘aniyev (13.Farhod Namozov 72), 21.Mirjamol Ne’matov, 22.Abduqodir Ortiqov (26.Otabek Haydarov 54), 23.Hamidullo Abduhamidov (6.Abdujamil Manazarov 79).

Zaxira: 25.SHuhratillo Rahmonov.

“Nasaf”: 30.Muzaffar Sharipov (s), 4.Jo‘rabek Mannonov, 6.Sirojiddin Qo‘ziyev, 7.Akmaljon Olimov, 15.G‘olib G‘aybullayev, 16.SHarof Muhitdinov, 22.Javohir Shokirov (32.Navro‘z Saidov 62), 28.Sardor Sa’dullayev (14.Anvar Husanov 39), 33.SHoxruh Ne’matov (9.Abubakr Rizo Turdaliyev 84), 35.Islom Rashidxonov, 96.Dadajon Mamatqulov (34.Nurbek Botirov 90+1).

Zaxira: 65.Abduvohid Ne’matov, 45.Alfayzi Ne’matov.

Ogohlantirish: Sirojiddin Qo‘ziyev (29), G‘olib G‘aybullayev (90).

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 19:46, 12.10.2017. O'qildi: 3312 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик