Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 17 39
2 Manchester Siti 17 37
3 Aston Villa 17 36
4 Chelsi 17 29
5 Man. Yunayted 18 29
6 Liverpul 17 29
7 Sanderlend 17 27
8 Kristal Pelas 17 26
9 Brayton 17 24
10 Everton 17 24
11 Nyukasl 18 23
12 Brentford 17 23
13 Fulhem 17 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 17 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 17 18
18 Vest Xem 17 13
19 Byornli 17 11
20 Vulverhempton 17 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl

Navbatdagi o'yinlar.

27/12/25 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12/25 Arsenal - Brayton
27/12/25 Brentford - Bornmut
27/12/25 Byornli - Everton
27/12/25 Liverpul - Vulverhempton
27/12/25 Vest Xem - Fulhem
27/12/25 Chelsi - Aston Villa
28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekistonda sportga oid tarixiy qaror qabul qilinishidan oldin jamoatchilik fikri o‘rganildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Bugun poytaxtimizdagi O‘zbekiston milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan sport federasiya va assosiasiyalar, Olimpiya zaxiralari sport kollejlari, Iqtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari tizimlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘rtasida uchrashuv, o‘ziga hos ochiq muloqot  tashkil qilindi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov, Davlat maslahatchisining o‘rinbosari Bekzod Mavlyanov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va mamlakat futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilovlar ishtirok etishdi.

SH.Isroilov yig‘ilishni ochib berar ekan, ushbu uchrashuvni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ayni paytda mamlakatimizda sport sohasining eng quyi bo‘g‘inlarida yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimini aniqlash orqali  yaqin kunlarda muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolanishi kutilayotgan sport sohasini rivojlantirishga doir yangi qarorning mukammal ko‘rinish hosil qilishiga zamin yaratishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shaxsan Prezidentimiz topshiriqlariga binoan tashkil etilgan uchrashuvda soha mutaxassislari o‘z takliflari bilan chiqish qilishdi. Mavjud muammolar va ularning yechimi xaqida so‘z bordi. Shuningdek, ayni paytda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanmaslik, buning oqibatida natijalarning pasayib ketishi, seleksiya ishlarining to‘g‘ri yo‘nalishda olib borilmasligi, yosh va iqtidorli sportchilarning chetda qolib ketayotganligi eng katta kamchilik ekanligi ta’kidlandi.

Olimpiya zaxiralari kollejlari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari faoliyati islohotlarga muxtoj ekanligi, malakali kadrlar yetishmasligi, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda o‘rta maktablarda jismoniy tarbiya fani va sport to‘garaklari talab darajasida o‘tilmasligi kabi muammolar ko‘tarildi.

SH.Isroilov tomonidan yurtimiz sporti dovrug‘ini yuqori ko‘tarish, muvaffaqiyatga erishish, chet el tajribasini o‘rganish uchun xalqaro aloqalarni rivojlantirish lozimligi alohida qayd etildi. "Sir emaski, sport bugungi kunda katta siyosat darajasiga chiqib bo‘lgan. Agar yangiliklarni, tajribalarni o‘zimiz o‘rganmasak, birov bizga kelib o‘rgatib bermaydi. Buning uchun qo‘lga kitob olish, izlanish kerak", - deya kuyunib gapirdi Jismoniy tarbiya va sport vaziri.

Yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov so‘zga chiqib shunday dedi: "Yaqin kunlar ichida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan imzolanadigan qarorda Siz - soha mutaxassislarning fikri ham inobatga olinishi kerak. Albatta, haqli savol tuzilishi tabiiy. Nima uchun Bosh prokuror sport masalasidagi yig‘ilishga keldi? Chunki, yangi qaror ijrosi aynan Bosh prokuratura tomonidan nazorat qilinadi. Buning uchun katta ishchi guruhi tuzilgan. Shu sababli ham, mamlakat rahbarining topshirig‘i bilan bu yerga keldim. Sport tizimini tubdan isloh qilish, qayta ko‘rib chiqish uchun nimalar qilishimiz lozim? Yangi qaror uchun qanday qo‘shimchalar kiritsak samaradorlikka erishishimiz mumkin bo‘ladi? Marhamat, o‘z fikringiz bilan o‘rtoqlashing".

O‘z navbatida Umid Ahmadjonov ham yig‘ilganlardan tortinmay o‘z taklifini berishlarini, mazkur tarixiy qarorda yana nimalarga ahamiyat berilishi lozimligini so‘radi:

"Bugungi muloqot orqali muammolarni hal qilib, kamchiliklarni bartaraf etishimiz kerak. Aynan Siz va bizning fikrimiz kutilayotgan qarorda o‘z aksini topadi. Sohada muammolar yetarli, bugun biz ularni aniqlashimiz, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishimiz va yangi qaror samarali ishlashi uchun tegishli bandlarni kiritishimiz zarur. Shuningdek, davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli sarflanishini nazorat qilishimiz, bu borada tizimni qaytadan ko‘rib chiqishimiz zarur” – dedi MOQ Prezidenti.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari vakillari, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi mutasaddilari, Olimpiya zaxiralari kollejlari, iqtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari rahbarlari so‘zga chiqib, o‘z takliflarini bildirishdi. Sport sohasida to‘planib qolgan muammolar, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish lozimligi haqida gapirdilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yig‘ilish ishtirokchilari ta’lim tizimidagi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan uzviy bog‘liqlikni yo‘lga qo‘yish, seleksioner murabbiylar rolini kuchaytirish, sport majmualarini sifatli jihozlar bilan ta’minlash, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish borasida yangi qaror uchun lozim bo‘lgan o‘z fikr va mulohazalarini ma’lum qilishdi. Yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilayotgan qarorda ushbu takliflar albatta e’tiborga olinishi qayd etib o‘tildi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:07, 16.02.2018. O'qildi: 5223 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
4 Борнмут Antuan Semenyo 8
5 Тоттенхэм Risharlison 7
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Брайтон Denni Uelbek 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.