Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Asling kabi ko‘rin yoki ko‘ringaning kabi bo‘l!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Shanba kuni orziqib kutilayotgan O‘zbekiston Superligasiga qur’a tashlandi,  nihoyat. O‘FAning yangi rahbariyati har bir tadbirni avvalgilariga o‘xshamas tarzda tashkillashga harakat qilyapti. Misol uchun, Superligaga qur’a tashlash marosimi uchun besh yulduzli muhtasham International Hotel Tashkent (sobiq «Interkontinental») mehmonxonasi tanlandi. Aslida muxlislar uchun bu kabi marosimlarning qanday o‘tkazilishi emas, islohotlar, amalga tatbiq etilayotgan yangiliklarning qanday samara berishi muhimroq hisoblanadi. Jaloliddin Rumiy hazratlari aytganlaridek, «Asling kabi ko‘rin yoki ko‘ringaning kabi bo‘l!»

Qur’a tashlash marosimini futbol sharhlovchisi Davron Fayziyev kirish so‘zi bilan ochar ekan, yangi mavsumda Superligada 12ta jamoa qatnashishini yana bir bora eslatdi. Shundan so‘ng PFL vakili Aleksey Frolov qur’a jarayoni haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, taqvim izchil ko‘rinishda tuziladi va ikkinchi davra bahslari 1-turda o‘zaro o‘ynaydigan klublarning «uy-safar» tizimi bo‘yicha o‘rin almashishi ketma-ketligi bilan boshlanib, shunday davom ettiriladi. O‘yinlar tartibi esa «Berger» tizimi bo‘yicha aniqlanadi. Bitta mintaqa klublari (misol uchun, «Lokomotiv», «Paxtakor» va «Bunyodkor» yoki «Qo‘qon-1912» va «Neftchi», AGMK va «Metallurg»)ning uy o‘yinlari bir turga to‘g‘ri kelmasligiga ham e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Agar bitta  mintaqada klublar soni 2tadan ko‘p bo‘lsa, u holda o‘yinlar 2 kunga qo‘yiladi. Toshkentda aynan shunday holat.

Superliganing yangi formati juda qiziq tuyulyapti. 12ta klub ikki bosqich asosida, dastlab ikki davradan iborat «uy-safar» tizimida bahs olib boradi. Ikkinchi bosqichda esa jamoalar o‘rinlaridan kelib chiqib, 2 guruhga bo‘linadi. Ya’ni 1-6-o‘rinlarni egallagan klublar alohida holda sovrinlar uchun kurashni davom ettiradi. 7-12-pog‘onalarni band etgan jamoalar esa xuddi birinchi guruhdagi kabi «uy-safar» tizimi orqali Superligada qolish uchun bahslarga kirishadi. Asosiysi, yangi formatda «oltin ochko» qoidasiga amal qilinadi. Ya’ni ikkinchi bosqichdan oldin 1-6-o‘rinlarni egallagan jamoalarning qolgan ishtirokchilar bilan uchrashuvlardagi natijalari olib tashlanadi. Faqat kuchli oltitalik jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar natijasi saqlab qolinadi. 7-12-o‘rinlarda qolgan jamoalar ochkolari ham xuddi shu yo‘sinda hisoblanadi. Yangi mavsumdan Pro-liga nomini olgan sobiq birinchi liga g‘olibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Superligaga yo‘l oladi. 2-3-o‘rinlarni egallagan jamoalar esa Superligada 10 va 11-pog‘onalarni band etgan klublar bilan «o‘tish o‘yinlari»da maydonga tushadi. Superliganing 12-jamoasi Pro-ligaga tushib ketadi.

  Qur’a tashlash jarayoni oldidan PFL bosh direktori Omon G‘ofurov, FIFA referisi Ravshan Ermatov va «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovlar so‘zga chiqib, yangi mavsum bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Omon G‘ofurov (PFL bosh direktori): - Avvalo, O‘FA va PFL nomidan barchani yangi mavsum starti bilan tabriklayman. «Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari OCHL saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlar bilan joriy mavsumni boshlab berdi. Tez orada milliy chempionatimiz ham start oladi. Ko‘pchilik qatori mavsumni intizorlik bilan kutyapman. Sabablar ko‘p: chempionatimiz formati o‘zgartirildi, Superligada 12ta jamoa qoldirildi. Tomoshabop o‘yinlar ko‘payishidan umidvorman. Zero, muxlislar tashrifi futbolimiz uchun eng og‘riqli yo‘nalish hisoblanadi. O‘ylaymanki, o‘zgarishlar samarasi o‘laroq, stadionlarga muxlislar oqimi sezilarli darajada ko‘payadi. Ishonchim komil, yangi mavsum avvalgilariga nisbatan tubdan farqlanadi. Yana bir yangilik shuki, chempionatimiz titul homiyga ega bo‘ladi. Assosiasiya rahbariyati futbolimiz saviyasini ko‘tarish uchun bor imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Ravshan Ermatov (FIFA referisi): - Avvalo, ta’kidlashim joiz, muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionati finalini tomosha qilganlari futbolimizga nechog‘li e’tibor berilayotganidan dalolat. Shunga yarasha barchamiz o‘z yo‘nalishimizda futbolimiz taraqqiyotiga xizmat qilishimiz shart. Muxlislar orasida ko‘p yuramiz, ular futbolimiz zerikarli tus olayotganidan nolishadi. Albatta,  Superliganing yanada qiziqarli o‘tishi biz - hakamlarga ham bog‘liq. Kichik «fol»ga ham hushtak chalmasligimiz, o‘yin sur’atiga ta’sir o‘tkazmasligimiz kerak. O‘z o‘rnida aytishim kerak, futbolchilar ham salgina shamoldan yiqilib tushavermasliklari lozim. Bunda futbol jozibasi yo‘qoladi. Aytmoqchimanki, futbolchilar va murabbiylar ham jarayonga o‘z hissalarini qo‘shishlari shart. Aks holda, futbol dinamikasini ko‘tarolmaymiz. Aslida o‘zgarishlarni avvalgi yili amaliyotga tatbiq eta boshlagandik. Men kabi ayrim tajribaliroq hakamlarimiz bunga rioya qilishdi. Lekin yosh, tajribasi biroz kam hamkasblarimiz murabbiylar bosimi ostida qolishdi, chamamda. Bejiz murabbiylarimiz ham hissa qo‘shishlari zarurligi haqida so‘z ochmadim. O‘yinda to‘xtalish qancha kam bo‘lsa, futbol shunchalik qiziqarli chiqaveradi. Bu muxlislarga ham yoqadi. Kimdir chetdan kelib, futbolimiz saviyasini ko‘tarib bermaydi. Mana, bu g‘oya O‘FA tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Menimcha, endi muxlislarning o‘zlari joriy mavsum statistikasini avvalgilari bilan solishtirib ko‘rib, farqni sezishlari mumkin. Yo‘q, yaqqol qo‘polliklardan ko‘z yumish yaramaydi, zero, asosiy maqsadimiz - maydonda futbolchilarning jarohatlanmasliklarini ta’minlash. Ammo yelkama-elka sof  kurashlar uchun hushtak chalishni to‘xtatish zarur. Bu zerikarli futbolga olib keladigan holat. Birinchi o‘rinda, shuni yo‘qotishimiz talab etiladi.

Mirjalol Qosimov («Bunyodkor» bosh murabbiyi): DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:01, 07.02.2018. O'qildi: 5219 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.