Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Matyash AGMK jamoasi sharafini himoya etayotgan 16-posbon bo‘ldi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Olmaliq
Rukn: Yangiliklar
A A A

2008 yildan buyon elitada ishtirok etayotgan AGMK jamoasi sharafini ko‘plab darvozabonlar himoya etishgan. Qirg‘izistonlik posbon jamoa posbonlari ro‘yxatida o‘n oltinchisi bo‘ldi.

AGMK tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoa darvozasini ko‘pincha xorijlik posbonlar qo‘riqlashgan. 2008 yil jamoaning ilk debyut o‘yinida ukrainalik Yuriy Xriyenko bu an’anani boshlab bergandi. Jamoa tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Xriyenko jamoa tarkibidagi posbonlar orasida kuchlilaridan biri edi. Yuriy 74 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 86 to‘p o‘tkazib yuborgan. Xriyenkodan so‘ng jamoada ikki mavsum yana bir ukrainalik Denis Yershov jamoada faoliyat olib bordi. U 25 o‘yinda maydonga tushib, 42 marta to‘p o‘tkazib yuborgan. 2012 yil estafeta turkmanistonlik, faoliyati davomida Qozonning “Rubin” jamoasi sharafini himoya qilgan Pavel Xarchik davom ettirdi. U 18 uchrashuvda maydonga tushib, 27 to‘p o‘tkazib yuborgan. 2013 yil Xarchik o‘rniga vatandoshi Maqsatmurod Shomurodov jamoa sharafini himoya eta boshladi. Maqsatmurod Olmaliqda bir yarim mavsum faoliyat olib bordi. U 27 o‘yinda maydonga tushdi va 33 marta o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi. 2015 yilning ikkinchi davrasidan asli belorussiyalik bo‘lgan Valeriy Fomichyov Qozog‘iston fuqaroligi ostida jamoa darvozasini qo‘riqladi. U 8 o‘yin o‘tkazdi va 11 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Mavsumlar davomida xorijliklardan tashqari mahalliy darvozabonlar Temur G‘aniyev, Farhod Yo‘ldoshev va Suhrobjon Sultonov, Roman Abdulov, Umid Xonimqulov, Akmal Ortiqov, Nikita Shkvirin, Xurshid Xodjayev, Akbar To‘rayev, Nizomiddin Ziyovutdinovlar ham jamoa sharafini himoya etishdi. Temur 8 yil oralig‘ida uch marta jamoaga taklif etilgan. 2008 yilda 1 o‘yinda maydonga tushgan G‘aniyev, keyingi ikki mavsumni Samarqandning “Dinamo” jamoasida davom ettirdi. 2011-2012 yillarda yana jamoaga qaytdi va bu ikki mavsumda 15 o‘yinda maydonga tushdi. 2013-2014 u yana faoliyatini boshqa jamoada davom ettirdi. 2015 yil u uchinchi marta jamoaga taklif etildi. Bu gal u 5 uchrashuvda Olmaliq sharafini himoya qildi. Temur umumiy 19 o‘yinda o‘z darvozasidan 34 to‘p o‘tkazib yuborgan. Farhod Yo‘ldoshev va Suhrobjon Sultonov  2009 yilgi mavsumda bittadan o‘yinda maydonga tushgan. Har ikki posbon ham bu o‘yinlarda 3tadan to‘p o‘tkazib yuborgan. Jamoada uzoq faoliyat olib borgan yana bir posbon Umid Xonimqulovdir. Umid 2013-2016 yillar davomida 50 o‘yinda jamoamiz sharafini himoya qilgan. Uning o‘tkazib yuborgan to‘plari 86tani tashkil etadi.

Akmal Ortiqov 2014 va 2016 yillarda jamoada faoliyat olib borgan o‘yinlarda 16 o‘yinda maydonga tushgan. Bu bahslarda u 24 to‘p o‘tkazib yuborgan. Akmal 2015 yilni ijarada boshqa jamoada o‘tkazgandi. Nikita Shkvirin asosan jamoa o‘rinbosarlarida faoliyat olib borgan bo‘lib, uning asosiy tarkibdagi o‘yinlari 4tani tashkil etadi. Bu uchrashuvlarda u 10 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. Akbar To‘rayev o‘tgan mavsumda jamoamizda 7 uchrashuv o‘tkazdi va 12 marta to‘p o‘tkazib yubordi. Hozirda jamoa bilan birga bo‘lib turgan Roman Abdulov jamoamiz sharafini ilk marta 2012-2013 yilda himoya qilgandi. U ikki mavsumda 7 o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘lgandi. 2014-2015 yillarda u faoliyatini boshqa jamoada davom ettirdi. 2016 yildan yana jamoaga qaytgan Roman bugungacha jami 21 o‘yinda jamoa tarkibida maydonga tushdi. O‘tkazib yuborgan gollari soni 44tani tashkil etadi. Jarohat sabab jamoaga yordam bera olmayotgan Xurshid Xodjayev o‘tgan mavsumda jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi. U 11 o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 2tagina to‘p o‘tkazib yuborgan. Yosh posbon Nizomiddin Ziyovutdinov o‘tgan yilgi mavsumda debyutini o‘tkazdi. U ishtirok etgan 5 o‘yinda o‘z darvozasidan 8 marta to‘p o‘tkazib yubordi.

Jamoa sharafini himoya qilgan barcha darvozabonlar statistikasi

Futbolchi

Tug‘ilgan sanasi

O‘yin

Daq.

Gol.

SK

QK

1

Xriyenko Yuriy

08.11.1976

74

6647

-86

5

1

2

Xonimqulov Umid

27.08.1982

50

4230

-86

5

0

3

Shamuradov Maqsatmurod

06.05.1984

27

2329

-33

5

0

4

Yershov Denis

25.03.1983

25

2172

-42

1

0

5

Abdulov Roman

10.05.1987

21

1872

-44

3

0

6

G‘aniyev Temur

27.01.1984

19

1845

-34

4

0

7

Xarchik Pavel

05.04.1979

18

1575

-27

0

0

8

Ortiqov Akmal

30.01.1987

16

1440

-24

1

0

9

Xodjayev Xurshid

14.02.1988

11

990

-2

1

0

10

Fomichyov Valeriy

23.03.1988

8

655

0

0

1

11

To‘rayev Akbar

27.08.1989

7

630

-12

0

0

12

Ziyovutdinov Nizomiddin

25.04.1998

5

450

-8

0

0

13

Shkvirin Nikita

23.06.1991

4

360

-10

0

0

14

Yo‘ldoshev Farhod

11.01.1984

1

90

-3

0

0

15

Sultonov Suxrobjon

26.03.1990

1

90

-3

0

0

16

Matyash Pavel

11.07.1987

1

90

-2

0

0

Manba: www.fc-olmaliq.uz
Kiritildi: 18:21, 26.03.2018. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик