Bugun 12 oktyabr, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 24 53
2 Neftchi 24 51
3 Paxtakor 24 46
4 Dinamo 23 44
5 OKMK 24 40
6 Bunyodkor 24 40
7 Navbahor 24 37
8 Qizilqum 24 29
9 So‘g‘diyona 24 28
10 Qo‘qon-1912 24 26
11 Andijon 23 25
12 Surxon 24 25
13 Mash’al 24 23
14 Xorazm 24 21
15 Buxoro 24 21
16 Sho‘rtan 24 12

O'tgan o'yinlar.

24-тур Xorazm 1-1 Navbahor
24-тур OKMK 0-1 Qo‘qon-1912
24-тур Buxoro 0-4 Paxtakor
24-тур Surxon 0-2 Dinamo
24-тур Bunyodkor 2-2 Nasaf
24-тур Neftchi 2-0 Andijon
24-тур Sho‘rtan 1-2 So‘g‘diyona
24-тур Qizilqum 1-0 Mash’al

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6306 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2585 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.10.2025

      05:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      06:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      14:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      18:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      18:40 "Непобедимый".
      19:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Спорт Ресифи".
      21:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Флуминенсе".
      23:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
      01:00 Д/ф "Месси".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Ботафого".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Жувентуде".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.10.2025

      05:30 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      05:55 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      06:20 Д/ф "17 часов до вершины".
      06:55 "Непобедимый".
      07:25 LIVE Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка. Прямая трансляция.
      08:15 Вольная борьба. Чемпионат мира в Хорватии.
      10:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:30 "Вы это видели".
      11:20 "География спорта". Камышин.
      11:50 Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США.
      13:40 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Кубок России "Суперфинал РДС" на трассе "Ростов Арена".
      14:30 "Команда мечты".
      15:00 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Отдельные виды. Финалы.
      17:55 LIVE Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      20:00 "Непобедимый".
      20:30 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 1.
      20:55 LIVE Волейбол. Кубок Победы. Мужчины. Финал 4-х в Москве. Финал. Прямая трансляция.
      23:00 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Спринт. Гонка 2.
      23:25 Водно-моторный спорт. Формула-1. Гран-при Китая. Гонка.
      00:25 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 7 в Краснодаре, Россия.
      02:25 "Команда мечты".
      02:55 LIVE Плавание. Кубок мира. Этап 1 в Кармеле, США. Прямая трансляция.
      04:30 Спортивная гимнастика. Fonbet Чемпионат России в Сириусе. Отдельные виды. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.10.2025

      07:00 Матч! Парад.
      08:00 Профессиональный бокс. Мэнни Пакьяо против Эрика Моралеса. Бой за титул WBC International во 2-м полулёгком весе.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Команда МАТЧ".
      11:25 Д/ф "Лев Яшин - номер один".
      12:40 "Вы это видели".
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:25 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. Финал. Прямая трансляция.
      16:45 LIVE Футбол. Женщины. Winline Кубок России. Финал. ЦСКА (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      19:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:30 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Зенит" (Санкт-Петербург) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Рио-де-Жанейро, Бразилия. Чарльз Оливейра против Матеуша Гамрота.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. 1/4 финала. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.10.2025

      06:30 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. Обзор.
      07:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/4 финала.
      09:00 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      11:00 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:30 Велоспорт. Тур Ломбардии в Италии.
      14:50 LIVE Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Мужчины. Прямая трансляция.
      17:20 LIVE Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала.
      21:15 Гравийный велоспорт. Чемпионат мира в Южном Лимбурге, Нидерланды. Мужчины.
      22:15 LIVE Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Женщины. Олимпийский кросс-кантри. Прямая трансляция.
      00:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Даунхилл.
      00:15 LIVE Маунтинбайк. Кубок мира. Финальный этап в Мон-Сент-Анне, Канада. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри. Прямая трансляция.
      02:15 Велоспорт. Париж-Тур во Франции.
      03:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. 1/2 финала.
      04:30 Велоспорт. Париж-Тур во Франции.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hech kimga kerak bo‘lmagan chempionlar

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Boshqa turnirlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kecha 4 fevral kuni Samarqand shahridagi «So‘g‘diyona» futzal sport majmuasida mahalliy «Sherdor» futbol jamoasi bilan zaif eshituvchilar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lib kelgan terma jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bu terma jamoani Samarqandga taklif qilish rejasi «Sherdor» jamoasi boshlig‘i O.Sattarov va jamoa bosh murabbiyi B.Sattorovlardan chiqqan ekan. Ular shu o‘rtoqlik o‘yini sabab ushbu terma jamoani imkonlari darajasida rag‘batlantirish va ushbu terma jamoaga boshqalarning e’tiborini tortishni niyat qilishgan ekan.

Ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilar ekanman bu terma jamoa o‘tgan yil noyabr-dekabr oylarida Tailand davlatida bo‘lib o‘tgan zaif eshituvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida bejizga g‘olib chiqmaganini bildim. Bolalar haqiqatdan kuchli o‘ynashar ekan. Ayniqsa hujumchi J.Qarshiyev va darvozabon A.SHokirjonovlar judayam mahoratli ekanlar. Shu uchun ham jahon chempionatida Qarshiyev eng yaxshi to‘purar sovrinini, A.Bobojonov esa eng yaxshi darvozabon sovrinini qo‘lga kiritishgan ekan. Jamoada umumiy hisobda 18 nafar bola bor. Ular turli viloyatlardan yig‘ilishgan ekan.

O‘yin 1:2 hisobida terma jamoa g‘alabasi bilan tugadi. O‘yindan so‘ng ushbu tadbirda qatnashgan Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari B.Rahmatullayev, Samarqand viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i SH.Ro‘ziyev, Samarqand viloyati nogironlar jamiyati D.Pardayev, Samarqand viloyat sport faxriylari X.Rafiyevlar har ikkala jamoaga kelgusi faoliyatlarida omadlar tilab futbolchilarga o‘z sovg‘alarini topshirishdi. Shuningdek Toshkentdan, «Oriyat Dono» radiosining «Maydon markazi» eshittirishi boshlovchilari Bobur Akmalov va Jamoliddin Bobojonovlar ham tadbirga tashrif buyurib, futbolchilarni tabriklashdi.

O‘yinni tomosha qilishga borar ekanman bu terma jamoaning bunchalik mahorat bilan to‘p surishini ham, sport majmuasini futbol muxlislari bilan to‘lib joy yetmay qolishini ham kutmagan edim. Tashkilotchilar tadbirni a’lo darajada tashkillashtirishdi. Tadbir xam, futbol o‘yini ham ajoyib tarzda bo‘lib o‘tdi. O‘yinchilar maydonda bor mahoratlarini ko‘rsatib jon-jahdlari bilan o‘ynashdi.

O‘yindan so‘ng terma jamoa boshlig‘i Elyor Muxtorov bilan gaplashar ekanman, uning jamoasi haqidagi gaplarini eshitib hayron qoldim. Uning aytishicha ular jahon chempionatida g‘olib bo‘lib qaytganlarida ularni bironta tashkilot chiqib kutib olmabdi. Aeroportga faqatgina bolalarning ota-onalari chiqishibdi xolos. Bundan tashqari ular qaytganlaridan keyin bir necha necha kun o‘tib ham ularga hech qaysi tashkilot e’tibor bermagan. Rag‘batlantirish, mukofot berish xaqida esa umuman gap bo‘lmagan.

— O‘shanda bolalarning ham, ularning ota onalarining ham ko‘zlariga qaray olmadik. Oxiri bir necha kun kutganimizga qaramay hech kim e’tibor bermagandan keyin ota-onalar portalga yozishdi. Biz esa O‘FF (hozirgi O‘FA)ga murojat qildik. Yana natija bo‘lmadi. Oxiri futbolchilar nomidan biz ham portalga yozishga majbur bo‘ldik. Shundan so‘ng 15 dekabarga kelib O‘FF tor doirada taqdirlash marosimi o‘tkazdi va bolalarning har biriga 2 million so‘mdan pul va estalik sovg‘alari berishdi, deydi Muxtorov.

— 2 million pul bolalarning Tailandga borib kelishiga sarflagan pullarini ham qoplamaydi-ku, — deyman Muxtorovga.

— So‘ramang, ochig‘i o‘zimiz ham buni kutmagan edik. Olimpiya va paraolimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozongan sportchilar katta-katta mukofotlar bilan taqdirlanishdi. Mana yaqinda 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoamiz g‘olib bo‘lib qaytganda ularni taqdirlanganlarini hammamiz ko‘rdik. Prezidentimiz tomonidan «Malibu» avtomashinalari berildi. Yana kamiga ularning ayrimlariga qaysidir viloyat hokimlari yana avtomashinalar sovg‘a qilishdi. Umuman olganda sog‘lom sportchilarning g‘alabalari uchun hech narsani ayashmayapti, berishayapti. Biz nogironlarga kelganda hamma jim. Na O‘FF tan oladi va boshqasi. Biz xozircha arosatda yurganday hech kimga keraksiz holda yuribmiz. Yo‘q, biz avtomashina haqida o‘ylaganimiz ham yo‘q. Mayli O‘FF dagilar aytganday biz g‘olib chiqqan musobaqa FIFA va OFK tasarrufida o‘tkazilmagandir. Ammo nima bo‘lganda xam biz yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib yorug‘ yuz bilan qaytdik-ku. Nahotki hisobida nechadir millard mablag‘i bo‘lgan O‘FF bizni tuzukroq rag‘batlantira olmasa. Shug‘ullanib turishimiz uchun bitta sport zalini eplab bera olmasa.

Ishonsangiz yaqinda Fransiyadan bir turnirga taklif etishdi. Buni bir nechta tashkilotga bildirdik. Ammo ularning hech biridan sado chiqmadi. Shundan so‘ng mablag‘ muammosi tufayli bora olmadik. Va taklifga rad javobini berdik. Biz ko‘p narsa talab qilmayapmiz. Ozgina e’tibor berishsa bo‘ldi edi. Ammo o‘sha e’tibor hozircha hech kimda topilmayapti.

E.Muxtorovning gaplarini eshitar ekanman biroz oldin o‘yin davomida e’tibor berganim bir holat ko‘z o‘ngimdan ketmas edi. O‘yinchilardan birining oyog‘idagi oyoq kiyimi oddiy va eski edi. Menga aytishlaricha o‘sha bola jahon chempionatida xam shu eski oyoq kiyimi bilan maydonda to‘p tepgan.

Ochig‘i bu tadbirga borar ekanman bu terma jamoa xaqida maqola yozish xayolimda umuman yo‘q edi. «Saytga uch-to‘rtta rasm va kichik bir xabar yozib beraman, bo‘ldi» deb o‘ylagan edim. Ammo bu terma jamoaning o‘yinini ko‘rib, o‘yindan keyin jamoa boshlig‘ining gaplarini eshitib bu terma jamoa haqida shunchaki kichik bir xabar berish bilan cheklanib qolib bo‘lmasligini, ularning muammolarini iloji boricha kengroq yoritish kerakligini tushundim.

E.Muxtorovning gaplarini eshitib shu xulosaga keldimki bu jamoaning yutug‘i munosib baholanmabdi. Jamoaning yutug‘ini mamlakatimiz OAV da keng yoritish kerak edi deb o‘ylayman. Haliyam kech emas. Chunki, hammamiz ko‘rib turibmiz jamiyatimizda eng qiynalayotgan qatlam bu turli nogironlardir. Endi ana shu terma jamoaning yutuqlarini targ‘ib qilib, ularni munosib taqdirlab, ommalashtirib boshqa turli nogironlar o‘rtasida sportni ommalashtirsak maqsadga muvofiq bo‘lmaydimi? Nahotki shu terma jamoaga biroz mablag‘ va e’tibor berish hech qaysi tashkilotda topilmasa?

Yana E.Muxtorovning aytishicha, zaif eshituvchi bolalar o‘rtasida bu bolalardan tashqari yana ko‘plab futbolni qoyillatib o‘ynaydigan iqtidorli bolalar bor. Mablag‘ va imkoniyat yo‘qligi uchun ularni bir joyga yig‘ib shug‘ullantirishni imkoni bo‘lmayapti.

— Agar, deydi u, — bizda ham boshqa ko‘pgina davlatlardagiday alohida futbol bo‘yicha surdofederasiya ochilganda edi, hatto har bir bir viloyatdan bittadan jamoa tuzib yilda bir ikki marta yig‘ilib zaif eshituvchilar o‘rtasida mamlakat chempionati va kubogi musobaqalarini ham bemalol o‘tkazsak bo‘lar edi. Ammo hozirgi holatda surdofederasiya tuzilishi uyoqda tursin, jahon chempioni bo‘lib kelgan bolalarni terma jamoa sifatida saqlab qolishni o‘zi muammo bo‘lib qolmoqda.

E.Muxtorov bilan ancha suhbatlashdik. Agar mutasaddi tashkilotlar e’tibor beramiz, otaliqqa olamiz deyishsa ularning muammosi ko‘p xam emas, katta ham emas. Gap chet ellarda kimlarnidir ko‘ziga kichik va arzimas bo‘lib ko‘rinayotgan musobaqada g‘olib chiqib, yurt bayrog‘ini baland ko‘tarib qaytgan nogironlar haqida ketayapti. Sog‘lomlar eplay olmagan ishni shular uddalashibdimi, demak bular ikki hissa e’tiborga va rag‘batlantirishga loyiqdirlar.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 09:34, 06.02.2018. O'qildi: 11858 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 16
2 Насаф Husayn Norchayev 13
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.