Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temur Yafarov: «Bolalar bilan ishlashdan zavq olyapman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan «Yunior» bolalar futbol klubi tashkil etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Lekin ushbu jamoa erishayotgan yutuqlar tahsinga loyiq.

«Yunior» FK xalqaro tarmoq ko‘rinishida bo‘lib, dunyoning 14 mamlakatida faoliyat yuritadi. Asosan Rossiya hamda MDHning boshqa davlatlarida filiallari bor. Bosh ofisi esa Sankt-Peterburg shahrida joylashgan.

Yaqinda mazkur jamoa Hindiston va Xitoyda ham ish boshladi. Shu yilning fevral oyida Toshkent shahrida ham ushbu klubning filiali ochildi. «Yunior»ga futbolchilar 3 yoshdan boshlab qabul qilinadi.

Jamoaning yosh tarbiyalanuvchilari Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgan turnirda muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab qaytishdi.

Biz musobaqa taassurotlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Temur Yafarovni suhbatga tortdik.

- Ushbu turnir Junior jamoasining turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan filiallari o‘rtasida tashkil etildi, - deya so‘z boshladi suhbatdoshimiz. - Bu an’anaviy musobaqa bo‘lib, unda 14ta davlat vakillari qatnashishdi.

E’tiborlisi, mazkur turnirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishning imkoni yo‘q. Ya’ni, saralash bahslarida g‘olib chiqqan jamoalar final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Bizning tarbiyalanuvchilar ham may oyida o‘tkazilgan saralashda muvaffaqiyat qozonishdi. Bahslarga Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qildi. Musobaqa saralashini munosib tarzda o‘tkazib, yo‘llanmani qo‘lga kiritdik.

Yaqinda Qozon shahrida turnirning final bosqichi o‘tkazildi. U yerda 12ta jamoa o‘zaro bosh mukofot uchun kurashga kirishdilar. Biz 2008 va 2010 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan iborat ikki tarkibimiz bilan qatnashdik.

Natija yomon bo‘lmadi va jamoamiz kumush medalga sazovor bo‘ldi. Tashkil etilganligi jihatidan bizning bolakaylar turnirdagi eng yoshi edilar. Raqiblar esa kamida 2-3 yildan beri turli darajadagi turnirlarda qatnashib kelishayotgandi.

Shu sababli ham futbolchilarimiz erishgan natija bilan faxrlansak arziydi. Bu endi boshlanishi. Ishonchim komilki, vakillarimiz yanada yuksakroq yutuqlarga erishishadi.

- Qaysi jamoalarga qarshi maydonga tushdinglar, natijalar qanday bo‘ldi?

- Yakutsk jamoasini 5:0, mezbonlar - Qozon shahri vakillarini 3:0, Samara futbolchilarini 2:1, Yoshkar-olaliklarni 2:0 hisobida mag‘lub etdik.

Hal qiluvchi final uchrashuvida esa anchagina kuchli bo‘lgan Sankt-Peterburg jamoasiga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Ana shu mag‘lubiyat ham futbolchilarimizning tajribasi oshishiga xizmat qiladi, ular mana shunday o‘yinlarda toblanishadi.

Bundan tashqari, bir nechta nominasiyalar bo‘yicha tarbiyalanuvchilarimiz eng yaxshilar qatorida e’tirof etildilar. Turnirning eng yaxshi himoyachi va hujumchisi, musobaqa to‘purari ham aynan bizning jamoadan bo‘ldi.

Final bosqichining barcha o‘yinlari Qozon shahridagi «Rubin» klubiga tegishli «Kazan Arena» stadionining sun’iy qoplamali yopiq manejida o‘tkazildi. Endi jamoamiz haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.

«Yunior» FK shu yilning fevral oyida ochilgan. Gulnora Gimayeva klubimiz direktori hisoblanadi. Junior futbol maktablari tarmog‘i 3 yoshdan 14 yoshgacha guruhlarda futbolchilarga millionlar o‘yini sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. Shaxsan o‘zim ham bolalar bilan ishlashdan zavq olyapman.

- Mashg‘ulotlar chog‘ida yangi, zamonaviy o‘quv texnologiyalardan ham foydalanyapsizlarmi?

- Rossiya futboli metodikasi asosida mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. «Yunior» xalqaro futbol maktabining bosh metodisti Yevgeniy Gerasimes bo‘lib, u Toshkentga ham kelgan. Aynan uning ko‘rsatmalari asosida mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yganmiz.

Bu mutaxassis «Valensiya», «Olimpiakos», «Sporting» klublarida malaka oshirgan. Bizning jamoa murabbiylariga ham «master-klass», ya’ni mahorat saboqlari darslarini o‘tgan. Murabbiylarning kvalifikasiyasini oshirib borishga alohida e’tibor qaratiladi.

- Futbol maktabiga bolalar qanday talablar asosida qabul qilinadi?

- Bizning ta’lim maskanimizda mahalliy murabbiylar bilan bir qatorda rossiyalik mutaxassislar ham faoliyat yuritishadi. Bolalarga kamida «S» lisenziyasiga ega bo‘lganlar saboq bera olishadi.

Murabbiylar attestasiya orqali qabul qilingan, ularning hammasi professional futbolchi sifatida to‘p surishgan. Ya’ni, zarur bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishgan. Boshlanishiga kichik yoshdagi guruhlarimizga barcha xohlovchilarni qabul qilamiz.

Ma’lum vaqt o‘tganidan keyin ularning o‘zlari saralanib qoladi. Futbolchi bo‘lib yetishishiga ko‘zimiz yetgan bolalarni shug‘ullantirishda davom etamiz. O‘ziga yarasha imtihonlarimiz bor.

Qolaversa, bizda bir murabbiy ko‘pi bilan 8 nafar bolaga saboq bera oladi. Bitta yosh guruhida kamida ikki mutaxassis ishlaydi. Bolalar uch yoshdan qabul qilinadi.

Bu yoshda bola o‘yinqaroq bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, mashg‘ulotlarni asosan o‘yin tarzida olib borishga harakat qilamiz. Aynan 3 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan 2x2 ko‘rinishidagi futbol o‘yinlarimiz bor.

- Mamlakatimizning boshqa klublari bilan ham nazorat o‘yinlari o‘tkaziladimi?

- Albatta. Busiz iloj yo‘q. Bolalar uchun o‘yin amaliyoti juda muhim.

Asosan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan futbol klublarining tayyorlov guruhlari bilan nazorat o‘yinlari o‘tkazamiz. Tarbiyalanuvchilarimiz bir necha bor «Paxtakor» jamoasiga qarshi to‘p surishdi.

- «Yunior»ning kelgusidagi rejalari qanday?

- Nafaqat poytaxt, balki yurtimizning boshqa viloyatlarida ham jamoamiz filiallarini ochmoqchimiz. Maktabimizga farzandlarini berish istagida bo‘lgan ota-onalar bisyor.

Ularning talabini qondirish maqsadida ham ana shunday bo‘limlarni ochishimiz kerak. Kelasi yili iste’dodli futbolchilarni xorijdagi Junior jamoalarida mahorat oshirish uchun jo‘natishni rejaga kiritganmiz.

O‘z navbatida, murabbiylar ham malakalarini hamkor klublarda oshirib qaytishadi.

K.ALIMOV suhbatlashdi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:30, 07.12.2017. O'qildi: 1816 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.