Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov Milliy terma jamoa natijalariga kimlar javobgar ekanligini aytdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Senegal hamda Marokashga qarshi o‘yinlari garchi o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa-da, biz uchun katta ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. 

“O‘rtoqlik o‘yinlari taktik tayyorgarlik, futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olish uchun kerak bo‘lgan jarayon. Biroq bilamizki, oldinda O‘zbekiston milliy terma jamoasini Osiyo Kubogiga qadar rasmiy o‘yinlar kutmayapti. Shunday ekan, Senegal va Marokashga qarshi o‘yinlar nega kerak degan savollarga duch kelmoqdamiz.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev barcha sohada oldimizga faqat maksimum vazifalarni belgilab berganlar. Aytaylik, shu kungacha federasiya o‘rtoqlik o‘yinlariga jiddiy e’tibor qaratmagani, raqiblar tanlash masalasi islohotga muhtoj bo‘lganini hammamiz yaxshi bilamiz. Shundan kelib chiqib, qo‘l uchida o‘yin tashkil qilishni istamadik va Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan kuchli termalar bilan kelishuvga erishdik. Asosiy maqsadimiz kimnidir sinovdan o‘tkazish yoki shunchaki maydonga chiqish emas, O‘zbekiston futbolining obro‘sini sekin-astalik bilan ko‘tarish. FIFA kunlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasining qay saviyadagi raqiblar bilan o‘ynashi, biz haqimizda xalqaro maydonda fikr shakllantiradi.

Demak, garchi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa-da, futbolchi va murabbiylardan o‘yinga borlarini berishni talab qilamiz. Bellashuv o‘tdi-ketdi qabilidagi qarashlar bo‘lmaydi, termaga nafaqat biz yoki qandaydir murabbiy, O‘zbekiston futbolidagi hamma birdek javobgar bo‘ladi”, — deb ta’kidladi Umid Ahmadjonov.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni Kasablanka shahrida Senegalga qarshi saf tortsa, oradan to‘rt kun o‘tib — 27 mart kuni shu shaharda Marokashga qarshi bellashuv bo‘lib o‘tadi. Avvalroq terma jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Timur Kapadze 30 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni ma’lum qilgandi.

“Superliga murabbiylari muhim pallalarda turgani uchun, biz avvaliga ularni bezovta qilishni istamadik. Masalan, Ro‘ziqul Berdiyevning bor e’tibori “Nasaf”ning OCHLdagi o‘yiniga qaratilgan. Endi esa kengaytirilgan tarkib aniq, Kapadze topshiriqqa ko‘ra bu tarkibni Superliga murabbiylari bilan maslahatlashib tuzib chiqdi. Biroq ularning 23 nafari Marokashga yo‘l oladi. Shuningdek, murabbiylar kengashi ham Marokash va Senegalga qarshi o‘yinlarda terma jamoa a’zolari bilan birga yo‘l oladi. Demak, navbatdagi qadamni qo‘yish vaqti keldi.

20 fevraldan e’tiboran milliy terma jamoada murabbiylar kengashi ish boshlaydi. Futbolchilarning tayyorgarligidan tortib, taktik va nazariy ko‘rsatmalarga qadar Kapadze Superliga mutaxassislari bilan bamaslahat ish qiladi. Bizga berilgan topshiriqqa ko‘ra, vatan manfaati uchun hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib ishlashimiz kerak. Milliy terma jamoa butun O‘zbekiston xalqining e’tiborida turadi. Shunday ekan, O‘zbekistondagi barcha yetakchi murabbiylar uning buguni va kelajagi haqida qayg‘urishi shart. Mirjalol Qosimovdan tortib, Ro‘ziqul Berdiyevgacha, Yelichichdan tortib, o‘tgan yili o‘zini ko‘rsatgan No‘’mon Hasanov, Ulug‘bek Baqoyev, Ilhom Mo‘minjonovga qadar — hamma ishga kirishadi. Ya’ni, oldindagi o‘yinlarga jalb qilingan futbolchilarning funksional holatidan tortib, maydondagi o‘rniga qadar fikrlar jamlanadi. Bu murabbiylik sohasiga endigina kirib kelayotgan Kapadze uchun juda muhim. O‘zaro suhbatimizda ham u qolgan mutaxassislar yordami unga zarurligi haqida aytib o‘tgandi.

Vaqti kelib, O‘zbekiston milliy terma jamoasini to‘la-to‘kis ishonib topshirish mumkin bo‘lgan va sutkada 24 soat milliy terma haqida o‘ylaydigan tajribali mutaxassisni olib kelamiz. Avval ma’lum qilinganidek, u murabbiy terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etib bo‘lganidan keyin yurtimizga tashrif buyuradi. U kelguniga qadar esa murabbiylar kengashi chiqargan umumiy qaror amalda bo‘ladi. Har kim o‘z klubini o‘zi istaganidek boshqarishi mumkin, ammo milliy terma jamoa haqida gap ketganida, hamma bitta maqsad yo‘lida ishlaydi”, — dedi Umid Ahmadjonov. 
O‘zbekiston termasi Senegal va Marokashga qarshi o‘yinlarda ishtirok etib ulgurmagan. Bu bellashuvlar bosh jamoa uchun yangi chaqiriq deyish mumkin.

“Futbolchilar bilan ham alohida gaplashamiz. Bu o‘rtoqlik o‘yini-ku degan fikr hech kimda bo‘lmasligi kerak. O‘zbekiston bayrog‘i ostida maydonga chiqib keladigan sportchi u qanday musobaqa bo‘lmasin, bor kuchini beradi. Terma jamoa a’zosi yo o‘zini yuz foiz ayamasdan to‘p suradi yoki termada boshqa ko‘rinish bermaydi. O‘zbekiston nafaqat sport sohasida, balki qolgan sohalarda ham jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishga harakat qilyapti, demak, qarashlarimiz ham endi shunday bo‘ladi.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich bizdan talab qilayotgan jihat aynan mana shu. 2—3 yil shu ko‘rinishda ishlaymiz, mehnat qilamiz va ortga qadam tashlash haqida o‘ylamaymiz. Umid qilamanki, biz hali aslida qanday kuchga ega ekanimizni hammaga ko‘rsatib qo‘yamiz”, — deb so‘zini yakunladi Umid Ahmadjonov.

O‘FA terma jamoalar boshqarmasi navbatdagi rejalarni tuzib chiqishga kirishgan. Ayni vaqtda Superliga mutaxassislari va terma jamoa shtabi o‘rin olgan murabbiylar kengashi tashkil qilindi. Uning ish rejasi, ishtirokchilarning vazifalari, mashg‘ulotlar, nazariy va amaliy ko‘nikmalar hamjihatlikda shakllantiriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:11, 19.02.2018. O'qildi: 7934 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.