Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga-2017: zaxira o‘rindig‘i samarasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mavsum davomidagi 233ta o‘yinda 59ta gol zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar hisobiga yozildi. Bu chempionatda qayd etilgan jami gollarning 9,85 foiziga tengdir.

E’tiborli tarafi, «Paxtakor» zaxirasi 10-turga kelibgina samara bergan bo‘lsa, «Bunyodkor»ning o‘yinni o‘rindiqda boshlagan vakillari ilk golni yanada kechroq urishdi - 14-turda.

«Metallurg»da esa 26-turdagina ilk «joker» ko‘zga tashlandi. Umuman, chempionat davomida atigi bitta klub - «Qizilqum»ning zaxira futbolchilari gol ura olishmadi.

*** «Joker»lar tomonidan urilgan 59ta golning turlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: 1-tur - 1ta; 2-tur - 4ta; 3-tur - 2ta; 4-tur - 5ta; 5-tur - 1ta; 6-tur - 4ta; 7-tur - 0; 8-tur - 5ta; 9-tur - 1ta; 10-tur - 2ta; 11-tur - 3ta; 12-tur - 2ta; 13-tur - 4ta; 14-tur - 2ta; 15-tur - 4ta; 16-tur - 3ta; 17-tur - 1ta; 18-tur - 0; 19-tur - 0; 20-tur - 2ta, 21-tur - 1ta; 22-tur - 0; 23-tur - 0; 24-tur - 3ta; 25-tur - 0; 26-tur - 4ta; 27-tur - 2ta; 28-tur - 1ta; 29-tur - 0; 30-tur - 2ta. Demak, zaxira futbolchilari birinchi davrada ko‘proq samara keltirishgan - 40ta gol.

*** «Dinamo»ning yosh hujumchisi Amirjon Safarov zaxiradan o‘yinga qo‘shilib naq 4ta gol urdi. Ha, u bir mavsum avval birinchi ligada to‘purarlik salohiyatini bejiz namoyish etmagan ekan.

*** «Obod»ning butun mavsum davomida urgan gollaridan 33 foizi zaxira o‘rindig‘i vakillariga to‘g‘ri keldi - 15tadan 5tasi.

*** Chempionatning bosh to‘purari Marat Bikmayev xuddi avvalgi mavsumda bo‘lgani kabi zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan paytlari ham yana effektli harakatlandi - 3ta gol.

*** «Buxoro» zaxirachilari hammadan ko‘p gol urishdi - 9ta. Qolaversa, jamoada 7 nafar futbolchi «joker»lik vazifasini qoyillatdi.

Fakt. «Qo‘qon-1912» oliy liga doirasidagi 370ta o‘yinda 134ta g‘alaba, 50ta durang va 186ta mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati: 504-701. Xullas, Qo‘qon klubi yakunlangan mavsum duranglar masalasida 50talik marraga yetdi.

Jamoa oliy ligada 21ta raqib bilan murosa ko‘chasini tanlagan. Ular orasida «Bunyodkor» yo‘q. Umuman, oliy ligada 12 mavsum qatnashgan «Qo‘qon-1912» (oldingi nomi «Temiryo‘lchi») faqat 2003 yili durang ko‘chasiga kirmagan.

Vodiy klubi duranglar soni bo‘yicha oliy ligada 18-o‘rinda turibdi. «Qo‘qon-1912»ning «Andijon» («Navro‘z») bilan o‘yinlarida kuchlar ko‘proq teng kelgan - 6 marta. Jamoaning duranglari 4 xil hisobda: 1:1 - 30ta, 0:0 - 10ta, 2:2 - 8ta, 3:3 - 2ta.

OLIY LIGA-2017 «JOKER»LARI

Klub

Gol

Mualliflar

«Buxoro»

9ta

Azamat Allaniyozov, Bahriddin Vahobov - 2tadan; Ivor Veyser, Suhrob Ne’matov, Akobir To‘rayev, Nozim Umurov, Javohir Qahramonov - 1tadan

«Dinamo»

7ta

Amirjon Safarov - 4ta; Abdumalik Abdullayev - 2ta; Radu Rogak - 1ta

«Lokomotiv»

7ta

Marat Bikmayev - 3ta; Jaloliddin Masharipov, Sardor Mirzayev, Salamat Qutiboyev, Aziz Omonov - 1tadan

«Obod»

5ta

Navro‘z Haipov, Sanjar Rixsiboyev - 2tadan; Islom Ismoilov - 1ta

«Bunyodkor»

4ta

Vadim Chemirtan, Farrux Ikromov, Vohid Shodiyev, Shohruh Gadoyev - 1tadan

«Nasaf»

4ta

Shahboz Erkinov - 2ta; Bobur Abduxoliqov, Sharof Muhiddinov -1tadan

«Neftchi»

4ta

Mo‘ydin Mamazulunov - 2ta; Sherzod Hakimov, Rizo Ayvazov - 1tadan

«Olmali

4ta

Zabihillo O‘rinboyev, Shota Grigalashvili, Dilshod Jo‘rayev, G‘ulomhaydar G‘ulomov - 1tadan

«Navbahor»

3ta

Hasanboy Ergashev, Ravshan Xursanov, Abbos Maxstaliyev - 1tadan

«Paxtakor»

3ta

Suhrob Nurullayev, Behruz Sodillayev, Doston Ibrohimov - 1tadan

«Sho‘rtan»

3ta

Yevgeniy Kochnev - 2ta; G‘ulom Rahmonov - 1ta

«So‘g‘diyona

2ta

Shohruh Dostonov, Doston Abdurahmonov - 1tadan

«Metallurg»

2ta

Islom Isoqjonov, Sirojiddin Allayev - 1tadan

«Mash’al»

1ta

Kenja To‘rayev - 1ta

«Qo‘qon-1912»

1ta

Nosir Otaqo‘ziyev - 1ta

«Qizilqum»

-

 

Jami:

59

 

Firdavs SAYFIY

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:19, 18.12.2017. O'qildi: 2428 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик