Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Хатайспор" - "Галатасарай".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/16 финала. "Эльденсе" - "Валенсия".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Кубок Италии. 1/8 финала. "Болонья" - "Монца".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Сивасспор".
      14:05 Новости футбола.
      14:10 Чемпионат Турции. "Коньяспор" - "Фенербахче".
      16:10 Новости футбола.
      16:15 Кубок Испании. 1/16 финала. "Депортива Минера" - "Реал Мадрид".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Кубок Италии. 1/16 финала. "Наполи" - "Палермо".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 Чемпионат Турции. "Хатайспор" - "Галатасарай".
      22:25 Новости футбола.
      22:30 "Человек из футбола". Николай Писарев.
      22:55 LIVE Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Явор". Прямая трансляция.
      00:55 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Кубок Испании. 1/16 финала. "Эльденсе" - "Валенсия".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Явор".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.07.2025

      06:15 Д/с "Сила воды".
      06:30 "Вопреки всему".
      06:55 LIVE Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Команды. Произвольная программа. Прямая трансляция.
      09:00 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. 3 км.
      10:40 LIVE Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Соло. Техническая программа. Прямая трансляция.
      12:15 "Что за спорт?". "Экстрим".
      12:45 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. 3 км.
      14:10 "Формула-1. Гаснут огни".
      14:40 Д/с "Век нашего спорта".
      15:10 LIVE Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло. Техническая программа. Финал. Прямая трансляция.
      16:45 Д/с "Сила воды".
      17:05 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      17:25 "Вопреки всему".
      17:55 LIVE Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 11 в Лондоне, Великобритания. Прямая трансляция.
      19:55 LIVE Борьба. Международный турнир в Венгрии. Прямая трансляция.
      23:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Соло. Техническая программа.
      01:10 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      01:30 Д/с "Век нашего спорта".
      01:55 Летняя Универсиада 2025. Плавание.
      04:35 "Спорт, который есть". "Кануполо".
      04:55 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанная эстафета. Прямая трансляция.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.07.2025

      06:15 Д/с "Сила воды".
      06:55 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. 3 км. Прямая трансляция.
      08:30 Матч! Парад.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:35 Новости.
      10:40 LIVE Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Соло. Техническая программа. Прямая трансляция.
      12:15 Д/с "Сила воды".
      12:35 Автоспорт. Ралли-рейд "Шёлковый путь".
      12:55 Д/ф "Олимпиада 80. Вопреки невозможному".
      14:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:05 Новости.
      15:10 LIVE Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло. Техническая программа. Прямая трансляция.
      16:45 Д/ф "Под двумя небесами".
      17:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:55 LIVE Пляжный волейбол. Кубок России. Финальный этап в Санкт-Петербурге. Женщины. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      20:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      22:00 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 1-й тур. "Спартак" (Москва) - "Динамо" (Махачкала). Прямая трансляция.
      00:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Пляжный волейбол. Кубок России. Финальный этап в Санкт-Петербурге. Мужчины. 1/2 финала.
      03:55 Д/ф "Игорь Численко. Удар форварда".
      04:50 Новости.
      04:55 LIVE Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанная эстафета. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.07.2025

      07:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      09:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 13. Луданвьелль - Пейрагюд. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      13:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 13. Луданвьелль - Пейрагюд. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      14:45 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 14. По - вершина Люшон-Сюпербаньер. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. "Гоночные велосипеды", 1 эп.
      21:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      22:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      23:25 LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 12 в Мадриде, Испания. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы. Прямая трансляция.
      01:25 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 14. По - вершина Люшон-Сюпербаньер.
      03:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 12 в Мадриде, Испания. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 14. По - вершина Люшон-Сюпербаньер.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Antuan Grizmann: «O‘sha penalti bir umrlik dog‘»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

2016 yil 28 may. Yevropa Chempionlar Ligasi finali. «Real» - «Atletiko». «Matraschilar»ning ishongan hujumchisi Antuan Grizmann 11 metrli nuqta yonida. Biroq uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘siniga tegdi.

Yakunda «Atletiko» «shalpangquloq» kubokni boy berdi. Grizmann esa oradan ko‘p o‘tmay, yana bir yirik finalda mag‘lublik qismatiga ko‘ndi - Fransiya milliy jamoasi Yevro-2016ning hal qiluvchi bahsida Krishtianu Ronaldusiz qolgan portugallarga bas kelolmadi.

Alohida qayd etish kerak, Antuan joriy mavsumni ham ancha omadsiz boshladi va hattoki, o‘tkir tanqidlarga yuz tutdi. Muhimi, u xuddi qush qanot qoqqandek bir silkindiyu, yana avvalgidek xavfli hujumchi qiyofasiga kirdi.

Fransiya termasi vakili ayni payt o‘zini juda yaxshi his qilmoqda va muxlislar JCH-2018da haqiqiy Grizmanni ko‘rishlari xususida va’da bermoqda. Qisqasi, u Rossiyaga eng yaxshi sport formasi va ko‘tarinki kayfiyatda kelmoqchi.

Hujumchi L`Equipe nashri muxbirlari bilan suhbatlashar ekan, bu borada baralla gapirdi: «Maydonda doimo kulib to‘p suradigan o‘sha Antuan Grizmanni ko‘rishga shaylaning!».

- Boshida yoqimsizroq savol: Yevro-2016 finalida Portugaliya termasidan qabul qilingan mag‘lubiyat shaxsan sizga nechog‘li og‘ir botdi?

- Ochig‘i, birin-ketin 2ta finalni boy berish juda alamli: avvaliga CHLda g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqardik, keyin Yevro-2016ning hal qiluvchi bahsida, boz ustiga, muxlislarimiz ko‘z o‘ngida ojiz qoldik.

Tushunarliki, bunday omadsizlikni xuddi dahshatli tushdek imkon qadar tezroq miyadan chiqarib tashlab, kelajakka qarash kerak. Biroq hammasi aytishga oson, amalda esa... O‘zimda sinab ko‘rdim, bu kabi mag‘lubiyatlar avvalo, ruhiy zarba hisoblanadi. Axir sovrin shundoq yoningda turganida, uni chetlab o‘tish osonmi?

Biz final yo‘lida qanchadan-qancha kuch sarflagandik, yakun esa... Deylik, Yevro-2016dan so‘ng butun hafta davomida final o‘yini haqida o‘yladim, miyamda uning vaziyatlari tinmay charx urdi. Shu asnoda mag‘lubiyat qanday yuzaga kelganini anglashga urindim.

Axir men bosh bilan 2ta gol urishim mumkin edi, keyin Jinyakning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga tegdi. Boz ustiga, avvalroq «Real»ga qarshi kechgan CHL finalida penaltidan foydalanolmagandim. Haligacha o‘sha zarbam va to‘sin ko‘z o‘ngimda. Bu men uchun bir umrlik dog‘...

- Umuman, oxirgi 2 yilda ham Fransiya termasini yetarlicha tanqid qilishdi. Tanqidlar adolatlimi?

- Yo‘q. Har holda, terma jamoamiz «Atletiko»ga nisbatan yaxshiroq o‘ynamoqda (kuladi). Albatta, hamma bizdan chiroyli futbol talab qiladi, axir terma jamoamiz tarkibida nomdor o‘yinchilar ko‘p.

Shunday ekan, muxlislar jamoamizdan doimo yanada ko‘prog‘ini kutishlari tabiiy hol. Lekin shaxsan men uchun asosiysi - natija. Futbol chiroyi esa ikkinchi masala hisoblanadi. «Atletiko»dagi o‘yinimga qarang: agar klubimiz 1:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsa, orqada sof himoyachidek ter to‘kaman.

- Lekin amplua bo‘yicha hujumchi sanalasiz. Boshida bunday usulga ko‘nikishingiz qiyin kechgandir...

- Ha, hammasiga moslashishim uchun yarim yil ketdi. Mana, endi ushbu taktikani hattoki, yoqtirib qoldim. Hozirda himoyaviy harakatlardan shunchaki, zavq olaman. Ko‘nikib qolganim uchunmi, terma jamoada ham tez-tez orqaga o‘taman.

Bu borada murabbiylar hattoki, alohida ogohlantirishgacha borishdi: «Himoyaga qaytishda me’yorni ushla. Sening asosiy vazifang - oldinda shay turish». Biroq o‘z-o‘zidan tayanch zonasiga yordam berishga oshiqaveraman. Bu Simeonening kuchli ta’siri samarasidir.

- Yevro-2016da chempion bo‘lmadinglar, shunga qaramay, yanada tanildingiz. Mashhurlik xalaqit bermayaptimi?

- O‘zingizni katta e’tiborga tayyorlab bormasangiz, boshida rosa qiynalasiz. Turli fotosessiyalar, suratga olish jarayonlari... Gohida nima qilishni ham bilmay qolasiz. Lekin inson hammasiga ko‘nikish xususiyatiga ega.

Yaxshiyamki, maydon chetidagi ishlarim bilan opam (Mod Grizmann) shug‘ullanadi. Uning yordamisiz ancha qiynalishim turgan gap. Mana, jahon chempionatidan keyin ko‘plab homiylar bilan tuzilgan shartnomalar muddati tugaydi va yengilroq nafas olish imkoniyatiga ega bo‘laman (kuladi).

- Ha, oxirgi vaqtlarda shaxsiy ishlaringizni qarindoshlaringizga topshirib qo‘ydingiz. Xususan, opangiz va otangizga. Bu prinsipial ahamiyatga ega qarormi yoki...?

- Boshida barcha ishlarimni Erik Ola nazorat qilardi, biroq keyinchalik oramizdan qandaydir «mushuk yugurib o‘tdi» va hamkorlikni to‘xtatishdan o‘zga iloj qolmadi.

Shu lahzalarda oilaviy ko‘makka ehtiyoj sezdim. Zero, yaqinlarimga to‘liq ishonaman. Ular darhaqiqat, avvalo, mening manfaatimni o‘ylashadi.

- Ayni payt birgina futbol bilan cheklanib qolmayapsiz. Misol uchun, Lego Batman filmi qahramoni - Supermenga ovoz berdingiz. Shunday tig‘iz pallalarda ortiqcha yuklama olish shartmi?

- Ochig‘i, kino sohasida aytarli tushunchaga ega emasdim. Kinoloyihaga taklif etishganida esa, dabdurustdan ijobiy javob berdim: «Bu zo‘r-ku, roziman, albatta!» Chunki tabiatan yangiliklarga o‘chman.

Qolaversa, kino olami juda qiziqarli. Mana, ovoz berish jarayonida bevosita qatnashish orqali bu borada muayyan tajriba hosil qildim.

- JCH-2018 siz uchun ikkinchi mundial hisoblanadi. Tushunarliki, Rossiyada Grizmanndan ko‘p narsa kutishadi. Har holda, Braziliya-2014dagiga nisbatan yaxshiroq o‘ynashingiz talab etiladi.

- Mas’uliyat hamisha bosim yuklaydi. Lekin futbolchi umumiy munosabat va chetdan yangraydigan fikrlarga yengilroq qarashi kerak. Demoqchimanki, avvalo, futboldan shunchaki, zavq olishga urinsangiz, harakatlaringiz o‘z-o‘zidan yaxshi chiqaveradi.

Bordiyu, miyangizni turli xayollardan tozalay olmasangiz, unda hech vaqoga erisholmaysiz. Va’da beraman: Rossiyada hamma doimo yuzida tabassum bilan to‘p suruvchi o‘sha Grizmanni ko‘radi.

- Hozir bor e’tiboringiz bo‘lajak mundialga qaratilgan bo‘lsa kerak...

- Ha, maydonda aslida nimalarga qodirligimni to‘la-to‘kis namoyish etmoqchiman! Tayyorgarlikka kelsak, mashg‘ulotlardan so‘ng tiklanish muo-lajalariga ko‘proq vaqt ajratyapman, xususan, massajchi bilan kuchaytirilgan reja asosida ishlayapman. Zero, jahon chempionatigacha eng yaxshi sport formasiga kirishim shart.

- Fransiya terma jamoasini turnir favoriti sifatida tilga olish mumkinmi?

- Umid qilamanki, biz favorit ekanligimizni amalda ko‘rsatamiz. Hozircha hamma Germaniya, Ispaniya, Argentina va Braziliya terma jamoalarini asosiy favoritlar qatoriga qo‘shaversin. Shuningdek, bo‘lajak jahon chempionatida «syurpriz»­larga guvoh bo‘lishimiz ham tayin. Bunga shubha qilmang.

- Bunday yirik forumlar odatda transferlar bozoriga katta ta’sir qiladi. Ayting-chi, Rossiyaga yo‘l olishdan oldin «Atletiko»dagi kelajagingizga oydinlik kiritish masalasi siz uchun nechog‘li muhim?

- Klubda qolish yoki qolmasligimni mundial startigacha hal qilamiz, albatta. Chunonchi, ortiqcha o‘y-xayollar turnir davomida xalaqit berishini aslo xohlamayman.

Agar keyingi taqdirim mavhumligicha qolsa, xotirjam to‘p surolmasligim mumkin. Chunki duch kelgan kishi savolga tutadi: «Falon klubga o‘tish variantiga qanday qaraysan? Bunisiga nima deysan?» Qolaversa, matbuot ham jim turmaydi - turfa xil xabarlarni tarqataveradi...

- Yevro-2016da eng yaxshi to‘purar bo‘lgandingiz. Xo‘sh, JCH-2018da o‘sha vaqtdagidan ham kuchliroq o‘ynay olasizmi?

- Harakat bor. Shunisi aniqqi, mundialga tajribaliroq futbolchi sifatida boraman.

- O‘yin sifati masalasida-chi?

- Bilmadim. Lekin tajriba muayyan vaziyatlarda sifatni oshirishga imkon bersa kerak. Hozircha faqat bir gapni dangal aytaman: Grizmann Rossiyaga eng yaxshi holatda yo‘l oladi.

- Demak, hozir eng yuqori sport formasidasiz, ammo mavsum boshida bunday emasdi...

- Tushunarliki, yozgi bayonotim («Manchester Yunayted»ga o‘tishi ehtimoli haqida) va unga bog‘liq voqealardan keyin faqat futbolga e’tibor qaratishim qiyin bo‘ldi. Umuman, zo‘r ishtiyoqda o‘ynay olmadim. Keyin mavsumoldi yig‘inlarida binoyidek ishladim, ammo...

Deylik, nazorat o‘yinlarida negadir golsizlikka uchradim. hattoki, mashg‘ulotlarga kelishim bilan mendan qachon gol urishim haqida so‘raydigan bo‘lim qolishdi. Mavsum boshlangach esa, «Jirona»ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka oldim.

Aslida hakam menga nisbatan qoida buzilganini ko‘rib, penalti belgilashga chog‘langan edi, biroq nima bo‘ldiyu, fikrini o‘zgartirdi (referi hujumchiga avvaliga simulyasiya uchun sariq, keyin haqoratlagani tufayli darhol qizil kartochka ko‘rsatgandi).

Shu holat ham salbiy ta’sir qildi. Qisqasi, ma’lum muddat faqat milliy jamoada ko‘tarinki ruhda o‘ynadim, chunki termada hech kim bosim o‘tkazmasdi.

- Xususan, Bolgariya (1:0) va Belarus (2:1) terma jamoalariga qarshi bahslarda muhim gollarga mualliflik qilganingizdan qanchalik ilhomlandingiz?

- O‘zi aynan termada o‘zimga mutlaqo ishonib to‘p suraman - zarur payt gol ura olishimni bilaman. Zero, jamoada alohida muhit shakllangan va futbolchi o‘yindan chinakamiga bahra oladi. Oddiy aytganda, birov ortingizdan pichirlamaydi.

- Xo‘sh, joriy mavsumdagi qaysi lahza burilish nuqtasiga aylandiyu, «qora» kunlarga barham berdingiz?

- Inqiroz holatidan chiqib ketishimda avvalo, milliy jamoa murabbiylarining menga ishonishda davom etishgani muhim rol o‘ynadi.

Bundan tashqari, «Atletiko»da ham ishlar o‘nglandi va Diyego Simeone xohlaganimdek harakatlanishimga to‘sqinlik qilmadi. Yanvarda esa Diyego Kosta safimizga qaytdi. Muhimi, u bilan birga o‘ynashda alohida yengillik sezdim.

- «Sevilya» darvozasiga 3ta, «Leganes»nikiga 4ta gol... Oxirgi 10ta o‘yinda 11ta gol! Bunday samaradorlikni davom ettira olasizmi?

- Yuqori maromni saqlab qolish juda qiyin, to‘xtamasdan barqaror gol urish faqat Ronaldu va Messiga xos. Muhimi, hozirgi o‘yinimdan xursandman.

To‘g‘ri, gohida shunday o‘yin-lar bo‘ladiki, eng oddiy vaziyatlarda ham to‘pni yo‘qotaverasan, uni bo‘ysundirolmaysan. Demoqchimanki, o‘yinimga bog‘liq minus jihatlarni yaxshi bilaman. Shunday ekan, ular ustida ishlashim kerak.

- Misol uchun...

- O‘yinga kirishib ketishim qiyin, boshida hattoki, ketma-ket 3-4 marta xatoga yo‘l qo‘yishim mumkin. Shuningdek, ba’zan to‘g‘ri pozisiya tanlamaslik oqibatida zo‘r uzatmani ko‘kka sovuraman.

- Ronaldu va Messi anchadan buyon «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatining oldingi ikki qatoridan joy olishmoqda. Siz esa bir yil ichida 3-o‘rindan 18-pog‘onaga tushdingiz. Bunchalik «qulash» og‘ir emasmi?

- Yo‘q, harqalay, bilinmadi. Jiddiy gapirsam, avvalgi mavsumda o‘zimni ko‘rsatolmadim. Shunday ekan, ranjishga asosim yo‘q.

- Lekin «Oltin to‘p» - futboldagi bosh maqsadingiz, shundaymi?

- Yana yo‘q. Asosiylari 2ta - jahon chempionati va CHLda g‘olib chiqish. «Oltin to‘p»ni esa navbatim kelsa, qo‘lga olarman. Tabiatan xudbinlikni yoqtirmayman, doimo jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yaman. Individual ko‘rsatkichlar - ikkinchi masala.

Tan olaman, Yevropa chempionati bosh to‘purari maqomini olganim o‘zgacha hissiyot uyg‘otdi. Axir bu haqda 10 yildan keyin ham gapirishlari mumkin. Lekin men to‘purar bo‘lmasam ham, jamoamiz Yevropa chempioniga aylanganida, yaxshiroq edi...

Ma’lumot uchun

ANTUAN GRIZMANN

Tug‘ilgan sanasi va manzili: 1991 yil 21 mart, Makon (Fransiya)

Amplua bo‘yicha: hujumchi, «Makon» va «Real Sosyedad» klublari tar-biyalanuvchisi

O‘ynagan jamoalari: «Real Sosyedad» - 2009-2014; «Atletiko» - 2014-...

Yutuqlari: Ispaniya superkubogi sohibi - 2014; yoshlar o‘rtasida (U-19) Yevropa chempioni - 2010; YECHL finalchisi - 2016; Yevropa vise-chempioni - 2016

Fransiya terma jamoasidagi statistikasi: 51ta o‘yin, 19ta gol

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:41, 16.04.2018. O'qildi: 14602 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.