Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 11 25
2 OKMK 11 23
3 Dinamo 10 22
4 Navbahor 11 20
5 Neftchi 10 19
6 Paxtakor 11 18
7 Bunyodkor 11 17
8 Surxon 11 13
9 Andijon 11 12
10 Qo‘qon-1912 11 12
11 Mash’al 11 12
12 Xorazm 10 11
13 Qizilqum 10 11
14 So‘g‘diyona 11 9
15 Buxoro 11 8
16 Sho‘rtan 11 5

O'tgan o'yinlar.

11-тур Andijon 2-1 Surxon
11-тур Nasaf 1-0 OKMK
11-тур Neftchi 4-0 Sho‘rtan
11-тур So‘g‘diyona 1-1 Buxoro
11-тур Navbahor 3-0 Qo‘qon-1912
11-тур Paxtakor 2-1 Xorazm
11-тур Dinamo 3-2 Qizilqum
11-тур Mash’al 1-1 Bunyodkor

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 01.06.2025

      05:55 Новости футбола.
      06:00 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Вольфсбург".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "РБ Лейпциг".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Бавария Мюнхен".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Боруссия Дортмунд".
      14:05 Новости футбола.
      14:10 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Бохум".
      16:10 Новости футбола.
      16:15 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Байер 04 Леверкузен".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Чемпионат Германии. "Хольштайн Киль" - "Айнтрахт Франкфурт".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 "Голевая неделя".
      20:55 LIVE Чемпионат Турции. Прямая трансляция.
      23:00 Чемпионат Германии. Обзор сезона.
      00:00 Новости футбола.
      00:05 Чемпионат Германии. "Хоффенхайм" - "Вердер Бремен".
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Турции.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Бохум".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 01.06.2025

      05:30 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. 7-й мемориал Ирены Шевиньской в Быдгоще, Польша.
      07:35 "Лучшие из лучших".
      08:00 Борьба. Ulaanbaatar Open в Улан-Баторе, Монголия.
      10:10 Д/ф "Леброн Джеймс. Король площадки".
      11:05 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Kip Keino Classic в Найроби, Кения.
      13:25 "Непобедимый".
      13:55 LIVE Борьба. Ulaanbaatar Open в Улан-Баторе, Монголия. Прямая трансляция.
      17:00 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 2 на автодроме "Игора Драйв".
      17:55 Бильярд. Кубок мэра Москвы. Мужчины. Свободная пирамида.
      20:15 "Лучшие из лучших".
      20:45 Д/ф "Финт Боброва".
      23:05 Борьба. Ulaanbaatar Open в Улан-Баторе, Монголия.
      01:15 "Вы это видели".
      02:05 "Непобедимый".
      02:35 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Kip Keino Classic в Найроби, Кения.
      04:45 Бильярд. Кубок мэра Москвы. Мужчины. Свободная пирамида.
  • MATCH-TV
    • Sana: 01.06.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Эрин Бланчфилд против Мэйси Барбер, Матеуш Гамрот против Людовита Клайна. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 М/с "Чемпионы".
      12:25 "Что за спорт?". "Экстрим".
      12:55 "Вы это видели".
      13:55 LIVE Регби. Pari Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Москва) - "Красный Яр" (Красноярск). Прямая трансляция.
      16:00 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. Финал. ЦСКА (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). 3-й матч. Прямая трансляция.
      18:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:00 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. Суперфинал. "Ростов" (Ростов-на-Дону) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:45 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Эрин Бланчфилд против Мэйси Барбер.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:35 Д/ф "Великий "Юнайтед".
      03:35 "Магия большого спорта". "Футбол".
      04:05 Бокс. Кубок Победы. Этап 2 в Саранске, Россия.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 01.06.2025

      06:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 20. Веррес - Сестриере.
      08:00 Теннис. "Ролан Гаррос". День 7.
      09:30 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 1.
      11:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 2 в Сан-Франциско, США. Женщины, мужчины.
      13:30 LIVE Теннис. "Ролан Гаррос". День 8. Прямая трансляция.
      17:45 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 21. Рим - Рим. Прямая трансляция.
      22:30 LIVE Теннис. "Ролан Гаррос". День 8. Прямая трансляция.
      02:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 21. Рим - Рим.
      02:55 LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 6 в Денвере, США. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. Прямая трансляция.
      04:05 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 21. Рим - Рим.
      04:30 Теннис. "Ролан Гаррос". День 8.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ruslan Mustayev: “Jahonning hech bir mamlakatida bizdagi kabi davlat rahbarining sportga bu qadar e’tibori, g‘amho‘rligini ko‘rmaganman”

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbek sporti mutaxassislari, yurtimizdagi sport federasiyalari mutasaddilari mamlakatimiz sportida ro‘y berayotgan islohotlarga o‘z munosabatlarini bildirishda davom etadilar. Bugungi mehmonimiz, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ruslan Mustayevdir.

-Ruslan Bulatovich, Milliy olimpiya qo‘mitasiga xush kelibsiz. Fursatdan foydalanib, sizni tabriklab o‘tmoqchiman. Yaqinda O‘zbekiston gimnastika federasiyasi Xalqaro gimnastika federasiyasi tomonidan jahondagi federasiyalar orasida yetakchi o‘rinlarda qayd etildi. Bu juda yoqimli. Shu munosabat bilan MOQ nomidan sizni tabriklab qolamiz. Umuman, so‘nggi paytlarda o‘zbek sportida turli o‘zgarishlar, islohotlar yuz bermoqda. Siz bu o‘zgarishlarni qanday baholaysiz?

-Eng avvalo qo‘llab-quvvatlayotganliklari uchun davlatimizga, qolaversa Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bunday holat hamma mamlakatlarda ham kuzatilmaydi. Ochig‘i faoliyatim davomida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lganman, ammo hech qayerda bizdagi kabi bevosita  davlat rahbarining sportga yuksak e’tibori, g‘amho‘rligini ko‘rmaganman.   Buni bizning mamlakatimizga tashrif buyuradigan mehmonlar ham alohida ta’kidlab o‘tishadi. Tashkilotchilik ham yuqori saviyada bo‘ladi. Bu nafaqat gimnastikada, boshqa sohalarda ham kuzatilmoqda. Xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar bizda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘ylganligini ta’kidlab o‘tadilar.

Undan tashqari, MOQning yangi rahbari Umid Mahamadjonovich ham muammolarni ichiga kirib o‘rganadigan inson ekan. Sportni katta bir samolyotga qiyoslasak, uning eng mayda qismlari nosoz bo‘lsa ham samolyot havoga parvoz qilolmasligi mumkin. Men bu misolni nega keltirib o‘tayapman? Hozirda muammolar eng quyi bo‘g‘inlardan o‘rganilmoqda va ularni bartaraf etish uchun barcha vosita ishga solinmoqda. Bu esa o‘sha men aytib o‘tgan samoletning barcha detallari soz bo‘lishi va u bemalol yuksaklarga parvoz qilishi mumkinligini anglatadi. MOQ Prezidenti ishga shunday tarzda yondoshar ekan.

Olimpiya harakatida barcha sport turlariga birdek e’tibor qaratilishi,bu borada rivojlanish uchun kuchli istak bo‘lishi lozim. Umid Ahmadjonov yig‘ilishlarda muammolarni eng quyi bo‘g‘indan boshlab o‘rganish lozimligini ta’kidlab keladi. To‘qqiz qavatli uyni ham bir qavatli bino uchun mo‘ljallangan poydevor ustiga qurib bo‘lmaydi. U qulab tushadi. Shunday ekan eng avvalo tizimda mustahkam poydevor yaratilayotganligi bizning eng katta yutug‘umiz bo‘layapti.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi farmoni, sport tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan harakatlar haqida nimalar deya olasiz?

- Bir joyda to‘xtab qolmayapmiz. Bir necha yil davomida yo‘l qo‘yilgan muammolarga endi boshqacha yo‘nalishda yondoshilmoqda. Yangi farmonda rivojlanishning bosqichlari aniq qilib ko‘rsatib berilgan. Ushbu hujjat asosida yangicha ruxda ishni tashkil etamiz. Olimpiya zaxiralari kollejlari borasida gapiradigan bo‘lsak, bu borada ham islohotlar bo‘lishi lozim edi. Imoratani qurib bitkazgandan so‘ng, uni ora-orada ta’mirlab ham turishimiz lozim. Sport tizimida ham "ta’mirlash ishlari" olib borish, olib borganda ham "kapital ta’mirlash ishlari" tashkil qilinishi kerak edi. Bu juda to‘g‘ri qaror. OZKda o‘qiyotgan sportchi davlatning hisobiga ta’lim olayotganini his qilib turishi lozim. Buni oqlash oson emas. Davlat uning o‘qishi, ovqatlanishi, yashashi, jismoniy tomonlama rivojlanishi uchun mablag‘ ajratar ekan, u ma’naviy tomonlama bunday mas’uliyatni his qilib turishi lozim.

U o‘zining yaxshi natijalari bilan bunday  g‘amxo‘rlik va e’tiborga javob qaytara olishi lozim. Ko‘pgina viloyatlardagi OZKda gimnastika bo‘yicha bo‘limlar ochilgan. Ammo, afsuski u yerdagi tizim noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgandi. Ba’zi holatlarda o‘qish uchun noloyiq sportchilar, gimnastikaga umuman aloqasi bo‘lmagan yoshlar ham borligi ko‘zga tashlanardi. Ahir bu o‘z nomi bilan Olimpiya zaxiralari kolleji. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Olimpiya terma jamoasi uchun munosib nomzodlar yetkazib berishi kerak bo‘lgan dargohdir. U yerda o‘qishga noloyiq bo‘lgan o‘quvchilarni ushlab o‘tirish noto‘g‘ri. Yaxshisi bu joyni munosib sportchilarga bo‘shatib berishimiz kerak. Masalan, o‘sha xududda rivojlangan sport turlariga. Bu sport kurashlari, og‘ir atletika, boks, dzyudo yoki boshqa sport turlari bo‘lishi mumkin. Gimnastika rivojlangan, baza va murabbiylar tayyor xududlarga esa biz qo‘shimcha kvotalar so‘radik. Bo‘ to‘g‘ri yo‘nalishdir. Qilinayotgan ishlar albatta o‘z samarasini beradi. Bunga ishonchim komil.

Albatta, yuqori natijalar tezda qo‘lga kiritilmaydi. Ammo, ertami-kechmi bu natija beradi. Biznes bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, buni uzoq muddatga investisiya kiritishga qiyoslasa bo‘ladi. Gimnastika bilan shug‘ullanish besh-olti yoshdan boshlanadi. 12 yoshli qizni sportning ushbu turiga jalb etib, undan natija kutishning imkoni yo‘q. Sportning ushbu turida yoshligida qo‘yilgan ilk qadamlar, orttirilgan malaka va tajriba uzoq yillardan so‘ng o‘z samarasini beradi. Bo‘lg‘usi chempionlar 18 yoshga to‘lgunicha kamida 13 yil davomida uni tarbiyalab boramiz. Olimpiya qo‘mitasining ishga yondoshuvi ham shu tarzda kechmoqda.

- Osiyo miqyosidagi musobaqalarda bizning gimnastikachilar muvaffaqiyatli ishtirok etib keladilar. Qolaversa, Bokudagi Islom birdamlik o‘yinlarida ham ular ajoyib natijalarni qo‘lga kiritdilar. Bunga Anastasiya Serdyukova, Sabina Tashkenbayeva, Nurinisso Usmonovalarning muvaffaqiyatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bir savol bizni qiziqtirmoqda. Badiiy gimnastikachilarimiz qachon Olimpiya o‘yinlarida medallar qo‘lga kiritishlari mumkin? Bu qanchalik xaqiqatga  yaqin?

- Bunga aniq javob berish juda qiyin. Bizning ham asosiy maqsadimiz Olimpiya o‘yinlarida medallar qo‘lga kiritishdir. Taqqoslash yo‘li bilan sizga misol keltirmoqchiman. 2008 yilda Pekindagi Olimpiya o‘yinlari oldidan sportchimiz Ulyana Trofimova saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Dunyo bo‘yicha faqatgina eng sara  24 nafar badiiy gimnastikachigina Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olishi mumkin. O‘shanda u 26-natijani qayd etgan va yakunda yo‘llanmadan quruq qolgandi. 2011 yilgi jahon chempionatida (Olimpiya o‘yinlari uchun lisenzion musoabaqa) 12-o‘rinni egallab, London 2012 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘lgan. Ana shu tariqa 2012 yilda Buyuk Britaniya poytaxtida Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik ilk badiiy gimnastikachi ushbu nufuzli sport bellashuvlarida qatnashgan.

2016 yilda esa yakkalikdan tashqari, jamoaviy bahslarda ham qizlarimiz yo‘llanmani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. U yerda faqatgina 12ta o‘rin ajratilgan. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ular dunyoning eng kuchli 12ta terma jamoasi qatoridan o‘rin ola bilganlar. Statistika ham biz rivojlanayotganimizni ko‘rsatib turibdi. Olimpiya o‘yinlarida qachon medal qo‘lga kiritishimiz mumkinligi haqidagi savolingizga esa javob bera olmayman. Chunki, sportning ushbu turida bir narsani oldindan aytish, bashorat qilish qiyin. Bu yerda mayda detallar ham muhim rol o‘ynaydi. Musiqadan tortib mashqlargacha, dasturlar murakkabligidan tortib, uning ijrosigacha, hattoki liboslar ham e’tiborga olinadi.

- Biz o‘zimizning ichki zaxiramiz bilan, qaratilayotgan katta e’tibor orqali Olimpiya o‘yinlari medallariga umid qilishimiz mumkinmi? Yoki baribir xorijiy malakali murabbiylarni jalb etishimiz kerak bo‘ladimi?

- Hukumat tomonidan gimnastikani rivojlantirish uchun  katta ishlar qilinmoqda. Sportning istalgan yo‘nalishida xalqaro munosabatlarsiz, tajriba almashinuvlarisiz  muvaffaqiyatlarga erishishning imkoni yo‘q. Buning uchun albatta xalqaro ekspertlar, tajribali mutaxassislar bilan ishlash lozim. Bugungi kunda federasiyamizda bu borada ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya gimnastika federasiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelamiz. Tashkilot prezidenti Irina Viner ham O‘zbekiston o‘z uyi ekanligini ta’kidlab keladi. U bizning gimnastikachilarimizni nomma-nom juda yaxshi biladi. Irina Aleksandrovnaning bevosita yordami bilan  Rossiyada faoliyat ko‘rsatayotgan dunyodagi eng kuchli gimnastika markazi mutaxassislari, xoreograflar, murabbiylar mamlakatimizga kelib, mashg‘ulotlar, seminarlar o‘tkazib turishibdi.

- Afsonaviy sportchimiz Oksana Chusovitina haqida so‘ramoqchi edim. U o‘tgan yili Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish bo‘yicha "Ginnes rekordlari" kitobiga kiritildi. Shuningdek, jahon gimnatikasining Shon-sharaf zaliga kiritildi. U keyingi Olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etmoqchi. O‘zbekiston gimnastika federasiyasida kelajakda uning boy tajribasidan foydalanishni, murabbiy sifatida hamkorlik olib borish rejasi bormi?

- Shubhasiz, bizga bunday tajribali inson juda kerak. Ammo, uning qanday murabbiy ekanligini tajriba, amaliyot ko‘rsatib beradi. Yaxshi sportchi har doim ham kuchli murabbiy bo‘lavermaydi. Yoki aksincha, kuchli murabbiy o‘z vaqtida oddiy sportchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kelajakda, Oksanani o‘z federasiyamizda bosh murabbiy sifatida bo‘lmasa ham, kamida ekspert murabbiy sifatida ko‘ryapmiz va kelajakda uning boy tajribasidan foydalanmoqchimiz.

Statistika bo‘yicha amerika futboli, regbi yoki boshqa sport turlari emas, sport gimnastikasi eng ko‘p jarohat olinadigan sport turi sifatida qayd etiladi. Bu sportda juda katta tezlikda harakat qilinadi. Ba’zi holatlarda miya bu harakatlarni ilg‘amay qoladi. Shu sababdan ham qizaloqlarni besh yoshidan boshlab mashg‘ulotlarga jalb etib, ularni bunga tayyorlab boramiz. Bu borada shuningdek, sportchining ruxiy tayyorgarligi ham katta rol o‘ynaydi. Riodagi Olimpiya o‘yinlarida ham fransiyalik sportchining qanday jarohat olganini minglab muxlislar ko‘rdi. Sportda bunday holatlar ham bo‘lib turadi. Bu juda og‘ir. Shu sababdan, tajribali Oksana Chusovitinadan bu borada katta yordam kerak bo‘ladi. Ruxiy tayyorgarlik, jarohatlarni chetlab o‘tish, qiyin mashqlarni bajarish borasida uning  yordami bizga as qotadi. U kamida maslahatchi, yoki murabbiy sifatida bizga yordam beradi.

- Bu yil bizni oldinda ikkita muhim musobaqa kutib turibdi. Birinchisi albatta Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari. Shuningdek, Argentinada o‘tkaziladigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlaridir. Bu muhim musobaqalarga terma jamoamiz qay tarzda tayyorlanmoqda? Rejalar, maqsadlar qanday?

- Men bashorat qila olmayman. Irimga ham ishonmayman. Ammo doimo shunday deyman: "Xudo xohlasa!". Barchasi sportchilarimizning sog‘lig‘iga bog‘liq. Ularning yaxshi ishtirok etishlari uchun kerakli shart-sharoitlar hukumat, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, federasiya tomonidan yaratib berilgan. Endi faqat mehnat qilish, mashqlarni yaxshi o‘zlashtirish va sog‘liq kerak. Bu eng muhimi. Biz o‘yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqchimiz.

- Sizga katta rahmat. O‘z o‘rnida, biz Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan, sportchilarimizga, gimnastika federasiyasiga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Zafar Imomxo‘jayev suhbatlashdi

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:35, 16.03.2018. O'qildi: 1941 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 9
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
3 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 5
5 Бунёдкор Luis Kachorri 5
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 5
7 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Насаф Husayn Norchayev 4
10 Қизилқум Alen Mashovich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.