Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Respekt – «Sport TV»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Telekanallar / TV-dasturlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbek futbolida so‘nggi bir yilda juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Nasib qilsa, yaqin vaqtlar ichida translyasiya borasida ham vaziyat ijobiy tus olishi kutilmoqda.

«Sport» telekanali tomonidan rejalashtirilgan ishlar ko‘ngildagidek kechgan taqdirda, kelasi mavsumdan e’tiboran Superliganing deyarli barcha uchrashuvlarini jonli efirda ko‘rish imkoni tug‘iladi.

Shu vaqtga qadar bunaqasi hali bo‘lmagan. Agar amalga oshsa, «Sport» kanali sha’niga faqat bir gap aytishimiz mumkin - respekt!

Translyasiyalar futbolimizga nima berishi mumkin? Hamma narsa. Yaqinda O‘zbekiston futbol federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unga ko‘ra Achilbay Ramatov tashkilot rahbarligiga saylangandi.

Aynan o‘sha yig‘ilishda «federasiya» atamasidan voz kechilib, O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga asos solingandi. Ramatov esa o‘shanda o‘zbek futbolidagi barcha kirdikorlarni ochib bergandi.

Agar Superligadagi barcha o‘yinlar translyasiyalarini amalga oshira olsak, o‘z-o‘zidan mavjud muammolar yechimiga ham yo‘l ochiladi.

O‘zbekiston chempionatida kelishilgan o‘yinlar borligi haqidagi gap-so‘zlar kecha paydo bo‘lmagan. Masalan, «maynavozchilik» deya tamg‘a qo‘yilgan «Paxtakor» - «Metallurg» o‘yini o‘tganiga yaqinda uch yil to‘ladi.

Shundan buyon bunday «maynavozchilik»lardan yana qanchasi kuzatildi? Unga qadar qancha bo‘lgan? Bu savolga kim javob bera oladi? U yog‘ini so‘rasangiz, «Paxtakor» - «Metallurg» bahsi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilmaganda, buncha shov-shuv ko‘tarilmasdi. Translyasiya bo‘lgani uchun ham futbolimizdagi kirdikorlarni bilib olganmiz.

Hakamlik borasidagi muammolarni esa gapirishga ham hojat yo‘q. Masalan, o‘tgan yili kimlardir darvozaga kirmagan golni avval hisoblagan, keyin esa bekor qilgandi. Bunaqa «maynavozchilik»lar hakamlik sohasida kam bo‘lgan, deysizmi.

Shaxsan o‘zim bilaman, hamma tomonidan maqtalgan referilarda ham «g‘alati» o‘yinlar uchrab turardi. Uchrashuvdan so‘ng yuzimizga qarashga botina olmaganlarini ham ko‘rganmiz. Xo‘p, o‘sha bahslarni biz ko‘ribmiz, ammo muxlislar-chi? Ularga kim ko‘rsatib beradi?

Aynan shu sababga ko‘ra, «Sport» telekanali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar maqtovga sazovor. Ammo oldindan aytamiz, bu oson emas. Yurtimizda har kuni o‘nlab, yuzlab yuksak ahamiyat kasb etadigan voqea va yangiliklar bo‘lib o‘tadi.

Televideniye esa ularning har birini yoritib borishi shart. Magarki, «Sport» TV shulardan ortib, voha yoki vodiyda, umuman, Superliga doirasida kechadigan har bir o‘yinni jonli efirda uzatishni maqsad qilgan ekan, omadini bersin! Boshlagan ishlari davomli bo‘lsin.

O‘zbek futbolini yoritish moliyaviy jihatdan o‘zini oqlay olmasligini har bir jurnalist juda yaxshi biladi. Bu ish uchun qanchadan-qancha texnikani safarbar etadigan televideniyeni qo‘ying, hatto oddiygina nashr uchun ham O‘zbekiston chempionati haqida maqola yozish oson emas.

Aytaylik, yurtimizda sportga ixtisoslashgan o‘nlab saytlar bor. Shuningdek, ijtimoiy yangiliklarni yoritib boradigan bir qancha saytlarda ham sport uchun alohida bo‘lim ochib qo‘yilgan. Yana talaygina gazetalar ham topiladi. Ammo ularda asosiy urg‘u Yevropa futboliga qaratiladi.

O‘zbek futboli haqida yangiliklar esa sanoqli. Nima uchun? Chunki, Yevropa yangiliklarini xonadan chiqmay ham topsa bo‘ladi. O‘zbek futbolini yoritish uchun esa viloyatlarga chiqish lozim. Shaxsan o‘zim shuncha yil jurnalistikada ishlab, biror marta «Qizilqum» - «Buxoro» o‘yini sharhini yozish uchun Navoiyga borgan muxbirni ko‘rmadim.

 Va buning uchun OAV vakillarini ayblashga ham asos ko‘rmayapman. Chunki, Navoiy yoki Farg‘onadagi o‘yin­ni yoritish uchun safar xarajatlarini qoplash osonmas. Kim faqat fidoyilik uchun 400-500 kilometr yo‘l bosib borardi?

«Sport» esa shu vaqtga qadar baholiqudrat o‘zbek futbolini yoritib keldi. Endi telekanal bu ishni yanada kengaytirishga intilmoqda.

Shu vaqtga qadar Osiyo Chempionlar Ligasi qanday namoyish etilgan bo‘lsa, Superliga ham xuddi shunday yoritiladi.

Aslida televideniyedagi ishlar o‘tgan mavsumdayoq ko‘zga tashlanib qolgandi. Masalan, «Buxoro» - «Paxtakor» bahsi jonli efirda namo­yish etildi.

Adashmasam, stadionning yuqoridan olingan tasvirini aynan o‘sha bahsda ilk bora tomosha qilganmiz va bizda ham shu ishni uddalay oladigan rejissyorlar borligidan quvonganmiz.

Endi bunday tasvirlar O‘zbekiston chempionati doirasida tez-tez berib boriladi va nafaqat televideniYE, balki Superliga darajasini oshirishda ham muhim o‘rin tutishi turgan gap.

Xo‘sh, o‘zbek futbolida shuncha o‘zgarish bo‘layotgan ekan, biz nima qilib bera olamiz? Bu savolning javobini topish qiyin emas. Bizdan talab - shunchaki, stadionga kelaylik va sevimli jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik.

Buning imkoni bo‘lmaganda esa, «Sport» TV orqali o‘yinlarni kuzatib boraylik. Zero muxlissiz futbolning qizig‘i yo‘q. Axir millionlar o‘yini degan atama bejiz paydo bo‘lmagan-ku...

Zafar QOSIMOV

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:44, 26.02.2018. O'qildi: 7059 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик