Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Shahrixon-1926» - Andijon viloyati chempioni!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Ikkinchi liga / Andijon viloyati
Rukn: Yangiliklar
A A A

16 noyabr, payshanba kuni Andijonda O‘zbekiston birinchiligi ikkinchi tabaqa jamoalari o‘rtasidagi viloyat chempionat o‘yinlari yakuniga yetdi.

Andijon viloyati ikkinchi ligasida jami 16ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan xolda, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Yakunda”A” guruhidan “UzDongYangKo” barcha raqiblarini ortda qoldirib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “B” guruhida “Shahrixon-1926” jamoasi yetakchilik qildi. Kecha ushbu jamoalar musobaqaning final qismida o‘zaro kuch sinashdi.

Uchrashuv Andijon shahridagi “Sog‘lom avlod” stadionida kechdi. Aytish lozimki, mazkur bahsga bo‘lgan qiziqish ko‘pchilikda yuqori darajada edi. Mamlakatimizda birinchi liga o‘yinlari birmuncha erta yakunlangani bois, andijonlik muxlislar ham katta futbolni biroz sog‘inib qolishgandi.

Shu bois bo‘lsa kerak, kecha stadionga tomoshabinlar soni yuqori darajada bo‘ldi. Final ham go‘yoki birinchi liga darajasida o‘tdi desa ham bo‘ladi.

Finaldagi raqiblar chin ma’noda bir-biriga prinsipial raqib sifatida qarardi. Shuning uchun o‘yinni keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tishini avvaldan tahmin qilish ham qiyin emasdi. Yakunda shunday ham bo‘ldi. 

“UzDongYangKo” bundan bir oy avval ikkinchi liga jamoalari o‘rtasida viloyat Kubogini qo‘lga kiritgandi. Sanjar Latipov shogirdlari bu safar chempionatda ham oltin medallarni qo‘lga kiritish uchun astoydil xarakat qildi.

Ammo “Shahrixon-1926” ham birinchi ligaga chiqish uchun pulka yo‘llanmasini qo‘lga kiritish maqsadida o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini amalda isbotladi. Kezi kelganda aytish lozimki, bugungi kunda “Shahrixon-1926” jamoasiga andijonlik taniqli futbolchi Baxtiyor Hamidullayev ustozlik qilmoqda.

Murabbiylik faoliyatini quyidan boshlashga qaror qilgan sobiq goleador bu yil o‘z jamoasi bilan birinchi ligaga chiqish uchun astoydil xarakat qilmoqda. O‘yin haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, mezbon sifatida xarakat qilgan

“UzDongYangKo” jamoasidan ko‘pchilik yuqori saviyadagi o‘yinni kutgandi. Ammo ularning o‘yini negadir qovushmadi. Shahrixonliklarning birinchi bo‘limda hisobni ochishlari ularga katta ustunlik berdi.

Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun astoydil xarakat qilishgan bo‘lsada, o‘z maqsadlariga yeta olmadi. Bizningcha ularga butunu o‘yin davomida bitta nominal hujumchi bilan xarakat qilgani qimmatga tushdi. Boisi oldingi chiziqda birgina Isroil Tursunovning o‘zi yolg‘izlanib qoldi.

“Shahrixon-1926” esa himoyani unutmagan xolda, imkon bo‘ldi deguncha qarshi hujumga o‘tib turdi. Bu narsa ikkinchi bo‘lim oxirlariga borib, o‘z samarasini berdi. Doniyor Hamidullayev aniq zarbasi bilan hisobni 2taga oshirgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqtda maydonga tushgan Abduqahhor Nazirov oradan hech qancha vaqt o‘tmay “UzDongYangKo” darvozasiga uchinchi to‘pni kiritdi.

Shu tariqa viloyat chempionati final qismida “Shahrixon-1926” yirik hisobda g‘alaba qozondi.

17.11.2017 yil

Andijon viloyati ikkinchi liga final uchrashuvi.

“UzDongYangKo” - “Shahrixon-1926” 0:3 (0:1).

Andijon. “Sog‘lom avlod” stadioni.

Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Xushnud Suyunboyev.

Nazoratchi: Rustam Hamidov. 

Gollar: Jamshid Hamidov, 20. Doniyor Hamidullayev, 86. Abduqahhor Nazirov, 90+7.

“UzDongYangKo”: 1.Bobur Tojiboyev, 2.Azizbek Mahmudov, 3.Azamat Isayev, 4.Salim Rahmatullayev, 6.Muhammadjon Otajonov, 10.Jahongir Suyarqulov, 11.Isroil Tursunov, 12.Quddus G‘ulomov, 13.Azizbek Davronov, 18. Eldor To‘lanov, 19.Anvar Abduqodirov (S).

Zaxira: 5.Ilyos Sobirov, 7.Javlon Hamdamov, 8.Sardor Nurmatov, 9.Dilshod Mo‘ysinov, 14.Akram Muhammadtohirov, 17.Hasanboy Ibragimov, 20.Asadbek Abdujalilov.

“Shahrixon-1926”: 34.Lochin Dolimov, 4.Islom Qo‘ziboyev, 5.Odil Davronov, 8.Abubakir Abdullayev, 9.Doniyor Hamidullayev (S), 10.Jamshid Hamidov, 11.Po‘lat Sharipov, 17.Jasur Quvvataliyev, 18.Mansur Mahsudov, 21.Doniyor Turdiqulov, 23.Bekzod G‘oziyev.

Zaxira: 2.Islom Mo‘minov, 3.Zokir Najimov, 7.Samandar Ismoilov, 13.Abduvohid Jo‘rayev, 20.Abduqahhor Nazirov, 77.Zuhriddin Mirzayev.

Final uchrashuvi yakuniga yetgach, musobaqa qatnashchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida so‘z dastlab, Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latovga berildi:

- Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar! Bugun biz 2017 yilgi O‘zbekiston 2-tabaqa jamoalari o‘rtasidagi Andijon viloyati chempionatining yopilish marosimida uchrashib turibmiz.

- Keyingi yillarda viloyatimizda futbolni rivojlantirishga, uning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

- Andijon viloyati hokimi Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevichning viloyatda futbolga qaratayotgan e’tibori tufayli bugungi kunda futbol jamoalarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar viloyat futbolining yorqin kelajagiga katta qadam qo‘yilayotganligidan dalolatdir.

- Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, yaxshi kayfiyat va faqat omad tilayman – deydi O‘tkirbek Odiljonovich.

Shundan so‘ng so‘z Andijon viloyati futbol federasiyasining birinchi vise-prezidenti Bekzodbek Karimovga berildi: - Assalomu alaykum, qadrli muxlislar va musobaqa ishtirokchilari! Sport-salomatlik garovi, tinchlik elchisi.

Aslini olganda xayotda inson uchun eng zarur bo‘lgan ulug‘ ne’matlar ham mana shular.  Ikkinchi tabaqa Andijon viloyati chempionati va Kubogi musobaqalarini o‘tkazishdan asosiy maqsadimiz viloyatimizning bosh jamoasi “Andijon” va “UzDongJu” jamoalariga munosib o‘rinbosarlar tayyorlashdan iboratdir.

Islombek Rustambekov.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:58, 17.11.2017. O'qildi: 4020 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.