Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • 0:1
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta
26-тур Real Madrid 0-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jordi Mestre: «Messining shartnomasi tort ustidagi bezak»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» sport direktori Jordi Mestrening ta’kidlashicha, Lionel Messi jamoa uchun eng chiroyli golni maydon emas, uning tashqarisida urdi - bu uning yangi shartnoma ostiga imzo chekkani.

Klub rahbari o‘z intervyusida Filippe Koutinyo nima uchun aynan  qishki transferlar vaqtida xarid qilinganiga to‘xtaldi, tarkibdagi yangi futbolchilar salohiyatiga baho berdi.

Darvoqe, Mestre vaqtida juda katta gapirgandi: «Neymar hech qayerga  ketmaydi - bunga 200 foiz kafolat beraman». Tabiiyki, jurnalistlar shu gapiga ham izoh so‘rashdi.

- Mana, qishki transferlar bozori yopildi: hozirgi tarkib kimning xohishiga asosan shakllantirildi? Bu siz ko‘rishni istagan tarkibmi yoki Ernesto Valverde g‘oyasi?

- Bu «Barsa» orzusidagi tarkib. Yanada balanslashgan jamoa tuzish yo‘lida bahamjihat ish olib boryapmiz. Mavsum har jihatda yaxshi o‘tayotganini inobatga olsak, samara yomon emas. To‘g‘ri, hozircha hech narsa yutganimiz yo‘q.

- Xo‘sh, o‘zingizni majburiyatlarni uddalayotgan rahbardek his qilyapsizmi?

- Ha, ma’lum ma’noda. Deylik, murabbiylar shtabi yozda Koutinyoni xarid qilishni so‘ragandi va mana, uni o‘sha vaqtdagiga nisbatan ancha qulay shartlar asosida sotib oldik.

- Qiziq, Koutinyoning transferi nega ortga surilgandi?

- Sababi tayin - «Liverpul» jahon darajasidagi futbolchilar uchun juda katta pul talab qiladi. Zero, Angliya klublari shartnomalarida tovon puli yo‘q.

- Liverpulliklarning yozda 200 mln. so‘rashgani rostmi?

- Ha, aynan shuncha olishni xohlashgandi.

- Siz esa biroz sabr qilib, narxni 160 mln. yevroga tushirdingiz...

- Aslida summa yanada kamroq. To‘g‘ri, bonus shaklida qo‘shimcha to‘lovlar ham bor.

- Lekin jamoa Koutinyosiz ham zo‘r o‘ynamoqda. Shunday ekan, yozgacha kutish ma’qul emasmidi. Har-qalay, shunday holatda u CHLda ham bemalol o‘ynardi?

- Yuqorida aytdim, braziliyalikni sotib olish murabbiylar shtabi iltimosi edi. Qolaversa, futbolchining o‘zi ham jamoamizga o‘tishni istadi.

Masalaning nozik tomoni shuki, agar yozgacha kutganimizda, Rossiya mundiali-2018dan so‘ng futbolchining narxi keskin oshib ketishi hech gap emasdi.

- Bu klub tarixidagi eng yirik xarid sanaladi. «Barsa» Koutinyo timsolida Inyesta o‘rinbosari yoki Messi izdoshini ko‘rmoqda, shekilli?

- Yo‘q, uni superyulduz sifatida ko‘ryapmiz, xolos. Xullas, Koutinyo safimizga kimnidir nafaqaga kuzatish uchun o‘tgani yo‘q. Maqsad - jamoani yanada kuchaytirish.

- Tarkibda Neymarni o‘ynatishdan ko‘ra, Koutinyo va Dembelega ega bo‘lish yaxshimi?

- Ular boshqa-boshqa futbolchilardir. Ammo arifmetik jihatdan haqsiz - ikki nafar yulduz ma’qulroq, baribir.

- Yana bir yangi futbolchi - Yerri Mina. Agar Maskerano ketmaganida, bu transferni amalga oshirarmidinglar?

- Minani sotib olardik, baribir. To‘g‘ri, hozir emas, yozda.

- Yevropada hali o‘ynamagan Mina uchun 12 million yevro to‘landi. Vaholanki, La-ligani yaxshi biladigan va saviyasi ko‘pchilikka ma’lum Inigo Martinesni 32 «limon»ga sotib olish imkoniyati yo‘q emas.

- Murabbiylar shtabi talabini avvalo, iqtisodiy jihatdan ko‘rib chiqamiz. Ammo aynan kimni xarid qilishni murabbiylar hal qilishadi, baribir.

- Agar Maskerano ketishini yozda ma’lum qilganida, tarkibni yanada kuchaytirishga urinarmidingiz?

- Sport va ma’naviy tomondan qaraganda, Maskeranoning jamoadagi o‘rnini inobatga olishimiz shart edi. U javob berishimizni so‘radi va shunday qildik.

- Markaziy himoyachi - Yumtiti shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli ancha past - 60 mln. yevro. Qaysidir klub uni o‘z tomoniga og‘dirishidan cho‘chimaysizlarmi?

- Umid qilamanki, muammo chiqmaydi. Aslida 60 million ham kam emas, ammo hozirgi sharoitdan kelib chiqib, summani ko‘tarishimiz kerak.

Axir so‘nggi transferlar vaqtida markaziy himoyachilar uchun qancha to‘lashganini ko‘rdik. Har qanday holatda ham, futbolchining istagi birinchi o‘rinda turadi. Yumtiti hozircha hammasidan xursand. Demak, ketish haqida o‘ylamayapti.

- Yumtiti shartnomasi muddatini uzaytirish masalasida kelgusi mavsumni kutish tavakkalchilik emasmi?

- Ayni payt klub ushbu masala bo‘yicha ish olib boryapti.

- Hammasi mavsum oxirigacha hal etilishi mumkinmi?

- Bilmadim, lekin ishni paysalga solmaymiz. Muhimi - o‘yinchi va uning agentlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turish.

- Endi yozgi xaridlar haqida: Paulinyoga qanday baho berasiz?

- A’lo.

- Uning shu daraja jon kuydirishini kutganmidingiz?

- Yo‘q... Murabbiylar Paulinyoga yaxshi ta’rif berishgandi: «U o‘ta yorqin yulduz sanalmasada, kelajagi porloq, shu bois, Braziliya termasida qadrlanadi, klubimizni ham yaqqol kuchaytira oladi». Ular haq bo‘lib chiqishdi.

- Semedu necha bahoga loyiq?

- U maydonga kam tushdi va samarasi shunga yarasha pastroq. Xullas, Semedu 10 balli tizimda «6»ga munosib.

- Nega Mbappe emas, Dembeleni sotib oldinglar?

- Bu o‘yinga bog‘liq  masala. 

- Jerar Deulofeu haqida nima deysiz?

- U klubdan ketdimi, bilingki, ishonchni oqlolmagan. Vaholanki, yetarlicha imkoniyatga ega bo‘ldi.

- Aleysh Vidal safda qoldi. Aytishlaricha, uning uchun 12 mln. yevro to‘laydigan klub topilmagan...

- Bir tomondan, yaxshi bo‘ldi. Zero, Aleysh ijobiy sifatlarga ega, maydonda borini berishga shay turadigan o‘yinchi.

- 4 nafar futbolchi bilan xayrlashdinglar - Maskerano, Arda Turon, Rafinya va Deulofeu. Ammo klub faqatgina Maskerano transferi uchun pul oldi. Nima, «Barsa» sotish masalasida yana inqirozga yuz tutdimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:20, 19.02.2018. O'qildi: 4494 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.