Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • 3:1
      • Jenoa
  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

To‘rtinchi ligadan Yevrokubokka yoxud yilning eng g‘aroyib jamoasi haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Shvesiyaning «Estersund» klubi fanatlar uchun asarlar va teatr pyesalari yozyapti - chin ma’noda. Kamtarin jamoa shuning barobarida nomdor raqiblardan sira hayiqmay, duch kelganini yengmoqda.

Deylik, shvedlar yevroarenadagi debyut mavsumdayoq YEL guruh bosqichida muvaffaqqiyatli o‘ynab, «pley-off» yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritishdi.

Bu qanday klub?

«Estersund» hattoki, Shvesiyaning o‘zida ham yetakchilar qatoriga kirmaydi. Bu jamoaning kamtarligiga yaqqol misol shuki, uy stadioni atigi 8466 muxlisga mo‘ljallangan.

Endi eng ajablanarli faktga e’tibor qarating: bir urinishda YELning bahorgi bosqichiga yo‘l olgan «Estersund» mavsum-2012|2013da ham Shvesiyada to‘rtinchi o‘rinda turuvchi divizionida ishtirok etardi.

Xullas, nomi chiqmagan jamoa Skandinaviyaning quyi ligalaridan Yevropa sahnalarigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni sanoqli yillarda bosib o‘tdi. Grem Potter boshqaruvidagi «Estersund» YEL guruh raundi 5-turida Ukrainaning «Zarya» klubini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va «pley-off» yo‘llanmasi masalasini muddatidan avval o‘z nomiga rasmiylashtirdi.

Vaholanki, shvedlar tushgan kvartetda ukrain jamoasidan tashqari, «Gerta» (Germaniya) va «Atletik» (Ispaniya) kabi nomdorlar bor.

Jamoa YELga qanday ko‘tarildi?

Shvesiya kubogi orqali. «Estersund» avvalgi mavsum o‘z tarixida birinchi marta sovrin yutdi. Ya’ni milliy kubok musobaqasi finalida keng ommaga nisbatan tanilgan «Norrcheping»ni 4:1 ko‘rinishida yengdi.

Ayni shu muvaffaqiyat oddiy klubga yevrokuboklar yo‘lini ochdi. Xullas, «Estersund» xalqaro turnirga iyul oyi o‘rtalarida kirishdi. Boshqacha aytsak, o‘zining g‘aroyib yurishini saralash bosqichlaridan boshladi.

Muhimi, shvedlar ilk qadamni ancha dadil tashlab, «Galatasaroy»dek jamoani yo‘ldan chetga surishdi. Keyin esa navbati bilan Lyuksemburgning «Fola» va Gresiyaning PAOK jamoalari bilan ham ortiqcha pachakilashib o‘tirishmadi.

Kvalifikasion jarayondagi muvaffaqiyat shved debyutanti kuchiga kuch, ishtiyoqiga ishtiyoq qo‘shdi, shekilli, u guruh o‘yinlariga yanada bardamroq kirishdi: 1-turda mehmonda «Zarya»ni yengib, ikkinchi uchrashuvda «Gerta»ga «tarsaki» tushirdi.

«Atletik»ka qarshi kechgan keyingi 2ta o‘yinda esa shvedlar 1tagina ochko olishdi, xolos. 23 noyabrga kelib, «Estersund» o‘z arenasida «Zarya»ni 2ta javobsiz gol bilan «siyladi».

5ta o‘yin, 3ta g‘alaba, 1tadan durang va mag‘lubiyat - bunday natija oxirgi 10 yillikning boshida shved futbolining quyi bo‘g‘inlarida «izg‘ib» yurgan klubning tarixiy yutug‘iga kifoya qildi. Qisqasi, YEL-2017|2018ning eng kuchli ishtirokchilari qatoriga qo‘shilgan «Estersund» qit’a miqyosida ham ancha tanilib ulgurdi.

Murabbiyi kim?

Angliyalik Grem Potter. Ha, familiyasi mashhur sehrgarniki bilan bir xil mutaxassis o‘z yo‘nalishida mo‘’jiza ko‘rsatmoqda. Yana bir ajo-yib fakt: Potter joriy yevrokuboklar «pley-off» raundida o‘z jamoasini maydonga olib tushadigan angliyalik yagona murabbiydir.

Chunonchi, xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgan APLning barcha klublarini xorijlik mutaxassislar boshqarishyapti. Potter Shvesiyada ispaniyalik Roberto Martines tufayli ish boshladi.

Aniqroq aytsak, vaqtida «Suonsi»ni boshqargan Martines jamoasi bilan «Estersund» uchun qurilgan mo‘’jazgina yangi stadionning ochilish marosimida ishtirok etgandi.

Shved klubi sohibi Daniel Kindberg ayni shu tadbir bahona ispaniyalik mutaxassis bilan tanishgan va 2011 yili unga qo‘ng‘iroq qilib, biror munosib murabbiy tavsiya etishini so‘ragan.

Chunki o‘sha vaqt «Estersund»ning ishlari sira yurishmayotgandi. Martines esa uzoq o‘ylab o‘tirmay, Potter nomzodini ilgari suradi: «Grem - Angliya yoshlar terma jamoasi sobiq futbolchisi.

Asosiysi, juda kamtar yigit. Boshqaruvchilik tajribasiga kelsak, JCH-2007da Gana ayollar termasida ishlagan». Kindberg kamtarona ta’rifni eshitgach, tavakkal qilishdan tiyilmadi va bu to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqdi.

«Stokgolmdan shimol tomonda joylashgan hududlar mohiyatan olganda, yovvoyi tabiat hisoblanadi. Klub bazasidan poytaxtga esa poyezdda 5 soatda yetib borish mumkin, - deydi Potter.

- Boz ustiga, biz turgan joy va eng yaqin shahar o‘rtasidagi masofa 2,5 soatlik yo‘lga teng. Xoh g‘arbdagi Sundsvallni olaylik, xoh g‘arbdagi Tronxeymni. Bu holat o‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘diradi, lekin yaxshi tomoni ham yo‘q emas.

Agar jamoada kerakli odamlarni to‘play olsangiz, ular o‘rtasida o‘z-o‘zidan mustahkam munosabatlar yuzaga keladi. Boshqa tarafdan qarasak, bordiyu, futbolchi tanlashda adashsangiz, tezda katta muammolarga yo‘liqishingiz mumkin. Chunki kichik shaharchada qochadigan joyning o‘zi yo‘q».

«Estersund» muvaffaqiyati garovi nima?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:08, 09.12.2017. O'qildi: 3413 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.