Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

MOQda Respublika sport federasiyalari bilan yillik taqvim rejasi muhokama qilindi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Bugun, 28 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston sport federasiya va assosiasiyalar vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovlar ham ishtirok etishdi.

"Ushbu yig‘ilishni tashkil qilishdan maqsad - sport federasiyalari bilan hamkorlikda yillik taqvim rejasini qayta ko‘rib chiqishimiz lozim. Bundan buyog‘iga taqvim rejaga alohida e’tibor qaratiladi. Qaysi sport turi yil davomida nechta xalqaro musobaqa va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi? Qolaversa, turli yosh toifalarida nechta mahalliy musobaqalar tashkil etiladi? Taqvim rejasini tasdiqlashimizdan oldin shu kabi savollarga aniq va ravshan javoblarni bilib olishimiz lozim. Yana bir muhim jihati, sport turlari orasida mablag‘larni taqsimlashda shaffoflikni yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Davlat tomonidan sportga juda katta mablag‘lar kiritilmoqda. Bu xalqning puli, uni behuda sarflab yuborishga hech kimning xaqqi yo‘q. Shunday ekan, sarflanadigan har bir so‘m hisobda bo‘ladi” – dedi Umid Ahmadjonov. 

“Yaqin orada muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolanadigan qarorga ko‘ra, bir qator viloyatlarda, jumladan tog‘li hududlarda sport turlari uchun Olimpiya bazalari barpo etiladi. Dzyudo, boks, sport kurashlari, karate, taekvondo, qilichbozlik kabi sportning yakkakurash turlarida jamoaviy musobaqalarni yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Har bir viloyatning o‘z terma jamoasi bo‘lsin. Ular o‘rtasida muntazam ravishda musobaqalar tashkil etish orqali biz mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshira olamiz. Ommaviylikni oshirmay turib, katta sportda biror bir natijaga erishib bo‘lmasligini bu yerda o‘tirgan mutaxassislar juda yaxshi bilishadi” - deb o‘z so‘zini davom ettirdi MOQ rahbari.

Endi mamlakatimizdagi Olimpiya zaxiralari kollejlari terma jamoalarimiz bazalariga aylantiriladi. Ularning har birida Olimpiya markazlari tashkil etiladi va ushbu markazlarda sportchilar 24 yoshgacha sport bilan shug‘ullanish bilan birgalikda, terma jamoa murabbiylarininig doimiy nazoratida bo‘lishadi. Bir so‘z bilan aytganda Olimpiya markazlari milliy terma jamoalarimiz uchun munosib nomzodlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Milliy olimpiya qo‘mitasi esa Olimpiya zaxiralari kollejlarida barcha kerakli sharoitlarni yaratib beradi. Ularning aksariyati kapital ta’mirdan chiqariladi.

O‘z navbatida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov federasiyalar uchun lozim bo‘lgan barcha sport anjomlari imkon darajasida olib berilishi, o‘quv-mashg‘ulotlar bazalari ta’mirdan chiqarilishini ma’lum qildi.

"Zarur bo‘lgan texnik jihozlar, kerakli inventarlar bilan ta’minlaymiz. Birinchi navbatda Olimpiya zaxiralari sport kollejiga olib beramiz. Chunki ular terma jamoalarimiz asosi hisoblanadi", - dedi Shoakram Isroilov.

Shuningdek, yig‘ilish davomida MOQ Prezidenti bundan buyon Jismoniy tarbiya institutiga, Olimpiya zaxiralari kollejlariga qabul jarayonlarida federasiyadagi mutaxassislarning roli katta bo‘lishini ta’kidlab, kimda qanday taklif yoki muammolar bo‘lsa qabul qilishga tayyor ekanligini aytdi.

Yig‘ilish davomida federasiyalar vakillari bilan shart-sharoitlar, oldinda turgan maqsad va vazifalar hamda shtat jadvallari borasida muhokama bo‘lib o‘tdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 21:14, 28.02.2018. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик