Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mulohaza: Bosh mavzu – murabbiylar saviyasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Poytaxtimizning Navoiy ko‘chasida, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi binosining shundoq yonida Saidxo‘ja ismli shinavanda yigit qo‘li-qo‘liga tegmay yeguliklar sotadi. Mana, u odatdagidek, sheriklari bilan bahslashmoqda. Stol ustida «InterFutbol»ning ruscha nashri.

- Tortishmanglar, pul qochib ketadi, - dedik ularga luqma tashlab va Saidxo‘jadan so‘radik:

- Futbolga qattiq qiziqasizmi?

Tamom. So‘rog‘imiz yakunlanmay turib, muxlisimiz tilining tushovi yechildi:

- «Paxtakor»ga nima bo‘lyapti? Muxlislariga-chi? Yaqinda Shimkentga borib, Roma amaki mehmoni bo‘ldim. Bitta katta xonaning devorlariga bo‘sh joy qoldirmay, «Paxtakor»ning mashhur futbolchilari suratlarini yopishtirib chiqibdi. Mezbon boshqa mavzuga chalg‘imay, nuqul sevimli jamoasi ahvolini surishtirdi. Men esa o‘zgarishlar sezilayotganligini aytdim, lekin maqtanolmadim.

Unga tasalli berib, murabbiy asosiy tarkibni tanlash va shunga yarasha uslub shakllantirishda qiynalayotganini, nasib etsa, hammasi izga tushishini ta’kidladik.

Shu kuni yana ikki qo‘ng‘iroq alohida e’tiborimizni tortdi. Avvaliga bir talaba - muxlis hammani «Bunyodkor» - «Buxoro» uchrashuviga ommaviy tarzda jo‘nashayotganini aytib, o‘yin natijasi bilan bog‘liq fikrimizni bilishga qiziqdi. Unga «Bunyodkor»da nisbiy ustunlik mavjudligi tushuntirdik va ommaviylikdan biroz ajablanganimizni aytdik.

- Mayli, futbol - talaba yoshlarning jonu-dili, - dedi u o‘ziga xos «diplomatiya» bilan. Keyin esa telefon go‘shagida doimiy muxlisimiz G‘ulomjon aka Hamidovning shodu-xurram ovozi yangradi:

- Muhammadjon! She’rlarimga e’tibor qaratmayapsizlarmi? Birov o‘qimayaptimi? Biz tomonga ham bir qiyo boqinglar. Lekin hozir kayfiya-tim chog‘. JCH-2018ga 2ta chipta sotib oldim. Ochilish marosimi va birinchi o‘yinga, yana Argentina - Islandiya uchrashuviga.

Birinchisi 440, ikkinchisi 330 dollarga tushdi. Bunday imkoniyatdan foydalanmasak bo‘lmaydi. Messi ijrosidagi o‘yinni stadionda turib kuzatmoqchiman. U «Sevilya» bilan bahsda maydonga tushmasa, «Barsa» rosa qiynalardi. Messi - yarim jamoa!

Faxriy muxlisning to‘xtamay so‘zlashidan zavqimiz toshdi. Salkam 80 yoshda shuncha g‘ayrat-shijoatni saqlab qolish - futbolga muhabbat va sog‘lom turmush tarzining natijasi.

Muhtaram muxlis! Sezib turibsizki, ushbu muloqotlarda bugungi futbol muhitimiz manzaralari o‘z aksini topgan. Go‘yo Saidxo‘janing so‘zlarini eshitgandek, Shota Arveladze «Neftchi»ga qarshi kechgan bahsda asosiy tarkibga o‘zgacha yondashdi. Bu safar Vladimir Kozak, Azim Ahmedov va Jasur Yaxshiboyevga imkoniyat yaratdi.

Muhimi, yigitlar murabbiyni uyaltirishmadi. O‘yindan, gollardan «sherlar»ning muxlislari rosa yayrashdi. Yana Shota Arveladzega savol: «Nihoyat, asosiy tarkib borasida bir to‘xtamga keldingizmi yoki izlanishlar mavsum oxirigacha davom etadi?» «Neftchi» esa «Stok Siti» kabi bahsning birinchi bo‘limida yaxshi ko‘rindi, aniqrog‘i, nisbatan ishonchli himoyalandi.

Deylik, Doston Tursunov jamoadoshlarini yetarlicha ruhlantirdi. Biroq birinchi bo‘lim oxiridagi avtogol «Neftchi»dagi maromni buzib yubordi. Eng achinarlisi, farg‘onaliklar 4ta o‘yinda ham gol urolmadilar. Bu - jiddiy o‘ylashni taqozo etuvchi muammo.

Ana, tarkibdagi o‘zgarishlar sabab, «Paxtakor» o‘yinida jonlanish sezildi. Nazarimizda, «Neftchi» ham tarkib va taktik jihatdan shunday yangilanishga muhtoj. Aks holda, jamoaning o‘tgan mavsum bejiz oliy liga autsayderiga aylanmagani yana bir bor o‘z isbotini topadi.

«Qizilqum» mutasaddilarining dastlabki 3ta turdan tegishli xulosa chiqarishgani esa quvonarli hol. «Neftchi» rahbariyati ham Superligada ishtirok etish uchun berilgan imkon-imtiyoz hurmatidan vaziyatni nazorat ostiga olishi darkor. Fursat kutib turmaydi.

Faqat tezkor qarorlar jamoani qutqaradi. Umuman olganda, «So‘g‘diyona» va «Neftchi» tarkibida iste’dodli futbolchilar mavjud. Lekin har ikki jamoa boshqalarga nisbatan bo‘sh o‘yin ko‘rsatayotgani beixtiyor murabbiylar mavzusini yodga soladi. Fikrimizcha, ushbu klublar murabbiylar shtabi yangi va malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda.

Kezi kelganda aytib o‘tamiz, malakali murabbiylar mavzusi hattoki, Superliga miqyosida muhokama qilishga arzigulik masala. To‘g‘ri, elit divizion uchrashuvlari qizg‘in kechmoqda, bahslarda shiddat yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Afsuski, bu hol saviya yuqoriligidan darak bermaydi. Superliga jamoalarini, asosan, kamtarona saviyaga ega murabbiylar boshqarishmoqda.

Ularning darajalarini oshirish - futbolimiz va Superliga saviyasini ko‘tarish demak. Futbolimiz mutasaddilari chempionat formati va reglamentini o‘zgartirib, zarur tashkiliy islohotlarni amalga oshirishdi. Superliganing 4ta turi doirasidagi bahslar ko‘rsatdiki, endigi islohot murabbiylar saviyasi bilan bog‘liq.

Balki O‘FA tashabbusi bilan yevrofutbolning taniqli mutaxassislari ishtirokida har bir jamoada sayyor darslar tashkillash kerakdir. Ehtimol, butunlay boshqacha yo‘l tanlanar. Har holda, bu muammo yechimini ortga surish yaramaydi. Murabbiylarning yangi avlodini tarbiyalaguncha futbol yana va yana olg‘a bosadi.

Ortda qolmaslikning yagona yo‘li - hozirgi murabbiylar tarkibini qo‘llab-quvvatlash va ularni izlanishga chorlash. Ayni holatda ular o‘z yog‘lariga qovurilishmoqda. Bizningcha, iste’folar futbolimizni innovasiyalardan chegaralash bilan teng. Chunki qaysidir murabbiy iste’foga chiqarilsa, uning o‘rniga saviyasi yuksak boshqa mutaxassis kelmasligi aniq.

Axir futbolimiz muhitida shunday maqomga munosib murabbiylar yo‘q hisobi. Agar yuqori saviyali mutaxassis topilganida, «Lokomotiv» murabbiylar shtabi allaqachon o‘zgartirilardi. Kuchli tarkibga ega klubning muvaffaqiyatsizligini nuqul omadsizlik bilan izohlash yarashmaydi.

Jamoa ketma-ket mag‘lubiyatga uchramoqdami, demak, uni omadsizlik emas, balki qandaydir muammo ta’qib qilmoqda. Bu aynan murabbiy bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Qarang, Xosep Gvardiola davrida asosiy tarkibdan nari surilgan ayrim futbolchilar Yupp Xaynkes boshqaruvida qanday o‘ynashmoqda?!

Ishonch ortidan avvalgi oltin tarkib «Bavariya»ni yana kuchaytirmoqda. Ha, bilamiz, bu jarayon uzoqqa cho‘zilmaydi. Aryen Robben va Frank Riberi kabi futbolchilarning yorqin faoliyati endi ortga qaytmaydi. Bu o‘rinda bizni qiziqtirgan masala murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi munosabatdir.

Ayon bo‘lmoqdaki, keksa murabbiy davri o‘tayotgan futbolchilar bilan yana shonli lahzalarni qo‘msamoqda. Myunxen «mashinasi» bu yo‘lda «Borussiya» D. bilan ajo-yib repetisiya o‘tkazdi. Raqib jamoa - «Sevilya» ham bo‘lajak jangga jiddiy hozirlanayotganini bildirib qo‘ydi. Eh, Messi bo‘lmaganida, «Barselona»ning ahvoli ne kechardi - bu endi ko‘pchilikka ayon haqiqat.

Xullas, bugun-erta futbol dunyosi sizu-bizni aslo zeriktirmaydi. Bir tomonda - YECHL olishuvlari, boshqa tarafda - «Loko»ning OCHLdagi taqdiri...

Muhammad Vali

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:43, 04.04.2018. O'qildi: 2670 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик