O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 apreldagi 18-sonli yig‘ilishiga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha "Charm to‘p" musobaqalarini mintaqaviy va Respublika bosqichini o‘tkazish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra musobaqa uch sinf toifalarida bo‘lib o‘tadi:
1) 5-6 sinflar
2) 7-8 sinflar
3) 9-10 sinflar
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boshqarmalari va Xalq ta’lim vazirligi tuman boshqarmalari bilan hamkorlikda quyidagi sanalarda bosqich o‘yinlarini o‘tkazish lozim.
1- bosqich. Tuman va shahar bosqichi. 9-15 aprel.
2 - bosqich. Viloyat bosqichi. 20-26 aprel.
3 - bosqich. Mintaqaviy bosqich. May oyining birinchi o‘n kunligi.
1-mintaqa. Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari. Jizzax 1-4 may.
2-mintaqa. Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari. Farg‘onada 1-3 may.
3-mintaqa. Samarqand, Navoyi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Qarshida 1-4 may.
4-mintaqa. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm. Urganchda 1-3 may.
4-bosqich. Respublika finali. Toshkent. 15-18 may.
Ayni paytda 1-bosqich o‘yinlari yakuniy pallasiga kirgan. 20-26 aprel kunlari tuman chempionlari o‘rtasida viloyat bosqichi boshlanadi.