Bugun 31 dekabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • 3:1
      • Jenoa
  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Kichik daho» - Xavyer Maskeranoning sarguzashtlari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xavyer Maskerano Barselonaga kelganida yoshgina yigit edi. Shunga ham 7 yil bo‘ldi va argentinalik futbolchi Kataloniya poytaxtini boshida birorta ham tuki qolmaganida tark etyapti.

Sochning boshni tark etish jarayoni 7,5 yil vaqtni talab qildi va bu davr mobaynida «Kichik daho» ko‘k-anorranglilar libosida 300dan ortiq bahsda maydonga tushib, 18ta sovrin egasi bo‘ldi. Xavyer o‘z laqabini Argentinada to‘p surgan kezlari olgan.

Aniqrog‘i, «River Pleyt»ning sobiq sardori Leonardo Astradadan «5»-raqam bilan birga meros sifatida qabul qilgan. Leonardoni El Jefe (ispancha «daho») deb atashardi. Fanatlar esa Maskeranoning sobiq sardordan 14 yosh kichikligini e’tiborga olib, uni El Jefecito («Kichkina daho») deb atashdi.

Mana, Xavyerning yoshi o‘tdi. Muxlislariga ko‘plab yorqin xotiralar qoldirgan holda ular bilan xayrlashish payti keldi. Demak, «Biz seni hech qachon unutmaymiz, Maskerano» degancha uning faoliyat yo‘liga nazar tashlaymiz.

«Barselona»ga o‘tish uchun maoshining 20 foizidan voz kechdi

2010 yili Xavyerga munosib baho beradigan murabbiy Rafael Benites «Liverpul»ni tark etdi va 3,5 yildan beri shu klub sha’nini himoya qilayogan Maskeranoni ham «Inter»ga o‘tishga da’vat qildi.

Angliya­dan ketish haqida qaror qabul qilish futbolchi uchun qiyin bo‘lmadi-yu, ammo JARda o‘tgan mundial nihoyasiga yetganiga bir oy bo‘lganda (o‘sha JCHda anchayin sirli bo‘lgan do‘sti Lionel Messi bilan kelgusidagi rejalar to‘g‘risida fikrlashib olish imkoni tug‘ilgandi) - avgustda OAVda Maskeranoning «Barselona»ga o‘tishi borasida muzokaralar olib borilayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Bu jarayon uzoq cho‘zildi, kataloniyaliklar futbolchining transfer bahosini kamaytirishga urinishar va kelishib olish uchun Aleksandr Gleb yoki Boyan Krkichni qo‘shishga intilishardi. Biroq «Liverpul»ni qaroridan qaytarishning iloji bo‘lmadi.

Nima bo‘lganda ham, shartnoma transfer oynasi nihoyasiga yetishiga 2 kun qolganida imzolandi - Maskerano «ko‘k-anorranglilar» futbolchisiga aylandi.

Inglizlar mazkur kelishuvdan 24 mln. yevro ishlashdi - darvoqe, ayrim ispan nashrlarining ta’kidlashlaricha, argentinalik Kataloniya klubi o‘yinchisiga aylanish uchun o‘z cho‘ntagidan naqd 4 mln. yevro sarflagan.

«Barsa» vise-prezidenti Xosep Bartomeuning so‘zlaridan ma’lum bo‘lishicha, o‘shanda Xavyer Kataloniya jamoasiga o‘tish uchun maoshining 20 foizidan voz kechgan emish. «Men asosiy tarkibdan o‘rin olish juda qiyin bo‘lgan klubga o‘tayotganimni tushunardim, ammo Yevropada ham biror-bir sovrin egasi bo‘lish istagi bundan kuchli bo‘lib chiqdi», - dedi keyinroq Maskerano.

Debyut o‘yinidagi sariq kartochka

«Barsa» safidagi ilk uchrashuv Xavyer uchun omadsiz kechdi. O‘sha o‘yin 2-turga to‘g‘ri kelgandi: o‘z maydonida «Erkules»ga - ligaga o‘sha yili chiqqan jamoaga qarshi bahs. 11 sentyabrga belgilangan mazkur o‘yin yana bir jihati bilan e’tiborli edi - aynan shu sana Kataloniyada milliy ayyom sifatida nishonlanar va bu mintaqaning bosh bayrami edi.

«Kamp Nou» tribunalarini to‘ldirib o‘tirgan muxlislar kayfiyatini ham hech narsa buza olmaydiganday tuyulardi. Biroq hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi: 20-daqiqadayoq raqibini quvib yetolmagan Maskerano qoidani buzib, ogohlantirish oldi, oradan ma’lum fursat o‘tgach, yana raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi, lekin bosh hakam uni ayagani bois «qizil» ko‘rsatmadi.

«Erkules» esa jarimani qoyilmaqom tarz­da ijro etdi va paragvaylik Nelson Valdes bahsdagi hisobni ochdi. «Barsa» harchand urinmasin, vaziyatni o‘nglay olmadi - final hushtagi yangrashiga yarim soat vaqt qolganida, Valdes «dubl» qayd etdi va «Erkules» Kataloniya jamoasiga qarshi mehmondagi o‘yinda o‘z tarixidagi ikkinchi g‘alabasiga erishdi (1996|1997 yillar mavsumidan so‘ng).

Tayanch chizig‘idan markaziy himoyaga

«Barselona» Maskeranoning Serxio Buskets va ko‘p o‘tmay «Manchester Siti»ga o‘tib ketgan Yaya Turega yordam berish uchun olinganini yashirmasdi. Ilk uchrashuvdagi harakat esa Maskeranoning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga imkon bermasdi, ammo Xavyerning o‘zi ham buni yaxshi tushunardi.

«Mening o‘rnimda bo‘lgan har qanday kishi doimo maydonga tushish imkonidan mahrumligini yaxshi tushunishi kerak edi, buni men ham anglardim. «Barselona»ning markazida uch nafar jahon chempioni - Xavi, Inyesta va Buskets harakat qiladi, ular bilan raqobatga kirishish esa o‘ta qiyin.

Ammo men ulardan o‘rganishga va o‘yindan lazzat olishga harakat qilaman», - degandi Xavyer o‘zining tanishtiruv marosimida.

O‘rganish chindanam boshlandi, ammo argentinalik bu jarayonni himoya markazida amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi. Busketsning maydondagi o‘rni muqaddas sanalardi, shu bois Maskeranodan kataloniyaliklar himoyasidagi zaif nuqtani yopish talab etilardi (asosiy tarkib futbolchilari diskvalifikasiya qilinganida yoki jarohatlanganda).

Xavyerning o‘zi keyinroq shunday xotirlagandi: «2011 yil aprel oyi kunlaridan birida biz «Almeriya»ga qarshi o‘ynadik. O‘sha bahsning 2-bo‘limida Gabi Milito jarohat oldi. Natijada, meni himoya markaziga tushirishdi. Keyingi uchrashuv mehmonda - «Shaxtyor»ga qarshi bo‘lib, CHL 1|4 finali doirasida edi.

Birinchi o‘yinni biz 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladik va men tayanch zonasida harakatlandim, Buskets esa markaziy himoyachi o‘rnida, chunki Erik Abidal jarohatlangandi. Ammo Doneskdagi uchrashuv avvalida Gvardiola meni hatto mashg‘ulotlarda buning ustida ishlamagan bo‘lsak-da, himoyada o‘ynashim kerakligini aytdi!

Menimcha, aynan mana shu pozisiyadagi almashinuv «Barselona» tarkibida uzoq vaqt mustahkamlanib olishimda qo‘l keldi».

Vaqtiki kelib, Xavyer jamoadan shu darajada mustahkam o‘rin oldiki, hatto Pepning o‘zi ham bu zonaga yangi futbolchi sotib olish fikridan qaytdi - mazkur masala o‘z-o‘zidan hal bo‘ldi. Aniqrog‘i, uni Maskerano hal qildi - yaqin 7 yilga.

Nihoyat, orzu ushaldi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:56, 17.03.2018. O'qildi: 5350 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.