Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Hujumchilar zavodi» - «Atletiko»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ko‘p gol uradigan forvardlar futbolda sanoqli. Hattoki, top-klublarning ham hujum chizig‘iga munosib o‘yinchilar topolmay, qiynalishganini ko‘p ko‘rganmiz.

Lekin Madridning «Atletiko»sida qiziq an’ana bor: mazkur jamoa hujum chizig‘i doim yulduzlarga boy bo‘lgan va bu atrofdagilarning hasadini keltirgan.

Soccer.ru hech kimni befarq qoldirmaydigan mana shunday to‘p­urarlarga to‘xtaladi.

Luis Aragones (Ispaniya; 1964-1974) - 368ta o‘yin, 172ta gol

«Atletiko»ning taniqli forvard­lari ro‘yxatini futbolda butunlay boshqa rolni o‘ynagan va anchayin katta yoshdaligida yodimizda qolgan inson ochib beradi:

Yevro-2008da Xose Luis Aragones rahbarligidagi Ispaniya termasi g‘olib bo‘ldi va aynan shu davrdan boshlab «qizil furiya»ning jahon hamda Yevropa arenalaridagi uzoq davom etgan g‘olibona yurishi boshlandi.

Ammo yana shuni ham unutmaslik kerakki, Aragones murabbiylikda mashhurlikka erishgunga qadar ham maydonda muvaffaqiyatli to‘p surgan futbolchi edi va uning oltin yillari aynan «Atletiko»da o‘ynagan paytlarga to‘g‘ri keladi.

Luis «Real»ga kerak bo‘lmagandir, ammo «matraschilar» safida to‘purarlik salohiyatini namoyon qildi - Ispaniya chempionatida 3 bor g‘olib chiqdi, Chempionlar Kubogi finaligacha yetib bordi.

Aragones Pako Kampos, Adrian Eskudero, Joze Jankosa singari nomdor futbolchilarning natijalarini ortda qoldirgan holda hamon haqli ravishda «matraschilar» tarixidan bosh forvard sifatida o‘rin olib kelmoqda.

Ugo Sanches (Meksika; 1981-1985) - 162ta o‘yin, 82ta gol

Meksikalik buyuk futbolchini hozir «Real»da 200dan ortiq gol muallifiga aylangan forvard sifatida eslashadi. Lekin Ugoning hujumchilik qobiliyati «Atletiko» tarkibida maydonga tushgan paytlari yuzaga chiqqandi.

Primera tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biriga aylangan futbolchini mazkur klub okean osha Ispaniyaga olib kelgandi. Hozir u Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Telmo Sarradan keyin primera snayperlari ro‘yxati 4-o‘rinni egallab turibdi.

Xulio Salinas (Ispaniya; 1986-1988) - 89ta o‘yin, 36ta gol

O‘tgan asrning 90-yillari ikkinchi yarmidagi bosh forvard Bilbaoda tug‘ildi va futboldagi dastlabki qadamlarini mahalliy «Atletik» tarkibida qo‘ydi.

Keyinchalik poytaxt­ga yo‘l olib, «hindular» safida anchayin o‘sishga erishdi. Aytish mumkinki, «Atletiko» tarkibida ikki mavsum maydonga tushish uning uchun o‘ziga xos tramplin vazifasini o‘tadi, chunki aynan shundan keyin Salinas «Barselona» safiga o‘tib, 100ga yaqin gol muallifiga aylandi.

Shuningdek, Xulio Ispaniya termasi safida 50ga yaqin uchrashuvda maydonga tushib, har ikkinchi o‘yinda to‘p kiritdi. Bu futbolchi ham «Visente Kalderon»da o‘zini ko‘rsata bilgan yetakchi hujumchilar safidan munosib o‘rin egalladi.

Lyuboslav Penev (Bolgariya; 1995-1996) - 43ta o‘yin, 25ta gol

Bolgariya futboli tarixidagi eng kuchli avlod vakillaridan biri. Lekin bolgarlar uchun ancha omadli kelgan JCH-1994ni Penev jarohatlar sabab o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

100dan ortiq gol bilan «Valensiya» tarkibida La-liga yulduziga aylandi, «Atletiko» uchun esa bir mavsum to‘p surdi, ammo qanday mavsum bo‘lgandi-ya! «Matraschilar» chempionlikni qo‘lga kiritishdi, Qirol kubogi egasiga aylanishdi.

Lyuboslav esa har ikki turnirda jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Kristian Vyeri (Italiya; 1997-1998) - 32ta o‘yin, 29ta gol

Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, u «matraschilar»ga qariyb 18 mln. yevroga tushgandi, lekin Ispaniyadagi samarali o‘yinlari sabab «Lasio» Kristianni «A» seriyaga qaytarish uchun bu raqamni 1,5 baravar oshirdi.

Turli jamoalar safida ko‘plab gollarni urgan va «Skuadra Adzurra»ning yulduz futbolchisiga aylangan Vyerining Madriddagi faoliyati uzoqqa cho‘zilmadi, ammo yorqinligi bilan esda qoldi.

Jimmi Floyd Xasselbaynk (Gollandiya; 1999-2000) - 43ta o‘yin, 33ta gol

Xasselbaynkni ingliz futboli ixlosmandlari yaxshi tanishadi va hurmat qilishadi. Ayniqsa, «Chelsi» muxlislari, zero aynan shu klubda Jimmi 4ta omadli mavsumni o‘tkazdi.

Biroq gollandiyalik La-ligada o‘zini yanada yaxshiroq ko‘rsata bildi. Xasselbaynk xuddi Vyeri singari «Atletiko»da bir mavsum o‘ynadi, xolos.

Lekin «matraschilar»ga nafaqat kiritgan to‘plari bilan, balki moliyaviy tomondan ham foyda keltirdi: madridliklar bu futbolchining oldi-sotdisidan mo‘maygina daromad ishlab olishdi.

Fernando Torres (Ispaniya; 2001-2007, 2015 yildan hozirga qadar) - 359ta o‘yin, 119ta gol DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:07, 28.10.2017. O'qildi: 5145 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик