Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Axbor Imomxo‘jayev: “O‘FFda avvallari ham islohotlar bo‘lgan, ammo bu galgisi...”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘FF hamda PFL tomonidan olib borilayotgan yangicha ishlash tizimiga,  amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabat bildirayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilar qatorida futbolimiz faxriylari ham borligi quvonarli. O‘zbek futboli jurnalistikasi otaxoni, taniqli sharxlovchi, Respublika toifasidagi hakam, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Axbor Imomxo‘jayev ham o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi:

- O‘zbek futbolini yuz yoshda desak, shuning yarmi bilan birga umr kechirayotganimdan, yarim asrdan beri yurt futboli bilan birga nafas olayotganimdan mamnunman. Futbolimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida chinakam o‘zligini topdi. Osiyo va Jahonning rasmiy musobaqalarida mustaqil ishtirok etar ekan, kim aslida kimligini, o‘zbek futboli ham nimalarga qodir ekanligini isbotlab kelmoqda. To‘g‘ri, milliy termamiz hali Jahon chempionatining finaliga chiqa olgani yo‘q, ammo “Mundial” bizga begona emas. O‘smirlarimiz, yoshlarimiz bir necha bor Jahon chempionatining “mazasini totib” ko‘rishdi, jahon ommasi shuurida iliq taassurot qoldira olishdi. Ravshan Ermatov esa nafaqat Osiyo yoki MDH davlatlari orasida, balki butun dunyo bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarini boshqarish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Nasib qilsa, endi navbat milliy termamizga ham kelganga o‘xshaydi. Bunday deyishimga sabab, yangilangan tarkibdagi O‘zbekiston futbol federasiyasida amalga oshirilayotgan islohotlardir.

O‘FFda turli davrlarda turli o‘zgarishlar, o‘ziga xos islohotlar qilinganligiga, futbolimiz rivojiga ozmi-ko‘pmi ta’sirini ko‘rsatganligiga guvoh bo‘lganman. Ammo bu galgisi barchasidan tubdan farq qildi. Oddiy misol, klublarning 16tadan 12tagacha qisqartirilganligi va musobaqa o‘tkazish tartibiga ham jiddiy, keskin o‘zgartirishlar kiritilganligi. Buni chinakam ravishda ishga professional yondoshish sifatida qabul qilmoq kerak. E’tibor bering, avvallari turnir jadvalida kimlar nechanchi o‘rinni egallashi hatto chempionat boshidanoq ma’lum bo‘lardi. Jadvalda yuqori o‘rinlardagi jamoalar bilan quyidagilar o‘rtasidagi o‘yinda kim yutishi emas, hatto natija qanday ko‘rinishda bo‘lishi, to‘plar nechanchi daqiqalarda kiritilishigacha oldindan “bashorat” qilinardi. Endichi, maydonda rosmana jang ketadi. Har bir jamoa har bir ochko uchun jon olib, jon beradi. Eng yomoni, chetdagilar emas, balki jamoa rahbarlarining o‘zlari totalizar degan o‘yinda mablag‘ topish uchun o‘z futbolchilarini mag‘lub bo‘lishlarini ta’minlaganliklarini endi-endi eshityapmiz. Bu nima degani, undaylarni nafaqat futboldan haydash, balki jazolash ham kerak. O‘FF manashu kabi odatga aylanib borayotgan chirkin harakatlarni ham fosh qilayotganligi, bu bilan boshqalarni ham “ko‘zini ochayotganligi” quvonarli.   

Milliy terma jamoamiz nima uchun Jahon chempionatiga chiqa olmayotganligining sabablaridan yana biri futbolchilarimizning jismoniy jihatdan mukammal emasligida edi. Mana endi PFL tomonidan ishlab chiqilgan Reglamentga asosan ular o‘z ustilarida ishlashga majbur bo‘lishadi. Avvallari endigina porlagan futbolchi turli yoshdagi terma jamoalarga chaqirildimi, tamom, u yulduzga aylanardi. Oshna-og‘aynisi ko‘payardi, choyxonalar boshlanardi. Qarabsizki, mashg‘ulot ikkinchi “planda” qolardi. Lekin asosiy tarkibda baribir maydonga tushaverardi, negaki u yulduz edi-da. Menimcha, endi bularning bariga barham beriladi. Futbolchi PFL tomonidan tadbiq etilayotgan, xalqaro talablar doirasida ishlab chiqilgan normativlarni topshirmaguncha tarkibga kiritilmasligi ayni muddao bo‘ldi.

Yana bir gap. Kuni kecha O‘FF saytida tashkilot rahbari Umid Ahmadjonovning bir guruh futbolchilarni umrbod futboldan chetlatgani haqida xabar e’lon qilindi. Tushunaman, futbolsiz qolgan futbolchilarga qiyin bo‘ladi. Lekin ular misolida qanchadan-qancha qing‘irliklarning, g‘irromliklarning oldi olinadi. Yoshini kichraytirgan, xujjatlarni  soxtalashtirgan futbolchilar kammi bizda, kerak bo‘lsa barcha klublarda, hatto terma jamoalarda ham topish mumkin. Bunda faqat futbolchining o‘zi aybdormi, yo‘q, uning birinchi yo ikkinchi murabbiylari, hatto ota-onalarida ham gap ko‘p. Kelgusida shularga ham e’tibor berilsa yanada maqsadga muvofiq bo‘lar edi.   

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 11:07, 09.01.2018. O'qildi: 4064 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик