2001 yilda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Kubogi musobaqasi davom etmoqda. 16 dekabr kuni musobaqaning navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kun natijalari bilan tanishing:
"Spartak" - "Lokomotiv" 3:1
"Andijon" FMI - "Neftchi" 2:3
Yarim final
"Paxtakor" - "Mash’al" 5:0
"Nasaf" - "Bunyodkor" 0:2
17 dekabr kuni soat 09:00da "Lokomotiv" - "Andijon 7-8 o‘rinlar uchun, soat 11:00da 5-6 o‘rinlar uchun "Spartak" - "Neftchi" uchrashuvlari "Chig‘atoy" sport bazasida bo‘lib o‘tadi.
Soat 09:00da 3-o‘rin uchun bahs "Mash’al" - "Nasaf" hamda 11:00da final uchrashuvida "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvlari O‘FFning sun’iy qomlamali maydonida o‘tkaziladi. Taqdirlash marosimi 17-dekabr kuni soat 13:00da bo‘ladi.
Marosimda musobaqaning "Eng yaxshi futbolchisi", "To‘purari", "Eng yaxshi darvozaboni" aniqlanadi va "Fair play" sovrinlari topshiriladi.