Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Chelsi - Nottingem Forest

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zPFL – 2017. «Nasaf»ning yil sarhisobi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Nasaf” jamoasi XXVI O‘zbekiston chempionatini 2-o‘rinda yakunladi. Shunday qilib, jamoamiz o‘z tarixida ikki  karra (2011, 2017 yillar)  kumush medali sohibi bo‘ldi. “Nasaf” o‘tgan yilgi chempionatda bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

“Nasaf” oliy ligada 1997 yildan ishtirok etadi. Bu yilgisi bilan 20 karra chempionat ishtirokchisiga aylandi. “Nasaf” shu paytgacha oliy ligada jami 618ta uchrashuv o‘tkazdi. Shularning 350tasida g‘alaba, 114tasida durang va 154tasida mag‘lubiyatga uchradi. To‘plar nisbati 1126:685 ko‘rinishida.

Quyida esa “Nasaf” jamoamizning 2017 yil sarhisobi bilan tanishing.

Umumiy sarhisoblar

Bu yilgi chempionatda jamoamiz ishtirokidagi o‘tgan 30 uchrashuvning 20tasida g‘alaba, 2 uchrashuvda durang va 8 uchrashuvda mag‘lubiyat qayd etildi. Jami 62 ochko qo‘lga kiritildi. O‘tgan yilgi chempionatda 30 uchrashuvning 19tasida g‘alabaga erishilgan edi.

Chempionat davomida murabbiylarimiz 24 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishdi. O‘tgan yilgi chempionatda 27 nafar futbolchi xizmatidan foydalanilgan edi. Eng ko‘p maydonga tushgan futbolchimiz - Bahrom Abdurahimov tengsiz bo‘ldi. Abdurahimov bu yilgi chempionatning barcha – 30 uchrashuvlarida ham maydonga tushdi va 2586 daqiqa maydonda harakat qildi. Ushbu futbolchimiz o‘tgan yilgi chempionatda 27 uchrashuvda maydonga tushib, 2168 daqiqa harakat qilgan edi. Bahrom Abdurahimov bu yilgi chempionatda to‘purarlarimiz orasida ikkinchi bo‘ldi, bu tinib-tinchimas futbolchimiz raqiblarimiz darvozasiga 10 marta to‘p kiritdi. U bor yo‘g‘i bir marta hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

Jamoamiz tarkibida maydonga tushgan eng yosh o‘yinchi Islom Kenjaboyev bo‘ldi (18 yosh). Eng yoshi katta o‘yinchimiz esa  Jasur Hasanov (34 yosh) bo‘ldi.

“Nasaf” jamoasi futbolchilari bu yilgi chempionatda jami raqiblar darvozasini 58 marta ishg‘ol qilishdi va o‘z darvozalaridan 18ta to‘p olib chiqishdi. Urilgan gollar o‘tgan yilgiga nisbatan 2taga kam bo‘ldi. O‘tkazilgan gollar soni esa 6taga qisqardi. Ushbu gollarning 34tasi uy uchrashuvlarida, 24tasi safar uchrashuvlarida kiritildi. O‘tkazilgan gollarning 2tasi uy uchrashuvlariga, 16tasi safar uchrashuvlariga to‘g‘ri keladi. Bo‘lib o‘tgan 30ta uchrashuvning 17tasida darvozabonlarimiz o‘zlari qo‘riqlagan darvoza dahlsizligini saqlab qolishdi. Bu yilgi bahslarda darvozabonimiz Sanjar Quvvatovning bu ko‘rsatkichlardagi hissasi yuqori bo‘ldi.

Natijalarning davralar kesimidagi sarhisobi

Bu yilgi XXVI O‘zbekiston chempionati 3 mart kuni boshlanib, 25 noyabr kuni yakunlandi. Birinchi davrada jamoamiz, ikkinchi davradagiga nisbatan yomon ko‘rsatgichga ega bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan 15ta uchrashuvning 8tasida g‘alaba, 2tasida durang va 5 uchrashuvda mag‘lubiyat qayd etildi.

Ikkinchi davra uchrashuvlari 5 avgustdan start oldi. “Nasaf” ikkinchi davra uchrashuvlarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazdi.  Ikkinchi davradagi 15 uchrashuvning 12tasida g‘alaba va 3 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraldi. Jamoamiz aynan 2-davrada eng uzoq - 11 uchrashuvda g‘alabali seriyasini saqlab turdi. 

Natijalar uy va safar uchrashuvlari kesimida

Uy uchrashuvlari:

G‘alaba – 14

Durang – 0

Mag‘lubiyat – 1

Safar uchrashuvlari:

G‘alaba – 6

Durang – 2

Mag‘lubiyat – 7

Bu yilgi chempionat bahslarida darvozamizni Eldor Suyunov 10 marta, Sanjar Quvvatov esa 20 marta qo‘riqladi.

To‘purarlarimiz haqida

Dragan Cheran – 19(4)*

Bahrom Abdurahimov - 10

Bobir Abduxoliqov – 8

Shaxboz Erkinov – 4(1)*

Igor Golban – 3

*Izoh – qavs ichida penaltilardan kiritilgan gollar ko‘rsatilgan

Farruh Sayfiyev, Aziz G‘aniyev, Doniyor Narzullayev, Sharof Muhitdinovlar – 2tadan gol kiritishgan.

Akmal Shorahmedov, Jasur Hasanov, Odil Hamrobekov, Islom Rashidxonov, Islom Kenjaboyev,  – 1tadan gol urishga erishdilar.

“Buxoro” jamoasi bilan bo‘lgan o‘zaro uchrashuvda,  Kirill Pasichnik avtogol muallifi bo‘lgan.

“Nasaf”ning bu yilgi chempionatdagi 1-golining muallifi – Bahrom Abdurahimov (O‘zPFL, 1-tur. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2) bo‘ldi. Oxirgi, 58-golining muallifi esa Dragan Cheran bo‘ldi.

Futbolchilarimiz raqiblari darvozasiga 5 marta penalti (CHeran-4, Erkinov -1) tepishdi. Penaltilarning hammasi aniq amalga oshirildi.

Chempionat davomida “Nasaf” darvozasiga ham 5ta penalti beligilandi. Bu penaltilarning 3tasi golga aylandi. 2 vaziyatda Sanjar Quvvatov qaytarishga erishdi.

Yirik hisoblar

Jamoamizning bu yilgi chempionatda qayd etgan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 6:0 hisobi bo‘ldi (“Obod” - “Nasaf” 0:6). O‘tkazilgan uchrashuvlarning 5tasida jamoamiz raqiblarini 3:0 hisobida ham mag‘lub etishgan. Uchta uchrashuvda 4:0 hisobidagi (“Nasaf” – “So‘g‘diyona”, “Nasaf” – “Navbahor”, “Nasaf” – Paxtakor”) g‘alabalarga erishildi.  “Nasaf”ning bir o‘yinda o‘z darvozasidan o‘tkazib yuborgan gollari soni 3taga teng bo‘ldi, bu holat safardagi “Bunyodkor” – “Nasaf” 3:2 uchrashuvida qayd etildi.

Sariq kartochkalar

Chempionat davomida o‘yinchilarimizga 45 marta sariq kartochka ko‘rsatildi. Sariq kartochka bo‘yicha eng ko‘p jazolangan o‘yinchi Aziz G‘aniyev bo‘ldi (8ta). Hakamlar futbolchilarimizni safardagi uchrashuvlarda ko‘proq jazolashdi – 29 marta, uy uchrashuvlarida esa futbolchilarimizga 16 marta sariq kartochka ko‘rsatildi. Bu yilgi bahslarda o‘yinchilarimizga qizil kartochka ko‘rsatilmadi.

Tomoshabinlar - raqamlarda

“Nasaf”ning o‘z maydonida o‘tkazgan “Nasaf” – “Paxtakor” 4:0 uchrashuviga eng ko‘p -18574  nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Eng kam tomoshabin tashrif buyurgan uchrashuv bu – “Obod” – “Nasaf” 0:6 uchrashuvi bo‘ldi. Ushbu o‘yinda 211 nafar tomoshabin qayd etilgan.

Bu yil ham safardagi bo‘lgan uchrashuvimizda buxorolik futbol ishqibozlari faol bo‘lishdi. “Buxoro” - “Nasaf” 1:0 uchrashuvini 13680 nafar muxlis stadionda tomosha qilishdi. Bu yilgi chempionatda jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarni jami 147310 (o‘tgan yili-144561) nafar muxlislar tomosha qilishgan. O‘tgan yilgiga nisbatan, 2749nafar ko‘pdir. Jamoamizning uy uchrashuvlarini 75572 nafar muxlis kuzatib bordi. Shulardan 18597 nafari G‘uzorda bo‘lib o‘tgan uy uchrashuvlarida, 56975 nafari esa Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionimizda.  “Markaziy”da bo‘lib o‘tgan “Nasaf” – “Sho‘rtan” uchrashuviga eng kam – 2748 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Eng, englarimiz

Eng tezkor gol urgan o‘yinchimiz – Bahrom Abdurahimov

Eng birinchi gol urgan o‘yinchimiz – Bahrom Abdurahimov

Eng birinchi sariq kartochka olgan o‘yinchimiz – Dragan Cheran

Eng yosh o‘yinchimiz – Islom Kenjaboyev (18 yosh)

Eng yoshi katta o‘yinchimiz – Jasur Hasanov (34 yosh)

Eng ko‘p sariq kartochka olgan o‘yinchimiz – Aziz G‘aniyev

Eng ko‘p maydonga tushgan o‘yinchimiz – Bahrom Abdurahimov.

“Nasaf” bu yilgi chempionatda eng kam gol o‘tkazgan jamoa sifatida qayd etildi.

Jamoamiz ustoziga oid statistik ma’lumotlar

Ro‘ziqul Berdiyev “Nasaf”ga 2012 yildan hozirgacha ustozlik qilmoqda. Shu davr mobaynida o‘z shogirdlarini chempionatning jami 151 uchrashuvida maydonga boshlab tushdi. Bu uchrashuvlarning 98tasida g‘alaba qo‘lga kiritildi.

“Nasaf”  PFK matbuot xizmati

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:27, 27.11.2017. O'qildi: 4106 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик