Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Matyoqub Matchonov: «Milliy terma jamoamiz jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini istaymiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, el ardoqlagan san’atkor, o‘zbek teatr va kino san’atida o‘zining yorqin va betakror rollari bilan o‘chmas iz qoldira olgan inson Matyoqub Matchonov “UzReport TV” telekanali muxbiri bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida millionlar o‘yini bo‘lmish futbol xaqida quyidagi fiklarni bildirib o‘tdi:

«Futbol azal-azaldan xalq o‘yini hisoblanib, yoshu qari ushbu sport turini juda ham yaxshi ko‘radi, sevadi. Shu qatorda men ham futbolni judayam yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, o‘zimizning o‘zbek futbolini ashaddiy shinavandasiman desam ham bo‘ladi. Milliy futbolimiz jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini, yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishini har bir futbol muxlisi singari juda ham xohlayman. Shu o‘rinda meni juda ham xursand qilgan narsaga to‘xtalib o‘tmoqchi edim. Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol federasiyasiga hozirda yangi rahbarlar, yosh mutaxassislar, xullas yangi jamoa yig‘ilib, bir qator islohotlarni amalga oshirishmoqda, dolzarb o‘zgarishlar qilinmoqda.

O‘zbekistonimiz mustaqillikka erishganiga 26 yil bo‘lgan bo‘lsa, shu vaqt ichida futbolimizning oldingi mavqei qaysidir ma’noda yo‘qolib qolgandek tuyulmoqda. Mustaqillikdan oldingi davrda O‘zbekistonning milliy terma jamoasi bo‘lmaganligi sababli barchamiz “Paxtakor” jamoasiga muxlislik qilganmiz.  Mustaqilliknining dastlabki davrlarida futbolimiz oz-moz muvaffaqitga erishgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tib futbolimizda orqaga ketish ko‘zga tashlandi.

O‘zbekiston Futbol futbol federasiyasiga Umid Ahmadjonovning rahbar etib tayinlanishi meni juda xam xursand qildi. Chunki Umid Ahmadjonov O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qilayotgan, sportchi bo‘lishni o‘z ko‘ngliga maqsad qilib tukkan yoshlardan o‘z yordamini ayamaydigan, ularga iqtidorini namoyon  qilishi uchun imkoniyat yaratib bera oladigan ajoyib inson. Umid Ahmadjonovni Paralimpiya qo‘mitasida ishlagan paytlaridan yaxshi bilaman. Paralimpiya jamoamiz qatnashgan Osiyo chempionatiga ular bilan birga borib muxlislik qilgan edim. O‘sha jamoadagi 22 nafar sportchi 28ta medalga ega chiqqan edi. Adashmasam shulardan 18 tasi oltin medallar bo‘lgan. Uning bu xizmatlarini qo‘rqmasdan qahramonlik deb ayta olaman. Rio-de-Janeyrodagi musobaqada ham Umidjonning qo‘l ostidagi yigitlar umumjamoa hisobida 6- o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu ishlar futbolimizga hozir mana shunday jonkuyar, fidokor, jafokash o‘z yurtiga, xalqiga xizmatini ayamaydigan inson rahbar bo‘lganidan dalolat beradi.

Oliy ligamiz jamoalari 16 tadan 12 taga tushirildi. Buning ortida qanday ma’no ko‘rish mumkin? Endi bundan buyog‘iga salmoq emas, sifat oldinga chiqadi. Klublarimizda futbolchilarning sog‘lom raqobati kuchayib, terma jamoamizga ham iqtidorli va jonkuyar sportchilar ko‘proq yetishib chiqa boshlaydi. Men futbol mutaxassisi bo‘lmasamda, bu insonning amalga oshirayotgan islohotlarini to‘g‘ri deb hisoblab, to‘liq qo‘llab quvvatlayman. O‘zimning san’atim orqali futbolimizga qandaydir foydam tegsa, bundan faqat xursand bo‘laman.

Xohlardimki, futbolchilarimiz jahon futboli arenalarida o‘z yuziga ega bo‘lsa, o‘zining so‘zini ayta olsa. O‘zbekona futbolni butun dunyoga namoyish qilsa.   Futbolimizning yangi rahbari bu ishlarni amalga oshira olishiga iymonim komil. Bu o‘zgarishlar bejizga bo‘layotgani yo‘q. E’tibor bergan bo‘lsangiz oldingi rahbarlar milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqadi deb va’da bermagan edi. Yosh mutaxassislarimiz esa aksincha dastlabki kunlardanoq o‘z oldilariga aniq maqsadlarni qo‘yib, terma jamoamiz jahon chempionatiga faqat ishtirok uchun emas, balki o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jamoa sifatida chiqishiga, muxlislar ko‘nglidan joy ola biladigan jamoa yaratishga harakat qilishmoqda.

Meni quvontirgan yana bir jihat shundan iboratki, Umid Ahmadjonovning qo‘l ostida yig‘ilgan yosh mutaxassislar mamlakatimiz rahbarining yoshlarimiz uchun yaratgan imkoniyatlarga “labbay” deb javob berib, dadil oldinga intilishmoqda. Butun futbol muxlislarimizdan federasiyamizning ushbu professional mutaxassislar jamoasini, rahbarini qo‘llab quvvatlashlarini so‘rardim. Ishonaman, bular o‘z aytgan so‘zining ustidan chiqa oladigan insonlar. Bu insonlarga amalga oshirayotgan ishlarida faqat muvaffaqiyatlar tilayman.

Yana bir holatga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Oxirgi paytlarda mamlakatimizda malakali futbol murabbiylari yetishmayotgani sababli chet ellik murabbiylar taklif qilinibdi. Bu holat nafaqat yoshlar futbolining rivojlanishiga hissa qo‘shadi, balki murabbiylarni ham o‘z ustilarida ko‘proq ishlashga, ular bilan raqobat qilishga undaydi. Bor kuchni, bor urg‘uni yoshlarga berar ekanmiz, bu albatta futbolimiz rivojiga xizmat qilmay qo‘ymaydi. Chet eldan bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislar olib kelinishi oldinlari kuzatilmaganidan xabardorsiz. Shu ishning o‘zi ham bolalar futboliga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolat emasmi?

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, federasiyamizda yangi rahbarlar ish boshlaganidan so‘ng, shaffoflik ko‘zga tashlana boshladi. Masalan FIFA ajratayotgan mablag‘lardan tortib, barcha xarajatlar nimaga sarflanyapti, qayerga ketyapti, hammasi xaqida muxlislarimizga to‘xtovsiz ma’lumotlar berib borilmoqda. Mutaxassislarimiz oldinlari turli davlatlarga borib kelishardi, lekin sababi ommaga ma’lum qilinmasdi. Hozir-chi, Koreaga boradimi, Yaponiyaga boradimi, yoki Malayziya-yu Germaniyaga boradimi, maqsadlar aniq aytilyapti, hisobotlari berilyapti. Bu muxlislarda qaytadan futbolga bo‘lgan ishonchni qaytarmoqda, ertangi kunga yangi umidlar uyg‘otmoqda.

Men ishonaman, bizdan ham ertaga albatta Messilar, Ronaldolar yetishib chiqadi", - deydi Matyoqub Matchonov.

Manba: www.uzreport.news
Kiritildi: 19:48, 21.12.2017. O'qildi: 3787 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик