Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shovkat Imamov: «O‘zbekistonda murabbiylar tayyorlash tizimi izdan chiqqan»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining dastlabki o‘yinida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuv natijasi o‘z yo‘liga, lekin terma jamoamiz a’zolari namoyish qilgan o‘yin muxlislarda salbiy taassurot qoldirdi. Terma jamoaning bunday nursiz o‘yin namoyish qilishida, murabbiylarning ham aybi bor, albatta. Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: O‘zbekistonda murabbiylarni tayyorlash tizimi qay ahvolda? Tizimdaga muammo va kamchiliklar nimadan kelib chiqqan? Shu kabi savollarga O‘zbekiston futbol federasiyasida yangi tashkil etilayotgan Murabbiylar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Shovkat Imamov javob berib o‘tdi.

-O‘zbekistonda murabbiylar tayyorlash tizimida kamchiliklar borligi xalqaro o‘yinlarda yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bu kamchiliklarning yuzaga kelishiga asosiy sabab nimada?
-O‘zbekistonda murabbiylarni tayyorlash tizimi izdan chiqqan desak bo‘ladi. Ko‘p yillardan beri bu tizim yetarli darajada ishlamayapti. Murabbiylarning saviyasi, ularning darajasi bilan shu paytga qadar hech kim qiziqmagan. Oxirgi 11 yil ichida O‘zbekiston hududi o‘tkazilgan murabbiylar tayyorlash bo‘yicha OFK va O‘FF kurslari Murabbiylar va Hakamlar tayyorlash respublika maktabi orqali o‘tkazilgan. Murabbiylar o‘quv kurslarini bitirgach, ularning keyingi faoliyati federasiya tomonidan nazoratga olinmagan.

Bugungi kungacha Murabbiylar va Hakamlar tayyorlash respublika maktabining asosiy maqsadi sifatga emas, songa e’tibor qaratish bo‘lgan. Chunki qancha ko‘p murabbiy kurslarda o‘qisa, ushbu maktabga shuncha ko‘p pul tushgan.

Murabbiylarning saviyasi doimiy ravishda oshirib borish yo‘lga qo‘yilmagan. Holbuki, murabbiy doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, zamonaviy futbol bilan hamnafas bo‘lishi kerak.

Endilikda murabbiylar lisenziyani O‘zbekiston futbol federasiyasidan olishlari yo‘lga qo‘yiladi. Federasiyadagi mutaxassislar bu borada shaffoflik va haqqoniylik ta’minlanishiga, faqat o‘z kasbining ustalari bo‘lgan fidoiy insonlar murabbiylik bilan shug‘ullanishlariga mas’ul bo‘ladilar.

-Ko‘plab muxlislar terma jamoalarimizga xorijdan murabbiylar jalb qilinishini istashmoqda. Mahalliy murabbiylarimiz xalqaro musobaqalarda talabga javob bermasligining asosiy sababi nimada?
-Sabablar turlicha. Mahalliy murabbiylar o‘z ustilarida ishlamay qo‘yishgan. Muntazam ravishda bilimlarini oshirib borishmaydi, yangilikka, murabbiy sifatida o‘sishga intilishmaydi. Natijada, xalqaro o‘yinlarda natija bo‘lmaydi.
Murabbiylarning saviyasi shu paytga qadar federasiya tomonidan nazorat qilib borilmagan. Hech kim ularni attestasiyadan o‘tkazmagan, o‘z kasbiga qanchalik loyiq ekani tekshirilmagan.

Shuningdek, ma’lum terma jamoani qabul qilib olgach, terma jamoa natijasidan ko‘ra o‘z manfaatini ustun qo‘yib, mo‘may pul ishlab olishni maqsad qilgan murabbiylarimiz ham yo‘q emas. Bunday murabbiylarning asosiy maqsadi terma jamoa g‘alabasi emas, balki terma jamoada to‘p surayotgan futbolchilarni chet el klublariga sotib, pul ishlab olish bo‘lib qolgandi.

Bundan tashqari, ba’zi murabbiylar xorijdan legioner olib kelib, ularga katta oylik belgilashgan. Keyin o‘sha oylikning ma’lum qismini "otkat" sifatida o‘zlari olib yurishgan. Xorijdan taklif etilgan saviyasiz legionerlar bunday qing‘irliklarga "jon" deb rozi bo‘lishgan. Shuningdek, mahalliy futbolchilarning oylik maoshidan ham "otkat" oluvchi murabbiylar ham bo‘lgan.

Yana bir muammoni aytib o‘tish kerak. Milliy chempionatda ishtirok etuvchi aksariyat klublar boshliqlari murabbiydan har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, natija ko‘rsatishni, uch ochkoni qo‘lga kiritishni talab qilishgan. Bunday vaziyatda murabbiy o‘z ustida ishlab, haqqoniy o‘yinda g‘alaba qozonish o‘rniga, natijaga erishishning qing‘ir yo‘llarini izlashga tushishgan. Ba’zi o‘yinlarda hakamlar sotib olingan bo‘lsa, ba’zan esa raqib jamoa murabbiylari bilan kelishuv evaziga o‘yin natijalari avvaldan hal qilingan. Shubhasiz, bu kabi illatlar xalqaro o‘yinlarda o‘z salbiy natijasini ko‘rsatishi aniq edi.

-Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda?
-Federasiyaga yangi rahbariyat kelganidan keyin murabbiylar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, ularning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston futbol federasiyasidagi Texnik rivojlantirish boshqarmasida Murabbiylar tayyorlash bo‘yicha bo‘limi mavjud. Mazkur bo‘limni alohida boshqarmaga aylantirish ishlari boshlandi. Ushbu boshqarmaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda malakali murabbiylarni tayyorlash, ularning sonini emas, sifati va saviyasini oshirishdan iborat bo‘ladi. Endilikda murabbiy kasbini egallamoqchi bo‘lganlar oldiga qo‘yiladigan talablar ham ancha qat’iylashadi. Shuningdek, murabbiylar saviyasi muntazam ravishda oshirib borilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu boradagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Jumladan, Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi bilan imzolangan memorandum asosida Superliga murabbiylari malaka oshirish uchun Key-ligaga yuborilmoqda. Ular u yerda tajribali murabbiylar bilan fikr almashib, yangicha ishlash uslublarini o‘rganib kelishadi. Seminar davomida murabbiylarga mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilarni o‘yinlarga tayyorlash, yangi taktikalar ishlab chiqish va ularni o‘yinlar davomida joriy qilish bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tiladi. Bunday seminarlarni nafaqat Osiyo mamlakatlarida, balki futboli ancha rivojlangan Yevropa mamlakatlarida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yurtimizdagi bolalar murabbiylarining saviyasini oshirish uchun xorijdan malakali mutaxassislar O‘zbekistonga olib kelinmoqda. Yaqinda serbiyalik Zavisha Milosavlevich hamda "Real" Madrid akademiyasi murabbiyi Kiko Zuniga O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, 17 yanvar kuni belgiyalik Kris van Puyvelde ham yurtimizga tashrif buyuradi. Bu kabi xorijlik murabbiylar o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mamlakatimizda malakali murabbiylar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yishda bizga katta yordam berishadi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 08:20, 10.01.2018. O'qildi: 3389 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик