Bugun 21 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 0:3
      • Komo
  • La-liga
      • 20.01.2026 01:00
      • Elche
      • 2:2
      • Sevilya
  • APL
      • 20.01.2026 01:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Bornmut
  • ECHL
      • 20.01.2026 20:30
      • Qayrat
      • 1:4
      • Bryugge
      • 20.01.2026 22:45
      • Bude-Glimt
      • 3:1
      • Manchester Siti
      • 21.01.2026 00:52
      • Kopengagen
      • -:-
      • Napoli
      • 21.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Ayaks
      • 21.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 1:2
      • Ayaks
      • 21.01.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 2:0
      • Borussiya D
      • 21.01.2026 01:00
      • Sporting
      • 2:1
      • PSJ
      • 21.01.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 6:1
      • Monako
      • 21.01.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • 2:0
      • Bayer
      • 21.01.2026 01:00
      • Inter
      • 1:3
      • Arsenal
      • 21.01.2026 01:00
      • Kopengagen
      • 1:1
      • Napoli
      • 21.01.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • -:-
      • Ayntraxt F
      • 21.01.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.01.2026 01:00
      • Bavariya
      • -:-
      • Yunion
      • 22.01.2026 01:00
      • Marsel
      • -:-
      • Liverpul
      • 22.01.2026 01:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • PSV
      • 22.01.2026 01:00
      • Slaviya
      • -:-
      • Barselona
      • 22.01.2026 01:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Pafos
      • 22.01.2026 01:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Benfika
      • 22.01.2026 01:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Atletik Bilbao
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Elche 20 24
9 Real Sosyedad 20 24
10 Atletik Bilbao 20 24
11 Jirona 20 24
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Sevilya 20 21
15 Malyorka 20 21
16 Xetafe 20 21
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona
20-тур Elche 2-2 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Milan»ning yangi umidi – Patrik Kutrone

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Inqirozdan forig‘ bo‘lishga ulgurmagan nomdor jamoa hyech bo‘lmaganda yevrokuboklar hududidan joy olish uchun harakat qilmoqda. Ammo ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samarasi talab darajasida emas.

Shunday murakkab vaziyatda muxlisu-mutaxassislar jamoaning iqtidorli tarbiyalanuvchisi Patrik Kutronega umid qilishmoqda.

Yaqinda Jennaro Gattuzo o‘ziga xos topqirlik bilan yosh shogirdini mashhurlikning salbiy illatlaridan muhofaza qilishga urinib ko‘rdi:

«Biz Kutronega bosim o‘tkazmayapmiz. «Milan» tarkibida shuncha gol urishga ulgurgan eng yosh futbolchiga aylangani uning boshini aylantirib qo‘ymasligi lozim.

Buning uchun Patrik samarali to‘p surish bilan birgalikda hordiq chiqarishni ham o‘z joyiga qo‘ymog‘i darkor. Umid qilamanki, u maroqli dam olishda munosib hamroh bo‘la oladigan go‘zal va aqlli qayliqni tanlay oladi».

Mazkur e’tirofdan ke­yin «Milan»ning «Tvitter»i sohibjamol qizlar suratlari bilan to‘lib ketdi. Hozirda «rossoneri»ning asosiy umidi bo‘lib turgan yosh hujumchining shaxsiy hayoti hanuz shakl­lanmaganligi jamoa bosh murabbi­yini jiddiy xavotirga solmoqda.

Patrik Kutrone «Milan»ning asosiy tarkibida ilk marta avvalgi mavsumda paydo bo‘ldi: so‘nggi tur arafasidagi «Bolonya»ga qarshi uchrashuvning ahamiyati unchalik muhim emasdi - jamoa yevrokuboklar hududidan joy olgani aniq bo‘lgach, Montella yosh hujumchiga besh daqiqa to‘p surish imkonini bergandi.

Bungacha bosh murabbiy tavakkalchilikka qo‘l urishga botina olmagandi. Oldingi ikki mavsumni Primaverada o‘tkazgan Patrik yuqori sermahsullikni namoyish etib, o‘rtacha har bir o‘yinda bittadan golni o‘z hisobiga yozib qo‘ygandi. Biroq «Milan» yozda «Portu»dan Andre Silvani xarid qildi.

Nikola Kalinichni esa keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga oldi. Bir yo‘la ikki nafar markaziy hujumchining paydo bo‘lishi Kutrone uchun umuman imkoniyat qoldirmaydigan hukmdek edi.

Kim biladi deysiz, balki mutasaddilar ikki nafar o‘rtamiyonadan ko‘ra bir nafar yulduzni xarid qilganlarida, to‘g‘riroq bo‘larmidi? Oxir-oqibat, qishda Kalinichni Xitoyga sotib yuborishga urinishdi. Ammo futbolchi bunga rozi bo‘lmadi.

Silva esa «ishonchni oqlay olmadi» - «Milan» sport direktori Massimiliano Mirabellining fikri aynan shunday. Bundan tashqari, Kalinichning kelishuvi 22 avgustda rasmiylashtirildi, jamoa esa YELning saralash bellashuvlari bois mashg‘ulotlarni ancha barvaqt boshlab yuborgandi.

Italiyalik yosh iqtidor sohibi 3 avgust kuni maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi va YELning saralash uchrashuvida gol urdi. U «A» seriyaning dastlabki turida ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Oradan 3 kun o‘tgach, YEL saralash bosqichining navbatdagi bahsida aynan Patrikning goli «Milan» g‘alabasini ta’minladi.

Yana 3 kundan keyin hujumchi «Kalyari»ga qarshi kechgan uchrashuvda hisobni ochdi. Biroq sentyabr oyida Montella Kalinichni yaxshi sport formasiga chiqdi, deb hisoblab, chempionat o‘yinlarida uni maydonga tushira boshladi. Silva bilan Kutrone esa kubok va YEL o‘yinlarida maydonga tushirildilar.

Shundan keyin Kutrone bir oyni golsiz o‘tkazdi, «Riyeka» darvozasi zabt etilgach, yana g‘oyib bo‘ldi. Chunki u muntazam ravishda maydonga tushmayotgandi.

Nihoyat, noyabrning oxirida mutasaddilar Montelladan voz kechishgach, voqealar rivoji keskin o‘zgarib ketdi. Chunki yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo aynan Kutronega ko‘proq ishonch bildira boshladi. Albatta, birdaniga ko‘rsatkichlarni yaxshilashning iloji yo‘q edi.

Gattuzo esa mag‘lubiyatlar uning uchun pichoq tig‘idan ko‘ra kuchliroq azob ekanligini ro‘y-rost e’tirof etgandi. Aksiga olib, «Milan» so‘nggi pog‘onani band etib turgan «Benevento» bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Yana qay tarzda deng? «Milan» darvozasini raqib darvozaboni ishg‘ol etdi!

Lekin Patrik baribir maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Jennaro Gattuzo rahbarligidagi ikki oy davomida 9 marta boshlang‘ich tarkibdan joy ola bildi va 7 marta raqiblarni gol bilan jazoladi.

Hozirda Kutroneni Filipo Inzagiga qiyoslash an’ana tusini olgan. Bu nafaqat xorijlik kasbdoshlarimiz, balki Luka Antoninidek futbol darg‘alarining e’tirofi. Bu borada Patrik «ofsayd» chizig‘ida samarali harakat qilishi, to‘pga birinchi teginish bilan raqib ta’qibidan qochib keta olishi bilan mashhur kasbdoshini eslatadi.

Uning uchun to‘pni raqib darvozasiga qay tariqa yo‘llashning farqi yo‘q: «Ludogores» darvozasini burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan zarba berish or­qali zabt etdi, SPAL ikki marta o‘ng oyoq bilan berilgan zarbani o‘tkazib yubordi, «Austriya»ga chap oyoq bilan, «Lasio»ga esa... qo‘l(!) bilan gol urdi.

Kutrone raqibni aldab o‘tishdan ko‘ra to‘pni bo‘sh hududga yo‘llash va raqiblar orasidan o‘tib, yana egallab olishni xush ko‘radi. Ochig‘i, yosh hujumchi bosh bilan zarba berish borasida maqtana olmaydi - yakkakurashlardagi samarali harakati 20 foizga teng.

Bu borada Kalinich undan ikki baravarga yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Italiyalik hujumchining asosiy ustunligi shundaki, uning sermahsulligi jamoaning o‘yin saviyasiga bog‘liq emas. 21 yoshgacha bo‘lgan mamlakat terma jamoasi tarkibida 5ta uchrashuvda 4ta gol urdi.

Patrik raqib himoyachilaridan qaytgan to‘plarni ilib olishda, ularning pozision xatolaridan unumli foydalanishda ajoyib mahoratga ega. Qisqasi, unda an’anaviy «to‘qqizlik»da bo‘ladigan barcha fazilat va kamchiliklar mavjud.

Lekin  foydali ish koeffisiyenti o‘ta yuqori. «A» seriyadagi 5ta gol uchun atigi 13ta zarba sarfladi. YELdagi ko‘rsatkichi biroz kamtarinroq (19ta zarbadan 4ta gol) bo‘lsada, bu borada unga yaqinlasha oladigan mergan hozircha yo‘q.

Shuni qo‘shimcha qilish lozimki, 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida faqat Kilian Mbappe joriy mavsumda Patrikdan oldinda bormoqda: fransiyalik to‘purar 15ta gol uchun 33ta zarba ishlatgan, Kutrone esa 14ta golni 30ta zarbada amalga oshirgan. Vaholanki, bu italiyalik hujumchining debyut mavsumidagi natijasi.

Qolaversa, 4ta uchrashuvda 3ta gol ursa, Kiliandan o‘zib ketadi. Jamoaning kelajagini rejalashtirishda Massimiliano Mirabeli ehtiyotkorona ish tutmoqda: «Muntazam ravishda hukmronlik qilish va sovrinlarni qo‘lga kiritishning iloji yo‘q. Hozir yorqin g‘alabalar uchun mustahkam poydevor yaratishning ayni payti. Biz navqiron jamoani shakllantirdik».

Darhaqiqat, sport direktori vaziyatga to‘g‘ri baho bermoqda. Agar yozgi xaridlarni e’tiborga olmaydigan bo‘lsak, albatta. Biroq biz ikkinchi yoz fasliga tobora yaqinlashyapmiz - 30 yoshli Kalinich va Bonuchchining ishtiroki Jennaro Gattuzoning tobora yoshlarga ko‘proq ishonch bildirayotganiga soya sololmaydi.

Donnarumma, Romanyoli, Kalabria, KessYE, Kutrone 23ga, Chalxanoglu va Suso 25ga chiqib ulgurishmagan. Xullas, ko‘pchilikning hatto xayoliga ham kelmagan Jennaro Gattuzo «Milan»ni inqirozdan forig‘ qilishga yaqin turibdi. Bosh murabbiylik lavozimiga kelishi yanada salmoqliroq samara keltirishi ham mumkin.

Endi Mirabellidan «Gattuzo biz bilan yana 10 yil ishlasa, yo‘q demasdim» qabilidagi e’tiroflar yangraganida gap nimada ekanligi oydinlashadi. Sport direktori «Milan»ning ahil jamoaga aylanganidan mamnun. Gattuzo chindan ham pul emas, jamoa sha’ni uchun ishlayapti.

Uning maoshi o‘rinbosarlar jamoasidagidan (yiliga 120000 yevro) o‘zgargan emas. 20 yillik umrining 12 yilini «rossoneri» tizimida o‘tkazgan xaloskor Kutrone ham kamtarona ish haqi (250000 yevro) borasida e’tiroz bildirgan emas. Vaholanki, mahsuldorlik bobida Mbappe bilan yonma-yon ketmoqda.

To‘g‘ri, Gazzette dello Sport ma’lumotlariga ko‘ra, klub mutasaddilari yosh hujumchiga yangi shartnoma taklif etish ustida ish olib borishmoqda.

Maoshning oshirilishi xususida gap bo‘lishi mumkin emas. Murabbiy esa sermahsul shogirdiga aqlli, odobli «Milan» muxlisasi qayliq bo‘lishini tilamoqda.

Ma’lumot uchun

Patrik Kutrone

Yoshi: 20

Ampluasi: hujumchi

Bo‘yi: 183 sm., Vazni: 75 kg.

«Milan» tarkibidagi ishtiroki: 30ta o‘yin - 14ta gol.

2017|2018 yillar mavsumidagi maoshi: 250000 yevro.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:41, 08.03.2018. O'qildi: 3175 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Сельта Borxa Iglesias 7
10 Барселона Lamin Yamal 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.