Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Millat antiqahramoniga aylangan terma jamoa murabbiylari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Endilikda Italiya xalqi Venturaning nomini unutmasligi tabiiy. Ushbu murabbiyni afsuslanish va alam bilan yodga olishadi.

Zero Jampyero nafaqat terma jamoani «jarlikka qulatdi», balki o‘zini noloyiq tarzda tutdi. Soccer.ru shu bahona ayni holatga tushgan mutaxassislarni yodga oldi.

GREM TEYLOR va Angliya termasi (1990 - 1993)

Ushbu mutaxassis klubdagi faoliyati orqali Angliya futbolida dong taratgan. U «Uotford»ni to‘rtinchi diviziondan chempionshipga, so‘ngra yevrokuboklarga olib chiqdi. Murakkab ahvoldagi «Aston Villa» joniga oro kirdi.

Grem umumiy hisobda tumanli o‘lka jamoalari boshqaruvida mingdan ortiq o‘yin o‘tkazgan, shubhasiz, hurmatga loyiq shaxs. Ammo klub miqyosida muvaffaqiyat qozongan hamma mutaxassislar ham milliy termani cho‘qqilarga yetaklab, yulduzlar bilan chiqisha olish salohiyatiga ega bo‘lavermaydilar. Umuman, Ventura va Teylorning taqdiri ko‘p jihatdan o‘xshash.

Qariya Grem Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga noloyiq chiqdi va bu haqiqat Yevro-1992 saralashidayoq ko‘zga tashlandi. «Uch sherlar» faqatgina turkiyalik autsayderlar ustidan qozonilgan g‘alaba hamda vaziyat taqozosi evaziga qit’a chempionatiga yo‘l olishgandi. Final bosqichida esa hammasi yaqqol namoyon bo‘ldi: g‘alaba yo‘q, bitta gol, guruhdagi so‘nggi o‘rin.

Shu zahoti o‘zgarish qilish talab etilardi, ammo Angliya futbol assosiasiyasi Teylorga ishonishda davom etdi va bu noto‘g‘ri qaror ekani tezda oydinlashdi.

Grem termaning bosh yulduzi Gari Lineker bilan chiqisholmadi, JCH-1994 saralashida inglizlar Gollandiya va Norvegiya termalaridan keyingi uchinchi o‘rin bilan cheklanishdi.

Bu esa Angliyaning AQSH mundialiga bormasligini anglatardi. 40 yillik davr mobaynida ilk bor jahon chempionati futbolga asos solgan mamlakat vakillarisiz o‘tdi.

Anatoliy Bishoves va Rossiya termasi (1998)

Futbolchilar milliy jamoa bosh murabbiyi Sadirinning o‘rnida aynan Bishoves ishlashi lozimligini ko‘p ta’kidlashgandi. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida sobiq ittifoq jamoasi Seul Olimpiadasida zafar quchgan va bu muvaffaqiyat hali yoddan ko‘tarilmagandi.

Shu bois 1998 yili Rossiya termasi taqdiri aynan unga ishonib topshirildi. Biroq Anatoliy Fyodorovich yorqin xotiralarni tezda o‘chirib yubordi.

Bishoves - ruslar milliy jamoasi tarixidagi eng yomon murabbiy, uning qo‘l ostida terma olti o‘yinning barchasini yutqazdi. Haqiqatan omadsiz faoliyat.

Vaholanki, futbolchilar saviyasi past emasdi, Oleg Romansev qo‘l ostida vaziyatning ancha o‘nglangani ushbu fikrni tasdiqlashi mumkin. Hattoki, Yevro-2000 saralashini uchta mag‘lubiyat boshlagan rossiyaliklar mo‘’jiza yaratishga juda yaqin kelishgandi.

Berti Fogts va Shotlandiya termasi (2002 - 2004)

Germaniya termasidagi sakkiz yillik faoliyati davomida nemislarni Yevro-1996 g‘olibligiga olib kelgan mutaxassis keyinchalik obro‘sidan foydalangan holda faqat tekin daromad orttirish va katta summaga ega shartnomalar qidirish bilan band bo‘ldi.

Shotlandlar uni Quvayt termasidan chaqirib olish chog‘ida bularni inobatga olmay, tavakkalga qo‘l urishgandi. Yevro-2004 saralashida Fogts qo‘l ostidagi Shotlandiya termasi Litvaga yutqazib, Farer orollari bilan ochkolarni bo‘lishib olishdi.

Ikkinchi o‘ringa esa murabbiy vatandoshlarining yordami evaziga ko‘tarilishdi: qit’a birinchiligi yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgan nemislar o‘sha kezlari hozirgidek nom qozonishga ulgurmagan islandlarni yirik hisobda yengishgandi.

Keyinchalik shotlandlar Gollandiya termasiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Shunga qaramay, Berti «yog‘li joy»ni saqlab qoldi, zero o‘zi ketishni o‘ylamas, shartnomani bekor qilish qimmatga tushishi esa ish beruvchilarni o‘ylantirib qo‘ygandi.

Biroq JCH-2006 saralashi start olgan bir pallada yirik summa ham shotlandlar ko‘ziga ko‘rinmadi: salbiy natijalar qayd etilavergach, asablar dosh bermadi, Moldova bilan o‘yin-ning durang bilan xotima topishi esa sabr kosasiga so‘nggi tomchi vazifasini o‘tadi.

Fogts qo‘l ostida   Shotlandiya termasi FIFA reytingida rekord darajada pastlab, 77-o‘rinni egalladi. Germaniyalik mutaxassis esa pinagini ham buzmay, navbatdagi jamoasi bilan Afrika kubogida so‘nggi 25 yildagi eng yomon natijani ko‘rsatish uchun Nigeriyaga yo‘l oldi. So‘ngra Ozarbayjondan foydali ish topgan Berti bir necha yilni shu mamlakatda o‘tkazdi.

Stiv Maklaren va Angliya termasi (2006 - 2007)

Jamoani jarlikka yetaklagan yana bir angliyalik. Yevro-2008 final bosqichi yo‘llanmasi uchun Rossiya termasi bilan bahs yuritgan inglizlar Stiv Maklaren boshqaruvida ikki marta Xorvatiyaga yutqazishdi.

Ayniqsa, «Uembli»da o‘tgan hal qiluvchi o‘yinda qayd etilgan mag‘lubiyat hammasidan oshib tushdi. Ishqibozlar milliy jamoani Yevropa chempionatiga olib chiqolmagani uchun Maklarenni kechirolmadilar.

O‘shanda angliyaliklar «shok» holatiga tushib qolishgandi. Shunga o‘xshash vaziyat hozir italyanlarda kuzatilmoqda.

Klaudio Ranyeri va Gresiya termasi (2014)

Ha, bu mutaxassis nomi «Lester» tarix kitobiga yozilgan, u ko‘plab muxlislar qahramoniga aylandi. Ammo 2014 yili Ranyeri butun boshli millat nafratiga duchor bo‘ldi.

Klaudio Gresiya termasini qabul qilib olgan payt Yevropa chempionatidagi shov-shuvli g‘alabaga o‘n yil to‘lgan, biroz avvalroq, ya’ni JCH-2014da yunonlar Fernandu Santush boshchiligida guruh bosqichidan chiqishni uddalab, faqatgina penaltilar seriyasidagi omadsizlik tufayligina chorak final yo‘llanmasini Kosta-Rikaga boy berishgandi.

Mustahkam jamoa, shubhasiz. Gresiyalik ishqibozlar tajribali Ranyerining termani o‘z darajasida ushlab turishiga ishonishgandi, ammo italiyalik mutaxassis qo‘l ostida sharmandali natijalar ko‘paydi: Ruminiya, Shimoliy Irlandiya hamda Farer orollaridan qabul qilingan mag‘lubiyatlar, Finlyandiya bilan durang.

E’tiborlisi, greklarning Ranyeri davrida boshlagan muvaffaqiyatsizligi hamon davom etmoqda: Yevro-2016 yunonlarsiz o‘tdi, ular Rossiya mundialida ham qatnashishmaydi.

Dik Advokat va Serbiya termasi (2014) DAVOMI 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:47, 04.12.2017. O'qildi: 7923 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.