Bugun 27 oktyabr, 2025 yil, dushanba.

  • APL
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • 3:2
      • Liverpul
      • 26.10.2025 19:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Kristal Pelas
      • 26.10.2025 19:00
      • Bornmut
      • 2:0
      • Nottingem Forest
      • 26.10.2025 19:00
      • Aston Villa
      • 1:0
      • Manchester Siti
      • 26.10.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • 2:3
      • Byornli
      • 26.10.2025 21:30
      • Everton
      • 0:3
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • 0:2
      • Vilyarreal
      • 26.10.2025 18:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Levante
      • 26.10.2025 20:15
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Barselona
      • 26.10.2025 22:30
      • Osasuna
      • 2:3
      • Selta
      • 27.10.2025 01:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Alaves
      • 28.10.2025 01:00
      • Betis
      • -:-
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 26.10.2025 16:30
      • Torino
      • 2:1
      • Jenoa
      • 26.10.2025 19:00
      • Sassuolo
      • 0:1
      • Roma
      • 26.10.2025 19:00
      • Verona
      • 2:2
      • Kalyari
      • 26.10.2025 22:00
      • Fiorentina
      • 2:2
      • Bolonya
      • 27.10.2025 00:45
      • Lasio
      • 1:0
      • Yuventus
      • 28.10.2025 22:30
      • Lechche
      • -:-
      • Napoli
  • Superliga
      • 26.10.2025 16:30
      • OKMK
      • 1:1
      • Nasaf
      • 26.10.2025 18:30
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Mash’al
      • 27.10.2025 18:30
      • Surxon
      • 4:0
      • Andijon
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 26 57
2 Nasaf 26 57
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 25 47
5 Bunyodkor 26 46
6 OKMK 26 41
7 Navbahor 26 37
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Qo‘qon-1912 26 29
11 Surxon 26 28
12 Andijon 25 28
13 Buxoro 26 24
14 Xorazm 26 24
15 Mash’al 26 23
16 Sho‘rtan 26 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona
26-тур Qizilqum 2-0 Dinamo
26-тур Sho‘rtan 0-2 Neftchi
26-тур Qo‘qon-1912 2-0 Navbahor
26-тур OKMK 1-1 Nasaf
26-тур Bunyodkor 2-1 Mash’al
26-тур Surxon 4-0 Andijon

Navbatdagi o'yinlar.

30/10/25 Dinamo - Xorazm
30/10/25 Navbahor - Nasaf
31/10/25 Sho‘rtan - OKMK
01/11/25 Andijon - Buxoro
02/11/25 Neftchi - Surxon
02/11/25 Mash’al - Qo‘qon-1912
02/11/25 So‘g‘diyona - Qizilqum
03/11/25 Paxtakor - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7704 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2795 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 27.10.2025

      12:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Жувентуде".
      16:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      18:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Фатих Карагюмрюк".
      20:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
      22:05 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      23:25 LIVE Чемпионат Испании. Сегунда. "Кадис" - "Бургос". Прямая трансляция.
      01:25 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Атлетико Минейро".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 27.10.2025

      12:00 Дзюдо. Fonbet Чемпионат России в Екатеринбурге. День 4.
      13:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      15:25 "Команда мечты".
      15:55 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      17:30 Триатлон. Чемпионская серия. Финальный этап в Вуллонгонге, Австралия. Женщины.
      19:40 "Небесная грация".
      20:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Циндао в Китае. День 1.
      22:10 "Непобедимый".
      22:40 "Страна спортивная".
      23:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук. Женщины.
      01:15 "Команда мечты".
      01:45 Плавание. Кубок мира. Этап 2 в Вестмонте, США.
      03:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 27.10.2025

      12:00 Новости.
      12:05 Футбол. U-20. Чемпионат мира в Чили. Финал. Аргентина - Марокко.
      14:05 Специальный репортаж.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      18:20 LIVE Громко. Прямой эфир.
      19:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Финальный этап в Москве. Прямая трансляция.
      20:50 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Динамо-Москва" - "Локомотив" (Ярославль). Прямая трансляция.
      23:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Кремонезе" - "Удинезе". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      04:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Финальный этап в Нанкине, Китай. Блочный лук.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 27.10.2025

      06:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 10. Эннза - Мон-Дор.
      07:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 15. Мюре - Каркасон.
      08:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      10:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Командные соревнования.
      11:30 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      13:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 15 в Рабате, Марокко.
      15:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      17:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Финал. Ledro Sky Trentino в долине Ледро, Италия. Обзор.
      21:30 Легкая атлетика. Амстердамский марафон в Нидерландах.
      22:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.
      23:00 LIVE Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      03:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 16. Монпелье - вершина Ванту.
      03:45 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      04:30 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Северной Ирландии в Белфасте, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nigeriyalik futbolchining O‘zbekistondagi sarguzashtlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogi muallifi Yevdokim Raimov O‘zbekistonda pulsiz qolgan nigeriyalik futbolchi Saymon Akong bilan suhbatlashdi.

Quyida muallifning shu mavzuga bag‘ishlangan maqolasi va uning suhbatdoshi bildirgan fikrlar bilan tanishishingiz mumkin.

Samarqanddagi Bo‘stonsaroy ko‘chasida qahva ichib, O‘zbekistonning Senegalga qarshi uchrashuvi haqida material tayyorlash niyatida edim.

Kutilmaganda «Feysbuk»dagi postga ko‘zim tushib qoldi. Unda bir futbolchi Nigeriyadan O‘zbekistonga biror-bir klub bilan shartnoma imzolash maqsadida kelgani haqida o‘qidim. Natijada, u pulsiz, boshpanasiz va ovqatsiz qolgan. Futbolga qiziqadigan shaxs sifatida vaziyat bilan qiziqdim.

U O‘zbekistonga hech qanday tanish-bilishsiz, agentsiz kelgan ekan. «Feysbuk»dagi post sohibi Farid bilan aloqaga chiqqanimdan keyin bunga amin bo‘ldim. Taxminan bir hafta mobaynida Farid va futbolchi bilan uchrashishga kelishdim. Nihoyat, uchrashdik.

- Farid, u bilan qanday tanishdingiz?

- Do‘stlarim bilan kafega kirgandim. U yerda Saymon ham ovqat xarid qilayotgan ekan. Hayron qoldik. Samarqandda yevropalik sayyohlarni ko‘p uchratasiz.

Afrikalik yoki amerikaliklarni esa kam ko‘rasiz. U bilan tanishishga qaror qildik va futbolchi ekanligini bilib oldik. Akong O‘zbekistonga jamoa qidirib kelgan ekan.

- U yolg‘izmidi yoki agenti bilanmidi?

- Bunisini aniq bilmayman. Agenti bo‘lmasa kerak, lekin nigeriyalik ikki do‘sti bor edi. Ular ham ko‘rikda ekanlar. Ayni payt Pro-liga klublari bilan kelishuvga erishganlar. Saymon hozir yolg‘iz. O‘sha uchrashuvdan keyin u bilan do‘stlashib oldik va o‘zimiz bilan futbol o‘ynashga chaqirdik.

Saviyasi yuqoriligi ko‘rinib turibdi. Keyinchalik muammolari haqida bilib oldim. Uning deyarli puli qolmagan. Ammo mendan biror marta yordam so‘ramadi. Lekin do‘stlarim bilan yordam berishga qaror qildik. Eng katta muammo - may oyida uning vizasi tugaydi. Agar o‘sha vaqtgacha shartnoma imzolay olmasa, yurtiga qaytib ketishiga to‘g‘ri keladi.

U barcha xarajatlarni o‘zi qilgani uchun puli qolmagan. Hozirda qo‘limizdan kelgancha yordamlashib turibmiz. Samarqandning «Sherdor» klubi varianti paydo bo‘lgandi, u yerda mashg‘ulotlarda ham qatnashdi. Lekin klub uning uchun joriy qilingan soliqni to‘lay olmaydi.

Agar xorijlik futbolchi o‘z milliy yoki yoshlar terma jamoalarida o‘ynamagan bo‘lsa, 60 million so‘mlik soliq joriy qilingan. Bu klublarimiz uchun og‘irlik qiladi.

Bugun Zomindan keldi, ko‘rikdan. Ertalab nazorat o‘yinida qatnashib, golli pas ham berdi. Aftidan, u klub vakillariga ma’qul kelgan. Ular menga qo‘ng‘iroq qilishlari lozim. O‘zingiz bilasiz, hamma ham ingliz tilida gaplashavermaydi.

- Saymon, O‘zbekistonga qanday kelib qoldingiz?

- Yurtingiz haqida ko‘pdan beri bilaman. O‘zbek futboli Osiyoda yuqori o‘rinlarda turadi. Shu bois ikki nafar do‘stim bilan baxtimizni O‘zbekistondan izlashga qaror qildik. Ular ham futbolchilar va yomon o‘ynashmaydi.

- Hozirgacha faoliyatingiz qanday kechgan? Ish beruvchingiz bilishi kerak bo‘lgan muhim jihatlar nimalardan iborat?

- Hujum chizig‘ida o‘ynayman. Gol urishni yaxshi ko‘raman. Nigeriyaning qator klublarida o‘ynaganman. Ular regional va oliy divizion jamoalari edi.

- Bojxona xodimlari futbol o‘ynash uchun kelganingizni bilib, qanday munosabatda bo‘lishdi?

- Umuman olganda, ajo­yib kutib olishdi. Vizani olganimdan so‘ng maqsadim sari intilishni boshladim. Xalqingizning mehmondo‘st­ligi ko‘rinib turibdi.

- O‘zbekistondagi dastlabki kunlar qanday kechdi? Har holda, shunchaki kelmagansiz, qandaydir rejalar bo‘lgandir?

- Albatta. Dastlab do‘stlarim bilan Toshkentga bordik. U yerda «Mash’al» klubi ko‘rigida bo‘ldik. Lekin legionerlarga joriy qilingan soliq tufayli shartnoma imzolay olmadik.

- Qiziq, «Mash’al» moliyaviy jihatdan baquvvat klublardan hisoblanadi...

- Afsuski, bundan xabarim yo‘q. Keyin Buxoroga chaqirishdi. U yerda mahalliy jamoalardan birida o‘ynadik. Do‘stlarimdan biri Buxoroda shartnoma imzolashga erishdi.

Uning uchun xursandman. Lekin menga shahardagi muhit yoqmadi. Xuddi kattakon qishloq singari. Mana, Toshkentda bo‘ldim. Ajoyib shahar, poytaxt menga juda yoqqandi.

Samarqand haqida ham shunday deyishim mumkin. Bu yerda xorijliklar uchun sharoitlar yaratilgan. Jizzaxda bo‘ldim, u yer ham yaxshi ekan. Buxoro esa menga unchalik yoqmadi.

- Nima uchun agentlar bilan bog‘lanmagansiz va barchasini o‘zingiz bajarasiz?

- Birinchidan, qachonlardir agent­lar bilan ishlaganman. Lekin ulardan kuyganman. Bilsangiz, agentlarga faqat pul kerak, boshqa narsa emas. Ularning miyasida faqat moliyaviy manfaat, o‘z futbolchilari uchun sharoit yaratib berishni o‘ylashmaydi.

Yana bir misol, boshqa mamlakatga ko‘rikka borish uchun barcha xarajatlarni o‘zim qoplashim kerak. Bundan tashqari, yana agentga ham to‘laymanmi?

- Yaxshi ishlaydigan agentni topish oson-ku. Siz uchun yaxshi shartnoma topib beradi va maoshingizning 10 foizini oladi...

- O‘z saviyamni bilaman va uni har qanday ko‘rikda namoyish qilishim mumkin. Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonga kelganman. Faoliyatimning bu bosqichida menga agent kerak emas.

- Bu yerga kelguncha O‘zbekiston haqida nimalar bilgansiz?

- Ochiq aytaman, oldin ham O‘zbekis­tonda bo‘lganman. Lekin faqat sayyoh sifatida. Buxoro, Xiva va Samarqand­ni tomosha qilganmiz. O‘shanda bu yer yoqib qolgandi. Aynan shuning uchun ham sevimli ishim bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekistonga keldim.

- O‘zbek klublari nimasi bilan esda qoldi?

- Hozir solishtira olmayman, lekin Nigeriyaning katta klublari O‘zbekiston chempionati jamoalaridan kuchliroqdek ko‘rindi. O‘zbekiston oliy divizionidagi klublar bilan hali tanishmadim. Biroq o‘zbek jamoalari texnik futbol namoyish qilishlari ko‘rinib turibdi.

- Do‘stlaringiz mahalliy klublar bilan shartnoma imzolashdi. Siz nima uchun kelishuvga erisha olmadingiz?

- Toshkentda nima bo‘lgani haqida aytdim. Buxoroda murabbiylar meni faqat yarim himoyada o‘ynatishdi. Ularga bu mening chizig‘im emasligini bir necha bor aytdim. Yarim himoya­da o‘ynash men uchun qulay emas. Shu bois ham ularga yordam bera olmadim.

Chunki maydon markazida kuchli o‘yin namoyish qilolmayman. Plyus tomonlarim haqida gapiradigan bo‘lsam, jismonan baquvvatman, raqib jarima maydonida to‘pni olib qo‘yishda faolman.

- O‘zbekistonliklar sizni qanday qabul qilishdi? Bunday mehmondo‘stlikni kutganmidingiz?

- To‘g‘risini aytsam, bu yerning odamlarini bunchalik mehribon deb o‘ylamagandim. Hamma yerda salomlashib, muloqot qilishimda yordamlashishdi. O‘zingiz bilasiz, til muammosi bor.

Bu yerda hamma ham ingliz tilida gaplashmaydi. Lekin meni hayratlantirgan narsa - xalqingizning mehribonligi. Hammaning yordam bergisi keladi. Bir necha bor mehmonga taklif qilishdi. Buni hech qachon unutmayman.

- O‘zbekistonga kelish uchun ancha pul sarflaganingiz to‘g‘rimi? Yashash va ovqat uchun pulingiz tugagani rostmi?

- Ha, bu haqiqat. Chindan ham pul borasida muammolarim bor. Yanvardan beri hamma pulimni sarflab bo‘ldim.

- Shunga qaramay, «Feysbuk»dagi postda yozilishicha, siz O‘zbekistonning professional klubida maoshsiz o‘ynashga rozi ekansiz...

- Ha. Futboldagi saviyamni ko‘rsatmoqchiman. Futbolni pul uchun o‘ynamoqchi emasman. Bu o‘yinni yaxshi ko‘raman. Menga hech narsa kerak emas, yashash uchun joy va oziq-ovqat bo‘lsa, kifoya. O‘zbekiston futbolining rivojlanishida yordam bermoqchiman. Albatta, butunlay maoshsiz o‘ynamoqchi emasman.

Har bir kasb egasi ham bunday qilmaydi. Men ham pul ishlashni, maqsadimga erishishni istayman. Ammo O‘zbekistonga keldim. Bunchalik qiyin bo‘lishini kutmagandim. Bu yerda o‘ynash mening orzum, uning ushalishi uchun esa tekinga o‘ynashga ham roziman.

- Samarqandda hamyurtingiz Devid Oniya haqiqiy afsona edi. U Malayziyada mashg‘ulot paytida olamdan o‘tgan. Uni tanirmidingiz?

- Ha, u haqda bilaman. Bu xabar nigeriya­liklar uchun og‘ir bo‘lgandi. Garchi u Osiyoda o‘ynagan bo‘lsada, nigeriyalik muxlislar xuddi yevropalik yulduzlar singari Oniyani ham kuzatib borishardi.

- Devid Samarqandning «Dinamo» klubida sardor bo‘lgan va bu yerda turmush qurgandi. Siz ham shuni takrorlashga tayyormisiz? Yoki rafiqangiz bormi?

- O, yo‘q-yo‘q (kuladi)! Keling, boshqa savolga o‘ting.

- Bugun Zomindan qaytdingiz. Bu ko‘rikmidi yoki O‘FAning normativlarini topshirdingizmi?

- Bu haqiqiy ko‘rik edi. Jamoa safida bitta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdim. O‘ylaymanki, imkoniyatlarim yomon emas. Ularning qo‘ng‘iroqlarini kutyapman.

- Nigeriya va O‘zbekiston futboli orasidagi farq qanday?

- Farq? (O‘ylab ko‘rib) Birinchidan, maydonlar. Oliy diviziondagi klublarning maydonlari juda yaxshi ekan. Nigeriyada buni kam uchratasiz.

Albatta, bizning futbolda jismoniy holatga ko‘proq e’tibor qaratiladi. O‘zbek futboli ham bu borada kam emasligini aytmoqchiman. Hozirda Osiyoda o‘z o‘rniga ega. Bunga yoshlar jamoasining qit’a chempioni bo‘lgani yaqqol misol bo‘la oladi.

- Sizningcha, Nigeriyada ayni paytdagi eng mashhur futbolchi kim?

- Albatta, Viktor Mozes. U juda katta ishni bajaradi. Mening sevimli futbolchim. Jon Obi Mikel ham Nigeriyaning haqiqiy afsonasi. Shuningdek, Kelechi Ixeanacho, Ahmad Musa, Braun Ideyelar ham bor. Lekin Mozes baribir, eng yaxshisi.

- Afrikada futbolchilarning yoshini kichraytirish rivojlangan deyishadi. Shu qit’a vakili sifatida bu borada nima deya olasiz?

- Buni jamoalarimizning jismonan kuchli ekanliklari bilan izohlayman. Yevropadan farqli o‘laroq, bizdan bo‘ydor va baquvvat futbolchilar yetishib chiqishadi.

Shu bois ham «ko‘hna qit’a»da ularga talab katta. Aslida, bu muammoni shov-shuvlarni yaxshi ko‘radigan jurnalistlar o‘ylab topishgan.

- O‘zbekistondan boshqa variant­lar ham bormidi?

- Yoshligimda Belgiyada ko‘rikda bo‘lganman. O‘zbekistonga kelishimdan avval Avstraliyaga taklif qilishdi. Ammo o‘shanda dunyoning narigi chekkasiga uchib borish uchun pulim yo‘q edi.

- Futbolchilar bu yerdan ko‘p maosh oladigan mamlakatlarga borsangiz bo‘lmasmidi? Faqat Yevropa emas, aytaylik, Malayziya yoki Fors ko‘rfazi davlatlariga.

- Bir tomondan haqsiz. Lekin Avstraliyaga uchsam, aviachiptalar uchun ko‘p pul sarflashimga to‘g‘ri keladi. Yevropaga uchsam ham shunday.

Keyin qayerdadir yashash va ovqatlanish kerak. Nigeriyadan Moskva orqali O‘zbekistonga uchib kelish bor-yo‘g‘i 2000 dollarga tushadi. Qolaversa, viza masalasida ham aytarli muammolar yo‘q.

Agar O‘zbekistonda yaxshi o‘ynasam, Rossiya klublarining e’tiboriga tushishim mumkin. Shuningdek, bu yerda ham rus tilida yaxshi gaplashishadi.

- O‘zbekistonni esdan chiqarmaydigan uchta jihatni aytib bering?

- Mehmondo‘stligi bo‘lsa kerak. Bu yerda yaxshi insonlar yashashadi. Menimcha, shuning o‘zi yetarli.

- O‘zbek palovini tatib ko‘rdingizmi?

- O, juda mazali. Aynan bugun yedim. Bu yerning taomlarini yaxshi ko‘rib qoldim, ayniqsa, palovni.

P.S.: Intervyudan bir kun o‘tib, «Zomin»ning Saymon Akong bilan shartnoma imzolamagani haqida xabarlar chiqdi. Bunga bitimning nerentabelligi klub byudjetiga zarar keltirishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Saymonning esa mehmonxonada turishi uchun bir kun vaqti qolgandi. O‘sha kuni Farid bilan «Feysbuk»dagi postimizga samarqandlik bir inson javob qaytardi. Ayni kunda Saymonning to‘rt kun mehmonxonada yashashi uchun pul to‘langan.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:34, 12.04.2018. O'qildi: 6195 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Насаф Dragan Cheran 8
9 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
10 Бунёдкор Imeda Ashortia 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.