Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Navbahor” va “Bunyodkor” klublariga qo‘llanilgan jarima yuzasidan Bayonot

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Kecha O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosi qarori asosida (Qaror qabul qilingan paytda O‘zbekiston futbol federasiyasi) “Navbahor-Lochinlari” klubi futbolchisi Oybek Qilichev bir yilga va “Bunyodkor” klubi futbolchisi Dilshod Ahmadaliyev butunlay futboldan chetlatilganligiga qaramay, klublari tarkibida o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushganligi, bu bilan   O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosi qarorlarini buzganligi uchun Ijroqo‘m Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi  6-sonli Qaroriga ko‘ra “Navbahor-Lochinlari” hamda “Bunyodkor” futbol klublarining har biriga  500 million so‘m miqdorida jarima solinganligi haqida xabar chiqqan edi.

O‘FAning mazkur qarori ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi: 

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qarori amaldagi O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi Nizomining 14-moddasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi Reglamentining 3.2 bandi, Intizom kodeksining 5.22-bandiga binoan qabul qilingan.

Reglamentning 3-moddasida futbol klublariga alohida talablar belgilangan bo‘lib, uning 3.2-bandida futbolga oid har qanday masalalarda O‘FA va O‘zPFL qarorlariga bo‘ysunishi  alohida belgilab qo‘yilgan.  Shuningdek, O‘FA Intizom kodeksining 5.22 bandida talablarni bajarmaslik uchun intizomiy chora sifatida jarima qo‘llanilishi belgilangan. Qo‘llaniladigan jarima miqdori esa 500 million so‘mgacha  ko‘rsatilgan.

Nizomning 14-moddasida Assosiasiyasi a’zolari uning qarorlariga to‘la muvofiqlikda harakatlanishi belgilangan. Majburiyatlarning har qanday a’zolar tomonidan buzilishi esa sanksiyalar qo‘llanishiga olib kelishi mumkin. 

Tan olish lozim, belgilangan jarima miqdori katta, har qanday klub g‘aznasiga ta’sir eta oladi. Ammo bugungi kun talabidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, har qanday sohada ishchanlik ruhi hukm surayotgan, adolat qaror topayotgan, har bir shaxs Vatan farzandi sifatida yurt rivoji uchun kuyib-yonayotgan davrda mas’uliyatsizlikka, e’tiborsizlikka, ishga ko‘z-ko‘rona  yondoshishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini har birimiz his qilishimiz kerak.

Qabul qilinayotgan rasmiy hujjatlar hayotga tadbiq qilinsagina, vijdonan bajarilsagina unum bo‘ladi. Vaholanki, “Navbahor” klubi ham, “Bunyodkor” klubi ham o‘zi bo‘ysinuvchi tashkilotning hujjatlariga panja ortidan qaradilar, “kim ko‘ribdi, kim bilibdi” qabilida ish tutdilar. Qo‘llanilgan jazo esa boshqalarga o‘rnak misolida, hushyorlikni oshirish, mas’uliyatni his qilish sifatida qabul qilinishi inobatga olingan.

O‘zbekiston futbol Assosiasiyasi mamlakatimizda futbolni muvofiqlashtirish bo‘yicha yuqori tashkilot hisoblanadi. Shunday ekan unga bo‘ysunuvchi a’zolar, shu jumladan, futbol klublari uning qarorlarini so‘zsiz bajarishi va hurmat qilishi lozim.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 17:05, 22.02.2018. O'qildi: 4814 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик