Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • 0:1
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • 2:0
      • Qizilqum
  • «A» Seriya
      • 10.04.2026 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Piza
      • 11.04.2026 18:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Cremonese
      • 11.04.2026 18:00
      • Torino
      • -:-
      • Verona
      • 11.04.2026 21:00
      • Milan
      • -:-
      • Udineze
      • 11.04.2026 23:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 11.04.2026 00:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 11.04.2026 16:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Bornmut
      • 11.04.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Everton
      • 11.04.2026 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brayton
      • 11.04.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 11.04.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Jirona
      • 11.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Alaves
      • 11.04.2026 19:15
      • Elche
      • -:-
      • Valensiya
      • 11.04.2026 21:30
      • Barselona
      • -:-
      • Espanyol
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletiko
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 6 15
2 Paxtakor 6 15
3 Buxoro 6 13
4 Bunyodkor 6 13
5 Navbahor 6 12
6 Nasaf 6 11
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 6 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
6-тур Neftchi 0-1 Paxtakor
6-тур Buxoro 2-0 Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona” inqirozi: Valverdening 3 ta xatosi

Baho:
+3 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kuni kecha Rimda chinakam futbol spektakli bo‘lib o‘tdi. Hamma “Barselona”ning yarim finalga chiqishiga to‘liq kafolat berib turgan bir paytda “bo‘rilar” kutilmagan shiddat bilan kelishdi-yu, Kataloniya kemasini g‘ajib, cho‘ktirib yuborishdi. Hech narsa tasodifiy bo‘lmaydi, albatta. Xususan, “Roma”ning g‘alabasi ham tasodifiy emas, bu rimliklarning shijoati va albatta “Barselona”ning qo‘pol xatolari evaziga sodir bo‘ldi.

BIRINCHI XATO — RUHIY TUSHKUNLIK

Bilmadim, negadir o‘yin boshida “Barselona” futbolchilarida ruhiy tushkunlik kuzatildi. Buni siz ham sezgan bo‘lsangiz kerak. Kataloniya klubi vakillarida shijoat sezilmadi, bu, albatta, Valverdening xatosi. Birinchidan, Valverde javob o‘yinidan oldin shunaqa intervyular berdiki, u xuddi “Roma”dan cho‘chiyotgandek tuyildi, bu bir tomondan kamtarlikka o‘xshadi, biroq boshqa tomondan murabbiyning raqibga yuqori baho berishi futbolchilarga salbiy ta’sir qilganga o‘xshadi. Boisi, Rimdagi o‘yinda “Kamp Nou”dagi “Barselona”dan asar ham yo‘q edi.

IKKINCHI XATO — NOTO‘G‘RI MAQSAD

“Barselona”ning eng katta xatosi — hisobni ushlab qolish uchun o‘ynagani bo‘ldi. Ana shu yerda, baribir, Valverdening katta klublarni boshqarmagani, qaysidir ma’noda “Barselona” darajasiga mos kelmasligi sezilib qolgandek bo‘ldi. Birinchi o‘yindagi 4:1 hisobiga ishongan mutaxassis xuddi biz kabi “Roma”ning 3 ta gol urishiga ishonmagandi. Biroq u mutaxassis, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkinligini esidan chiqarmasligi lozim. Qolaversa, “Eng yaxshi himoya — hujum” degan naql bor. Ikkinchidan, raqib, aslida, “Barselona”ning darajasi bilan teng emasdi (bu “Roma”ga nisbatan hurmatsizlik emas), ya’ni Valverde bemalol hujumkor taktikani tanlasa ham bo‘lardi. Ehtimol, “tiki-taka” usulini mukammalroq qo‘llaganida “Roma” to‘psiz qolar va 3 ta gol ura olmasligi mumkin edi. Shu bois himoyaviy o‘yin ko‘rsatish doim ham omad keltiravermaydi.

UCHINCHI XATO — TAKTIKA

Valverde o‘yin boshida 4-4-2 sxemasini qo‘lladi. Biroq hali “Barselona” bu taktikaga moslashib ulgurmagan. To‘g‘ri, La Ligadagi raqiblarni shu taktika asosida mag‘lubiyatga uchratgani bor gap. Ammo YECHL — umuman boshqa muhit. YECHL chorak finalida istalgan raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatish uchun o‘zida kuch topa oladi. Shu bois Valverde 4-3-3 sxemasini tanlashi kerak edi. Sababi, “Barselona” shu taktika asosida o‘ynab o‘rgangan, kataloniyaliklar aynan ana shu taktikaga suyanib ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishgan. Qolaversa, klubda shu taktika asosida o‘ynaydigan futbolchilar bor edi, Usmon Dembeleni asosiy tarkibda tushirsa ham bo‘lardi.

Javob o‘yiniga qadar “Barselona” futbolchilari va bosh murabbiy o‘rtasida mojaro kelib chiqqanga o‘xshadi. Boisi, ispanlar jon kuydirib o‘ynashmadi, ularda qandaydir shijoat ko‘rinmadi, hatto “Roma” ikkinchi va uchinchi golini urganidan keyin ham “Barselona” hujumkor o‘yin ko‘rsatishga erisha olmadi, buning uchun futbolchilarda xohish va jur’at yetishmadi.

“Roma”ning yutug‘ini yozib o‘tirmadik. Boisi, “bo‘rilar”ning shundoq ham nimalar qilib tashlashganini hamma ko‘rdi. Chinakam jasorat e’tirofga muhtoj emas. “Roma” muxlislarini tabriklaymiz va klubning finalga chiqishini tilab qolamiz.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:37, 11.04.2018. O'qildi: 26343 marta. Fikrlar: 18 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик