Toshkentdagi «Bunyodkor» akademiyasi zalida, futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Olimjon Yuldashev boshchiligidagi futzalchilarimiz “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushishdi.
O‘yinda mezbonlar 7:3 hisobida g‘alaba qozonishdi. Ushbu jamoalarning kechagi bahsida 7:1 hisobi qayd etilgan edi. Bu safar ham maydon egalari yettita to‘p kiritishli.
Aytgancha, “Paxtakor» tarkibida futzalchilar – D. Irsaliyev, A. Xazratqulov, T. Sidirov, F. Faxritdinov, A. Ibrohimovlar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sanalishadi. Bizning jamoamiz esa yangidan shakllangan. Futzalchilarimiz navbatdani turni 11-12 aprel kunlari o‘z maydonlarida Qarshining «Nasaf» jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.
Futzal bo‘yicha
O‘zbekiston chempionati, 2-tur
«Paxtakor» – «Qo‘qon-1912» 7-3
«Qo‘qon-1912»: Abdurahmon Ziyayev, Laziz Safoyev, Alisher To‘xtaboyev,Po‘lat Qirg‘izov, Rustam A’zamov.
Zaxira: Ashurov, Xoliqov, Shukurullayev, Valiyev, Meibariyev, Karimov, Egamberdiyev, Abduraufov
“Paxtakor”: Hazratqulov, Irsaliyev (s), Fayzullayev, Faxriddinov, Sidirov.
Zaxira: Miraliyev, Loktionov, Zayniddinov, Shobahromov, Mirhamidov, Ibrohimov, Rajabov, Eliboyev, Zoirov.