Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona” — “CHelsi”: oxirgi o‘yinlarda qaysi jamoa ko‘proq gol urgan?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ayni damda Yevropa Chempionlar ligasi qiziq pallaga kirdi. Nimchorak final o‘yinlari orasida esa “Chelsi” — “Barselona” to‘qnashuvi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Chunki bu raqiblar oldin ham ko‘p bora to‘qnashishgan. Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.

1999-2000 yilgi mavsum, YECHL, chorak final

«Chelsi» - «Barselona» - 3:1

«Barselona» - «Chelsi» - 5:1 (qo‘shimcha taymlar)

Mazkur to‘qnashuvlardagi birinchi o‘yin juda ajoyib kechgandi. “Aristokratlar” kutilmaganda g‘alaba qozonishgandi. O‘shanda Zolaning jarima zarbasidan urgan goli hamda Ture Andre Fluning 30 va 38-daqiqalarda kiritgan to‘plari “Chelsi”ning yirik hisobda oldinga chiqib olishini ta’minlagandi. Biroq tanaffusdan keyin Figu hisobni qisqartirdi va “Barselona”ning imkoniyatlarini saqlab qoldi.

“Kamp Nou”da esa hammasi mezbonlar uchun yaxshi boshlangandi. Rivaldo Figuning gollari kataloniyaliklarning keyingi bosqichga chiqish masalasini hal qilgandek edi, biroq yana o‘sha Flu gol urdi va “Barselona”ning vaziyatini og‘irlashtirib qo‘ydi. Biroq o‘yin yakunlanish arafasida mezbonlar gol kiritib, ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra durang bo‘lishiga erishishdi. Natijada hakam qo‘shimcha bo‘limlar belgiladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Rivaldo va Klyuyvertlarning gollari barcha masalani uzil-kesil hal qildi, “Barselona” yarim finalga chiqdi.

YECHL 2004-2005, 1/8 final

«Barselona» - «Chelsi» - 2:1

«Chelsi» - «Barselona» - 4:2

Ushbu mavsumda YECHL final bosqichining dastlabki turidayoq “Chelsi” va “Barselona” o‘zaro to‘qnash kelishgandi. Mourinyo uchun bu o‘ziga xos o‘yin edi, chunki u o‘tgan asrning 90-yillarida “Barselona”da Bobbi Robsonning tarjimoni bo‘lib ishlagan va bu klub haqida ko‘p narsani bilardi.

Uning jamoasi birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Garchi dastlab “Barselona” himoyachisi Belletti o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ygan bo‘lsa-da, keyinchalik Lopes va Eto’Oning gollari Kataloniya klubiga g‘alaba keltirdi.

 «Stemford Brij»dagi javob uchrashuvida esa “aristokratlar” umuman boshqacha o‘yin ko‘rsatishdi. Matchning 8-19 daqiqalalari orasida mezbonlar uchta to‘p kiritishdi. Bu Mourinyo jamoasini keyingi bosqichga olib chiqardi, biroq Ronaldinyoning dubli vaziyatni keskin o‘zgartirib yubordi. Endi “Barselona” chorak final ostonasida turardi. Lekin yakunda, baribir, Mourinyoning omadi kuldi, o‘yin yakunida Jon Terri burchakdan yo‘llangan zarbani golga aylantirdi va “Chelsi”ni keyingi bosqichga olib chiqdi.

YECHL,2005/2006, 1/8 final

«Chelsi» - «Barselona» - 1:2

«Barselona» - «Chelsi» - 1:1

Bu galgi duellar «Stemford Brij»da boshlandi va kutilganidek, avtogollarsiz o‘tmadi. Dastlab “Chelsi” standart vaziyatdan hisobni ochgan bo‘lsa, “Barselona” Jon Terrining avtogoli evaziga hisobni tenglashtirdi. Samuel Eto’Oning goli esa yakunda “Barselona”ga g‘alaba keltirdi.

“Kamp Nou”dagi javob bahsida esa durang qayd etildi. Shu mavsumda “Barselona” finalga chiqdi va finalda “Arsenal”ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

YECHL,2006/2007, guruh bosqichi

«Chelsi» - «Barselona» - 1:0

«Barselona» - «Chelsi» - 2:2

Bu safar bu ikki klub guruh bosqichida o‘zaro raqib bo‘lishdi. Dastlab Londonda kechgan bahsda “Chelsi” g‘alaba qozongan bo‘lsa, Kataloniyada jangovar durang qayd etildi. Tabiiyki, guruhdan ikkala jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi.

YECHL,2008/2009, yarim final

«Barselona» - «Chelsi» - 0:0

«Chelsi» - «Barselona» - 1:1

Mazkur to‘qnashuv “Barselona” — “Chelsi” o‘yinlari orasidagi eng kam gol urilgani hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur o‘yinda norvegiyalik bosh hakam bosh qahramonga aylandi. Kataloniyadagi dastlabki match nursiz durang bilan yakuniga yetadi. Javob o‘yinida esa Londonda “Chelsi” g‘alaba qozonayotgandi, biroq Andres Inyestaning goli hammasini chippakka chiqardi. Qizig‘i, bosh hakam butun o‘yin davomida “Barselona” futbolchilari tomonidan amalga oshirilgan qo‘polliklarga e’tibor qaratmaydi. Yakunda esa Kataloniya klubi finalga chiqadi va finalda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etib, YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritadi.

YECHL,2011/2012, yarim final

«Chelsi» - «Barselona» - 1:0

«Barselona» - «Chelsi» - 2:2

Oradan uch yil o‘tgach, “Barselona” va “Chelsi” yana YECHL pley-off bosqichida to‘qnash kelishdi. Bu vaqtda “Chelsi” Villash-Boashni iste’foga chiqargan, o‘rniga esa Roberto Di Matteo kelgandi. Di Matteo boshchiligida “aristokratlar” “Napoli”, “Benfika”ni dog‘da qoldirishdi. Keyingi raqib esa “Barselona” edi.

«Stemford Brij»dagi dastlabki o‘yinda Drogbaning zarbasi “Chelsi”ga g‘alaba keltiradi. Javob o‘yinida esa Kataloniya klubi hammasini juda ajoyib boshlaydi — Buskets va Inyestaning gollari “Barselona”ni 2:0 hisobida oldinga olib chiqadi. Ammo dastlab birinchi bo‘limning oxirlarida “Chelsi” hisobni qisqartiradi va raqibini mushkul holatga solib qo‘yadi. Chunki bu holatda aynan London klubi keyingi bosqichga chiqardi. Shu bois “Barselona” bor kuchi bilan oldinga tashlanadi, biroq ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Fernando Torresning goli barchasini amalda hal qiladi. “Chelsi” finalga yo‘l oladi va yakunda finalda “Bavariya”ni mag‘lub etib, YECHL kubogi sohibiga aylanadi.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 16:08, 21.02.2018. O'qildi: 5163 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик