Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Malyorka 22 24
15 Sevilya 22 24
16 Xetafe 22 23
17 Valensiya 22 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
22-тур Malyorka 4-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muhabbatga munosib «Beshiktosh»

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng Turkiyada Yevropa Chempionlar Ligasi ishtirokchilariga munosib raqobat taqdim eta oladigan yana bir jamoa shakllandi.

Bugun «ko‘hna qit’a»ning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida shov-shuv ko‘tarayotgan «Beshiktosh» haqida suhbatlashamiz.

Joriy yil yozida Istanbulning «qora-oqlar»ga ishqibozlik qiluvchi hududida faoliyatini yakunlash arafasida turgan yaqin o‘tmishning ayrim yulduzlari to‘planishdi.

Ularning aksariyati hisobdan chiqib ulgurishgan, turli sabablarga ko‘ra, yirik jamoalarda boshqa o‘ynamasliklari taxmin qilinib, barchalarini Turkiyaga kuzatib qo‘yishgandi.

Kimdir yirik daromad orttirishiga qaramay, buni so‘nggi yo‘l deb bilishi mumkin edi. Ammo bu yigitlar barchaga nimalarga qodirliklarini ko‘rsatib, Yevropaning bir «chetida» ham porlashlari mumkinligini isbotlashdi.

Turkiya termasi bilan ushbu mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija - jahon chempionati bronza medallarini qo‘lga kiritgan Shenol Gunesh ham shu yerda edi. 2002 yili turklar aynan shu mutaxassis bilan mundial yarim finaligacha borib, hattoki, braziliyaliklar bilan o‘yinda hisobda oldinda borishgandi.

Biroq Ronaldo va Rivaldo tandemi bo‘lajak chempionlarga g‘alabani taqdim etgandi. Oradan ikki yil o‘tib, Hoqon Shukur va Emre Belizo‘g‘lining mahorati ham Turkiya milliy jamoa­sining Yevro-2004 final bosqichiga chiqishi uchun kamlik qildi.

Assosiasiya rahbariyati va qiziqqon ishqibozlar avvalgi muvaffaqiyatlarni unutib, Guneshni iste’foga chiqarishdi. Murabbiy «Trabzonspor»ga qaytib, faoliyatining qolgan to‘qqiz yilini shu jamoa boshqaruvida o‘tkazdi.

Og‘ir-bosiq Shenol klub uchun mos edi. U qaysar Burak Yilmazning fe’l-atvorini o‘zgartira bildi, Volkan Shenni kashf etdi, faxriy Xalil Oltinto‘pning ochilmagan qirralarini namoyon qildi. Guneshning asosiy qoidasi - jamoaga poydevor yasab, uni shoshilmasdan, bosqichma-bosqich qurish.

Ikki yil avval Shenol «Beshiktosh»­da Sharqning nozik madaniyatiga moslasha olmagan Slaven Bilichning o‘rnini egallab, hammasini boshidan boshladi. Taktik sxemani sevimli 4-2-3-1ga o‘zgartirdi, rejali o‘yinni shakllantirdi.

«Galatasaroy» va «Fenerbaxche»dan farqli o‘laroq, «Beshiktosh» katta byudjetga ega emasdi, shu bois e’tiborni Yevropa top-klublariga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarni jalb etishga qaratdi.

«Portu»dagi mehnat safaridan so‘ng Rikardu Kuarejma Turkiyaga qaytdi, «Benfika»dan «Bavariya»da ishlari qovushmagan Anderson Taliska chaqirildi, arzimagan pulga «Barselona»dan Adriano sotib olindi.

Va, nihoyat, tarkib Pepe, Alvaro Negredo hamda Gari Medel hisobiga kuchaytirildi. Shuningdek, Gunesh qo‘l ostida ko‘pchilikka yaxshi tanish Janer Erkin, Gokxan To‘ra va Aras Ozbiliz ham to‘p surishdi. Ammo ushbu transferlar orasida eng samaralisi Rayan Babel bo‘ldi.

O‘z vaqtida, «Liverpul» vingeriga Yevropaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sifatida qaralgan, biroq u boshqa yulduzlar soyasida qolib ketgandi. Keyinchalik Babel Germaniya, Gollandiya, Ispaniya va hattoki, BAAda ham omadini sinab ko‘rdi.

Lekin urinishlar besamar yakunlanaverdi. Natijada, 30 yoshni qarshilagan Rayan ozod agent sifatida Istanbul safariga otlandi, faoliyatida ilk marta murabbiy unga to‘liq erkinlik berdi va... eng barqaror o‘yinlarini ko‘rsata boshladi.

Bir yil o‘tar-o‘tmas, Babelning sa’y-harakatlari evaziga YECHL bahslarida «Portu» va «Leypsig» mag‘lubiyatga uchratildi. So‘ng­gi olti yilda ilk marta ushbu futbolchi Gollandiya termasidan chaqiruv oldi.

Umuman, qanot o‘yinchilarining to‘liq erkin to‘p surishlari - Gunesh amal qiladigan qoidalardan biri. Aynan shu sababli Rikardu Kuarejma «Beshiktosh»ga o‘zgacha mehr qo‘ygan. Aynan shu sababli qanot himoyachilari Adriano va Genuldagi samaradorlik oshgan.

Ularning safiga mudofaa chizig‘ida mustahkam devor o‘rnatadigan Pepe va Medelni hamda bor e’tibori raqib darvozasini ishg‘ol qilishga qaratiladigan Jenk Tosun va Oguzxon Ozyakupni ham qo‘shsak, YECHL «pley-off» bos­qichi o‘yinlariga shay jamoa hosil bo‘ladi.

Muhimi, Gunesh yosh iqtidorlar va butsalarini mixga ilishga shaylanayotgan yulduzlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtira oldi.

Taliska bosh bilan ko‘ngildagidek o‘ynashni o‘rgatgani uchun murabbiydan minnatdor, Janer Erkin ki­yinish xonasidagi ajoyib muhit haqida gapirdi, Kuarejma esa chetdan keladigan har qanday taklifni rad etishga tayyorligi, faoliyatini «Beshiktosh»da yakunlamoqchiligini bildirdi. To‘g‘ri-da, bunday ishqibozlar qarshisida to‘p surishdan ham yoqimliroq yumush bor ekanmi?

Yana bir qadam tashlansa kifoya - «Beshiktosh»ning o‘z tarixida ilk bor YECHL guruh bosqichidan chiqishi eskirgan dvigatelga sifatli yoqilg‘i quyilgandek ta’sir qilishi mumkin.

Shunda ko‘pchilikning nazdida yaroqsizdek tuyulgan «porshen»lar yangicha kuch bilan harakatlanadi. Bu «Beshiktosh» ko‘pchilikning muhabbatiga munosib. Xuddi 2002 yilgi Turkiya termasi singari.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:32, 17.12.2017. O'qildi: 1943 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.