Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • -:-
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • -:-
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • -:-
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 35 48
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Malohaza: Xatolardan hayiqmas taraqqiyot

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xatolar - futbol taraqqiyotining ajralmas qismi. Shunday deyishga o‘rganganmiz. «Manchester Siti» ayni xatolar sabab, avvaliga YECHL chorak finalida yutqazdi, keyin APLda chempionlik bayramini ortga surdi.

Aksincha, «PSJ» raqibning so‘nggi daqiqadagi xatosidan foydalanib, mag‘lubiyatdan qutulgan bo‘lsa, «Napoli» skudetto uchun kurashish imkonini saqlab qoldi. Bu kabi odatiy xatolarning taraqqiyotga aloqasi yo‘q.

Superliganing 5-turida ko‘zga tashlangan xatolar esa taraqqiyot uchun borayotgan kurashdan dalolat. Quyida shu mavzuda mulohaza yuritamiz.

Jarima jabri

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan «Buxoro»ning 300 mln. so‘m miqdorida jarimaga tortilishi muxlislar o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Dastlabki og‘riqli savol shunday:

«Qanday voqea yuz berishidan qat’iy nazar, Superliga jamoalari, shu jumladan, «Buxoro»ga shuncha katta jarima belgilash mavjud moliyaviy-iqtisodiy holatga muvofiqmi?» Ha, klublarimiz ayni payt shu darajada jarima to‘lashga qodirmi? Bu masalada bosh qotirar ekanmiz, «Beli og‘rimaganning non yeyishin ko‘r» maqoli yodimizga tushadi.

Yashirishning hojati yo‘q: Superliga jamoalarining aksariyati ixtiyoriy-majburiy homiylik ortidan kun ko‘rishi barchaga ma’lum. Demoqchimizki, «Buxoro» va boshqa ishtirokchilar byudjeti osonlikcha shakllantirilmagan. To‘g‘ri, «Buxoro» muxlislarining noo‘rin xatti-harakatlari madaniyatsizlik hisoblanadi va jazoga munosib.

E’tibor bering,  jarima emas, balki jazo haqida gapiryapmiz. Tartib-intizom qo‘mitasi ham bu xususda obdon o‘ylab ko‘rishi kerak. Zero, iqtisodiy baquvvat bo‘lmagan jamoaga mantiqqa mos kelmaydigan miqdorda jarima solish ham madaniyatsizlikning bir ko‘rinishidir.

«Buxoro»-ku muxlislarning nojo‘ya harakatlari ortidan katta miqdordagi jarimaga duch keldi. Shu jarimani belgilashdan uyalmagan Tartib-intizom qo‘mitasiga qanday chora ko‘riladi?

Yo‘q, Superliga 5-turi doirasida yuz bergan salbiy voqealardan birortasini oqlamaymiz. Biroq shunday noxushliklar yuz berishida futbolimiz mutasaddilarining ham «hissa»lari borligini ta’kidlaymiz.

Xo‘sh, «Buxoro» muxlislari nima uchun madaniyatsizlikka yo‘l qo‘yishdi? Ularning o‘zlarini erkin qo‘yib yuborishlari uchun biror asos bormidi? Nazarimizda, bor edi. Deylik, «Qo‘qon-1912» - «Navbahor» uchrashuvi chog‘i qo‘qonlik muxlislar Namangan jamoasini necha martalab boshqacha nom bilan tahqirlashdi va buni butun mamlakat televizor orqali eshitdi.

Ko‘pchilik Tartib-intizom qo‘mitasidan bu masalaga munosabat bildirishini kutdi. Afsuski, qo‘mita hech qanday reaksiya bildirmadi. «Navbahor» futbolchilari va muxlislarining haqoratga sabr-toqat qilishgani, rasman norozilik xati yozishmagani Tartib-intizom qo‘mitasining jim turishiga asos emas-ku.

Agar qo‘mita bu masalani o‘rnida o‘rganib, jamoalar va muxlislarni qat’iy ogohlantirganida, Buxoroda noxushlik kuzatilmasdi balki. «Navbahor»ga nisbatan tahqir e’tiborsiz qoldirilganini buxorolik muxlislar «Bemalol madaniyatsizlik qilish mumkin» qabilida tushunishdi, chog‘i. Qisqasi, hammasi halqasimon reaksiya.

Tartib-intizom qo‘mitasi esa jarayonni izdan chiqarib yubormoqda. Chunonchi, katta miqdordagi jarima muxlislar kayfiyati va xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir o‘tkazishi amri-mahol.

Futbolchilarning yo‘rig‘i boshqa. Ular Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlariga bo‘ysunishadi. Ikrom Aliboyev va Shavkat Salomov kabi uzr ham so‘rashadi. Ammo jamoa chekiga tushadigan jarima ulardagi maromni izdan chiqaradi, baribir. Misol uchun, «Buxoro» alam bilan 1-2ta uchrashuvda mardonavor kurashar.

Keyin esa asta-sekin moliyaviy holat o‘z so‘zini aytadi. Shu tariqa endi qad rost-layotgan jamoaning beli bukiladi. Biz javobini izohlamaydigan keyingi savol esa quyidagicha: «Qo‘qonlik muxlislarning madaniyatsizligi nima sababdan e’tiborsiz qoldirildiyu, «sherlar»ni mag‘lub etishdan toymagan «Buxoro»ga nisbatan zudlik bilan moliyaviy jazo qo‘llanildi?»

Xavotirli hakamlik

Ravshan Ermatovning jahon chempionati final bosqichlarida uchrashuvlarni odilona boshqarishi o‘zbek hakamlik maktabining yuksak saviyasini belgilamagani kabi, angliyalik referilarning JCH-2018da ishlamasliklari ularning malakasiz ekanliklaridan darak bermaydi.

Jahon futbolida ayrim mas’ul rahbarlarning shaxsiy qarashlari ko‘proq tantana qilayotgan bir vaziyatda beixtiyor shu kabi faktlarga duch kelaveramiz. Qarang, 33 yoshli Maykl Oliver «Everton» - «Liverpul» o‘yinini havas qilarli darajada boshqardi. Vaholanki, eng mashhur derbilardan biri sanalgan bu bahsda keskinlik darajasi yuqori bo‘ldi.

Xususan, futbolchilar «san-man»ga ham borishdi. Mehmon jamoa murabbiyi Yurgen Klopp esa o‘zini xotirjam tutdi, hattoki, ora-sira jilmaydi ham. Nega? Chunki u Maykl Oliver saviyasi va adolatiga ishondi. Temir To‘xtasinov aksincha, «Buxoro» - «Paxtakor» uchrashuvini talabga mos ravishda boshqarolmadi.

Oxir-oqibat, g‘ayrishuuriy holatda futbolchilarga sariq kartochka ko‘rsataverdi. Sariq tusli qog‘ozcha uning ko‘ziga najot kartochkasi bo‘lib ko‘rindi, go‘yo. Holbuki, bu jihat hakamning zaifligini bildirishini futbolchilar ham, muxlislar ham yaxshi bilishadi.

O‘ylaymizki, ayni achchiq haqiqatni Temir To‘xtasinovning o‘zi juda to‘g‘ri tushunadi. Shunday ekan, u nima uchun eng murakkab bahsni boshqarishga ko‘ndi? Yoki bu majburiyatmi? Bilmadik. Professional hakam har qanday uchrashuvni boshqarishga tayyor turishi darkorligi «2x2 + 4» kabi ayon masala.

Lekin boshqa jihat kishini o‘yga toldiradi: uchrashuvlarning muhimlik darajasiga hakamlar reytingi va toifasi muvofiq kelishi kerakmi yoki bahslar referilarga g‘oyibona qur’a yo‘li bilan taqsimlanadi?

Har holda, Temir To‘xtasinov «Buxoro» - «Paxtakor» uchrashuvini boshqarish darajasidagi hakam emasligi haqida xulosa chiqarish mutasaddilarga qiyinchilik tug‘dirmasdi.

Xavotirli hakamlik futbolni o‘ldiradi, aniqrog‘i, «Paxtakor»dek jamoaga nisbatan muxlislarda antimunosabatni shakl-lantiradi. Ochiq aytamiz, hozir futbolimiz muhitida shunday munosabat sharpasi kezmoqda.

Nivaldoning nafsoniyati

Nivaldoga nisbatan irqiy munosabat yuz bergan bo‘lsa, bu mehridaryo xalqimiz tabiatiga mutlaqo yarashmaydigan holat. Masalaga hali aniqlik kiritiladi, albatta. Bizni esa uning nafsoniyatini qo‘zg‘agan jihatlar ko‘proq qiziqtirmoqda.

Fikrimizcha, hujumchi murabbiy ishonchini oqlolmagani va braziliyalik bo‘la turib, O‘tkir Yusupov darvozasiga gol urolmaganidan qattiq ranjidi. O‘zbekiston futbolida ham braziliyalik o‘rtamiyona ijrochi uchun oson «o‘lja» qolmaganidan talvasaga tushdi. Sharhlovchi Murod Rizayev ham urishiga ko‘zi yetgan golni urolmagach, talvasaga tushishi tabiiy-da.

Yo‘q, bu besaranjomlik uning o‘zigagina taalluqli emas. Avvallari o‘rtamiyona jamoalarga qarshi xotirjam to‘p surgan «Paxtakor» ham bugun talvasada. «Lokomotiv» ham navbatdagi omadsizlikni hazm qilishga qiynalmoqda. Shu ma’noda aytsak, Superliganing kelajagi mazkur klublarda mag‘lubiyatlarga qanday munosabat shakllanishiga bevosita bog‘liq.

«Qo‘qon-1912» barchaga ma’lum bir necha sabablar bois, «Lokomotiv» bilan tengma-teng o‘ynadi, «Buxoro» esa hech bir xavotirsiz «Paxtakor»ni yengdi. Maydon tashqarisidagi kuchlar aralashmasa, Superliga bahslari yana-da qiziydi.

Superliga hozir shunday nozik jarayonni boshdan kechirmoqda. Og‘rigan nafsoniyatning davosi - faqat va faqat adolatli g‘alaba! Boshqacha yo‘l Superliga halokatidir.

Muhammad Vali

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:25, 11.04.2018. O'qildi: 2596 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик