Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Lokomotiv” uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda mezbonlar irodali g‘alabaga erishdilar - 1:2.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida gol kiritilmadi. 54-daqiqada mehmonlar yarimg‘imoyachisi Diyorbek Turopov hisobni ochdi.
Vaziyatlarning birida mehmonlar himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jayev raqibiga qarshi qo‘pol o‘ynadi va ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi.
Shundan so‘ng "Nasaf"ning hujumlari faollashdi va ikkita gol urib g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Nasaf"da 12 ochko bo‘ldi va jadvalning ikkinchi pog‘onasiga mustahkam joylashib oldi. "Lokomotiv" esa 5 ochko bilan 9o‘rinda qoldi.
O‘zbekiston Superligasi-2018.
6-tur.
“Nasaf”– “Lokomotiv” 2:1.
Gollar: Igor Golban (64), Dragan Cheran (70) - Diyorjon Turopov (54).
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov, 92.Umarbek Eshmurodov.
“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yuldashev, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev, 15.Sardor Mirzayev, 19.Husniddin G‘ofurov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Sanjar Shoahmedov, 28.SHuhrat Muhammadiyev, 77.Diyorjon Turopov, 88.Igor Yelich.