Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. G‘oliblik uchun imkoniyat kimda ko‘proq?

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropa chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashda ko‘hna qit’aning eng kuchli (ayni paytdagi) 8 jamoasi qoldi. Kimlarningdir sevimli jamoalari kurashdan chiqib ketgan, yana kimlarningdir jamoalari sovrin uchun dadil qadam tashladi. Bir-biriga o‘xshamas, ajoyib 8 jamoa. Bu 8 jamoaning o‘yin uslubi deyarli 8 xil. Lekin, tan olib aytish kerakki, g‘oliblik uchun imkoniyatlar teng emas. Ha, albatta, Mourinyoning “Portu”si yoki ser Aleks Fergyussonning “Aberdin”i ko‘rsatgan natijani bu jamoalar ichidagi “Sevilya” takrorlay olmaydi, deya olmaymiz. Lekin, yana kim biladi? Hozir qur’a oldidan chempionlik uchun qaysi jamoada qanday imkoniyat bor ekanligini foiz ko‘rinishda chamalashga urinib ko‘ramiz. Yuz foizlik imkoniyatni 8 jamoaga bo‘lib yubordik....


“SEVILYA” — 3 foiz


Bir qarashda bu foiz juda ham kamdek ko‘rinar, lekin qolgan yettita jamoaning salobati oldida “Sevilya”, o‘zbekcha aytganda, “choy ichib” qoladigandek ko‘rinyapti. To‘g‘ri, jamoa “Manchester Yunayted”ni yengib, tarixga kirib bo‘ldi. Muxlislari uchun ular allaqachon qahramonlar. “Orzular teatri”da ko‘rsatgan mardanovor o‘yini bilan hali ko‘p yillar faxrlanishsa arziydi.

“LIVERPUL” — 5 foiz


Mersasaydliklar guruhda “Sevilya”dan ortda qolishgan bo‘lsa ham pley-offda juda yorqin o‘yin ko‘rsatishdi, go‘yo. Jamoaning “Sevilya”dan imkoniyati ko‘proq baholanayotganining sababi Muhammad Saloh va uning jamoadoshlari tobora o‘zlarining pik formasiga chiqib borishmoqda. “Liverpul” o‘zining hujumkor va ochiq futboli bilan qolgan yetti jamoadan ajralib turadi. Bu shunday jamoaki, xohlaganicha gol uradi, xohlaganicha o‘tkazadi, eng kuchli jamoani ham yenga oladi, autsayderlarni ham tez-tez xursand qilib turadi. “Liverpul”ning barqaror o‘yin ko‘rsatmaganligi balki uning imkoniyatini pasaytirib yuborgandir.

“ROMA” – 6 foiz


Rimliklar bu mavsum juda ham mazmunli o‘yin ko‘rsatishmoqda. Chempionlar ligasi uchun yig‘ilgan jamoadek ular guruhda kimsan “Atletiko”ni qoldirib, “Chelsi”dan ko‘proq ochko to‘plagancha guruhda birinchi bo‘lishdi. Ularning “Chelsi” bilan mehmondagi o‘yinlari bu mavsum guruh bosqichidagi eng chiroyli o‘yin bo‘ldi, desak fikrimizga qo‘shilsangiz kerak. “Roma” anchadan beri bu turnir pley-offini sog‘ingan, pley-off ham uni sog‘inganiga shubhamiz yo‘q. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

“YUVENTUS” — 13 foiz


Eh, “Yuventus”, “Yuventus”, seni “Tottenhem”ning muxlislari qanchalik “yoqtirib” qolishganini bilsang edi. Turinliklar “shpor”lar bilan juda og‘ir ikkita o‘yin o‘tkazishdi. Ayniqsa, “Uembli”dagi javob o‘yini eng qiyinlaridan biri bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz. “Shpor”lar hisobni ochishganidan so‘ng o‘yinning borishi “Yuventus”ni poyezdi so‘nggi bekatiga kelganday ko‘rinish uyg‘otgandi. Lekin, ikkinchi bo‘limda argentinaliklar poyezdni relsga tushirib yuborishdi. Ularga esa Jiji ancha qarashdi. Ayniqsa, so‘nggi daqiqalarda “Yuventus” xarakterli jamoaligi bilan maqtansa arzirdi.

“BAVARIYA” — 15 foiz


Myunxenning “Bavariya”si UYEFA chempionlar ligasining bu bosqich mezboni desa ham bo‘ladi. Jamoa juda ham tartibli va sovuqqon futbol namoyish etmoqda. Rulni Yup Xaynkes qo‘liga olgach, “Bavariya” ancha tezlikni oshira oldi.”Beshiktosh” bilan o‘yinlarda ular xohlaganini qilishdi. Endi qur’adan so‘ng “Bavariya”ning raqibi kim bo‘lishidan qat’i nazar, hech bir jamoa bu klubni ro‘parasida ko‘rishni istamasa kerak. Chunki bu klub o‘zi ishtirok etadigan hamma turnirda xohlasak - xohlamasak doim favorit.

“MANCHESTER SITI” — 18 foiz


“Shaharliklar” bu mavsumni fantastik o‘tkazishmoqda. Ular dunyoning eng qiyin va shu bilan birgalikda eng kuchli, tomashabop chempionatida yakka peshqadamlik qilishmoqda. Chempionlik marrasi ular uchun deyarli ko‘rinib qoldi. Chempionlar ligasida juda ham ishonchli harakat qilishmoqda. Ularni bu reytingda qo‘rqmasdan birinchi o‘ringa chiqargan bo‘lardik, ammo, lekin, biroq… tajriba, tajriba va yana tajriba. “Manchester siti” o‘yin bobida 8 jamoa ichida eng kuchlisi bo‘lishi mumkin, ammo, bu turnirda soniyalar keyingi bosqich masalasini hal qiladi.SHu sabab, “Manchester Siti” ikki jamoani o‘zidan oldinga o‘tkazib yubormoqda va bu ikki jamoa sezganingizdek…

“BARSELONA” — 20 foiz


Ha, kataloniyaliklar “Chelsi” bilan javob uchrashuvini yirik hisobda yengishgan bo‘lsa ham, o‘sha oqshom maydonda jang qilishdi. Villian va uning jamoadoshlarini zamonamiz futbolining erkatoy shahzodasi Messi boshlarini silab uyga kuzatib yubordi. “Barselona” Ispaniyada chempionlik uchun juda yaqin turibdi. Ularda hozir hammasi a’lo darajada ketmoqda. Deyarli katta yo‘qotishlar yo‘q, Dembele safga qaytgan va hokazo. Lekin jamoaning yutuqlarida asosiy omil — “Barsa”da yana ichki muhit ancha yaxshi. Jamoa jipslashmoqda. Messi yana qirolik taxtga ko‘tarilish uchun bor kuchini maydonda ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. “Barselona”ning turnirdagi imkoniyatlari baribir shu yigitchaga chambarchas bog‘liq.

“REAL MADRID” — 20 foiz


Bu ikki jamoani qanday qilib bir-biridan ustun qo‘yish mumkin. Zamonamizning ikki qiroli to‘p suradigan ikki gigant jamoalar. Mana 10 yildirki, ular oltin to‘p uchun kurashda navbati bilan g‘olib bo‘lishmoqda. Ular to‘qnashganda dunyo ikkiga bo‘linadi. Shahzodalar taxt uchun ayovsiz kurashda davom etishmoqda. Ha, Ranaldu “PSJ” bilan o‘yinlarda taxtga hali davogar ekanini namoyish etib qo‘ya oldi. U jamoasini xuddi Messidek ortidan yetaklab chiqdi. Shu yerda Karlo Anchelotini bir gapi esimga tushib qoldi. “Agar “Real” “PSJ”dan o‘ta olsa, unda ularni hech kim to‘xtata olmaydi”. “Real” “PSJ”dan o‘ta oldi. O‘tganda ham haqqoniy o‘tdi. Jamoa xuddi gladiatorlardek kurashdi va natijaga erisha oldi. “Real”ning katta g‘alabalarida men Ramos, Marcelo, Ronaldu uchligi hissasini katta deb hisoblayman.

Yakun…
Bu shunchaki arifmetika xolos. Maydon tekis, to‘p yumaloq. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Pley-offdagi 8 jamoaga ham omad tilaymiz. Ularning shiddatli va yorqin o‘yinlariga muxlislar mushtoq.

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:20, 16.03.2018. O'qildi: 27809 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик