Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Navro‘z festivali”: Eng yaxshilar terma jamoaga jalb etildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi maydonida O‘FA tavsiyasiga binoan Toshkent shahar futbol federasiyasi tashabbusi bilan 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida "Navro‘z festivali" turniri boshlangan edi. Bugun festival tarzda tashkillashtirilgan bahslar nihoyasiga yetdi.

Dastlabki uchrashuda “Paxtakor” jamoasi yoshlari Namanganning "Odil Junior" jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi. Ikkinchi o‘yin “Lokomotiv” va “Nasaf” futbol akademiyalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarigacha hisob 2:2 ko‘rinishida edi, sanoqli daqiqalar qolganda poytaxtliklar hal qiluvchi to‘pni kiritishdi.

Festivalni tashkil etishdan maqsad natija emas, balki 14 yoshli o‘smirlar terma jamoasiga nomzodlar saralab olish edi. Mazkur terma jamoa bosh murabbiy Azamat Abduraimov boshchiligidagi seleksionerlar uchrashuvlarni kuzatish jarayonida iste’dodli yoshlarning ro‘yxatini tuzishga erishdilar. Unga ko‘ra, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalaridan 5-6 nafardan, “Lokomotiv”, “Spartak” va "Odil Junior" jamoalaridan 1-2 nafardan nomzodlar termaning dastlabki tarkibiga kiritilishdi. Mazkur saralangan tarkib ertaga "Bunyodkor" futbol akademiyasida “Bunyodkor”ning 15 yoshli tarbiyalanuvchilariga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushishi belgilangan.

Tabiiyki, bu tarkib Abduraimov uchun yakuniy emas, tarkib yil davomida shakllanib borilishi bosh murabbiyning ish rejasidan o‘rin olgan. Qolaversa, yaqinda 14 yoshlilar o‘rtasida O‘FA taqvimi doirasida o‘tadigan turnirdan keyin yana tarkibga bir qator nomzodlar kiritilishi belgilangan. Shu turnirlar so‘nggida yuz nafarga yaqin kengaytirilgan tarkib tuzilishi, aprel, mart va may oylarida tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davomida yoshlar saralab olinishi va yakunda 30-40 nafarli tarkib shakllantirilishi bo‘yicha reja ishlab chiqilgan.

Ish rejasida shu yilning yoz oylarida Markaziy Osiyo davlatlarining birida aynan shu yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida Markaziy Osiyo davlatlari  o‘rtasida o‘ziga xos xalqaro turnir o‘tkazish ham o‘rin olgan.  

24 mart.

"Paxtakor" - "Odil Junior" – 3:1

"Lokomotiv" - "Nasaf" – 3:2

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:58, 24.03.2018. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик