Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Anglamagan, esankiraganlarga «qizil kartochka»

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Taniqli shoir, futbolning ashaddiy muxlisi Usmon Azim bir vaqtlar barchaga teng nur sochmagani uchun quyoshga «vigovor» e’lon qilgandi.

Shoir o‘sha she’riy bayonoti orqali aslida jamiyatdagi adolatsizliklarga qarshi isyonini ifodalagan, albatta. Holbuki, mintaqalar nuqtai nazaridan quyosh barchaga teng nur socholmasligi, bunga tabiiy imkon yo‘qligi barchaga, jumladan, shoirga ham ma’lum.

U kundek ravshan ma’lumotga boshqacha nigoh tashlayaptimi, demak, kosa tagida nimkosa bor...

Bir qator muxlislar O‘FFning Vadim Abramovga nisbatan chiqargan qaroriga munosabatimizni so‘rashganida, yuqoridagi mulohazalar ongu shuurimizda charx urdi. Shimoliy qutb ahli onda-sonda yuz ko‘rsatgani uchun quyoshdan o‘pkalashga haqlimi?

Yoki Afrika jazirama «siylov» uchun quyoshdan ranjisa, nima o‘zgaradi?! Hech narsa! Quyosh mangu ishida davom etadi, ya’ni Shimoliy qutbni mo‘l-ko‘l nurdan benasib aylab, yana va yana Afrika boshiga bemisl haroratini to‘kaveradi. Go‘yo adolatsizlikdek tuyuladigan bu tabiiy jarayon abadiy haqiqatdir.

Afrikaliklar qanchalar dod-voy solishmasin, quyosh Shimoliy qutbga ko‘proq nur sochmaydi. Eng to‘g‘ri yo‘l - shu bukilmas haqiqat qoshida bosh egish. Ishonchimiz komil, bu kabi e’tirozdan xoli haqiqatlarni Vadim Abramov ham yaxshi biladi.

Shunday ekan, qaror qabul qilinganidan so‘ng unga nisbatan norozilik bildirish, yumshoq aytganda, nomaqbul ishdir. «Ketingga tushsa, kekchayma!» deydi dono xalqimiz. Bu - «Gaping o‘tmadimi, so‘zing kesmadimi, jim tur, odob saqla, damingni chiqarma, chida!» degani.

Balki bu purma’no naql Vadim Karlenovichga noma’lumdir. Mayli, hechqisi yo‘q, asta-sekin o‘rganadi, ko‘nikadi. O‘rganmasa, ko‘nikmasa, tabiiyki, nomuayyan chetlatishning muddati cho‘zilaveradi. Tushunib turibmiz, mutaxassisning «Neftchi» muxlislari oldida yuzi shuvut.

U o‘zicha birinchi liganing ikkinchi jamoasini «pley-off»da yengish xayolida kelgusi mavsum rejalarini pishitayotgan pallada futbolimiz osmonida chaqmoq chaqnadi, go‘yo. O‘FFning oliy, ya’ni Superligada 12ta jamoa ishtirok etishi haqidagi qarori Vadim Abramovga yoqmadi, albatta

. Chunki u «Neftchi»ni oliy (super) ligada saqlab qololmagan murabbiy sifatida Farg‘ona futboli tarixiga kirdi. Hazm qilish alamli va qiyin achchiq tarix...

Ayniqsa, Vadim Abramov kabi taniqli mutaxassis uchun bu qaror taqdirning qaltis hazilidir. Bunday ko‘rgilikni qabul qilmaslik, e’tirof etmaslik yangi muammolarni keltirib chiqaradi va Vadim Abramov shunday jazoga duchor bo‘ldi.

Mutasaddi tashkilot qaroriga bo‘ysinish - ijrochilar uchun majburiy. Umummanfaat yo‘lida chiqarilgan qarorlarni muhokama etish va ma’qullamaslik hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Faqat qudratli kuch sohibigina oqimga qarshi suzishi mumkin.

Vadim Abramov o‘zini shunday kuch o‘rnida ko‘rdi, chog‘i. Vaholanki, u birdaniga porlab, keyin so‘nib qolgan yulduzni eslatuvchi murabbiydek taassurot uyg‘otdi. Misol uchun, Osiyo kubogi-2011dan so‘ng sobiq olimpiyachilarimiz aynan Vadim Karlenovich rahbarligida 100 foizli imkoniyatni ko‘kka sovurishdi.

Keyinchalik bosh murabbiy ko‘rsatmasi bo‘yicha olingan sariq qartochkalar sabab, bosh jamoamiz jabrlandi. «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasida ulug‘ bobokalonimiz aziz ayoli Feruzaga nisbatan «Seva-seva taloq qilaman!» deydi iztirob bilan. Bu - ilojsiz hollarda taslim bo‘lish lozimligini bildiruvchi foje xulosa.

Mirabror Usmonov izzat-hurmat ko‘rsatib, ikki jamoa taqdirini ham Vadim Abramovga ishonib topshirdi. Ikki minus harakat-natijadan keyin esa uning o‘zi murabbiyga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi. Qisqasi, taqdir vaqtida Vadim Abramovni rosa siyladi va u buning uchun O‘FFdan minnatdor bo‘lsa arziydi.

Futbol federasiyasi yangi rahbariyati Vadim Abramov hurmatidan pishib yetilgan reja qarorini chetga surolmasdi. Mavsum avvalida eski rahbariyat tomonidan tasdiqlangan reglament esa bunday vaziyatda hech ma’no anglatmaydi.

Vadim Karlenovich shuni tushunsa, bas, olam guliston edi. U esa o‘zini ortiqcha haq sanab yuborgan va O‘FF yig‘ilishida ham vaziyatni o‘zgartirishga uringan, shekilli. Aks holda, bu tariqa keskin qaror chiqarilmasdi.

E’tibor bering, DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:40, 19.12.2017. O'qildi: 4314 marta. Fikrlar: 20 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик