Xabaringiz bor, 2015 yili Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionining ochilishida O‘zbekiston va Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazilgandi. O‘sha o‘yinda stadion muxlislar bilan to‘lgandi.
“Istiqlol” o‘yingohida yana shunday anshlag bo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i, yaqin orada Farog‘ona O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Raqib sifatida Janubiy Koreya va Yaponiya olimpiya terma jamoalaridan biri tanlanishi mumkin. Shuningdek, Qo‘qoni latif o‘zbek futbolining vatani hisoblanadi. Bu yerda futbolni juda sevishadi. Bugun Farg‘onadagi yig‘ilishda O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov bu borada to‘xtalib o‘tar ekan, bu yil vodiyda, xususan, Qo‘qonda o‘zbek futbolining 105 yiligi keng nishonlanishini aytib o‘tdi.
— Qo‘qon shahri o‘zbek futbolining vatani. Nasib qilsa, bu yil vodiyda futbol bayrami uyushtiramiz. Bu yerda xalqaro talablarga javob beradigan shunday chiroyli stadionlar barpo etilgan. Bu stadionlarda Olimpiya terma jamoamiz ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etiladi. Bu vodiy ahli uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘ladi» — deydi U.Ahmadjonov.