Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 22.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sassuolo
      • 22.03.2026 16:30
      • Komo
      • 5:0
      • Piza
      • 22.03.2026 19:00
      • Atalanta
      • 1:0
      • Verona
      • 22.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Lasio
      • 22.03.2026 22:00
      • Roma
      • 1:0
      • Lechche
      • 23.03.2026 00:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Inter
  • APL
      • 22.03.2026 01:00
      • Lids
      • 0:0
      • Brentford
      • 22.03.2026 17:00
      • Nyukasl
      • 1:2
      • Sanderlend
      • 22.03.2026 19:15
      • Aston Villa
      • 2:0
      • Vest Xem
      • 22.03.2026 19:15
      • Tottenhem
      • 0:3
      • Nottingem Forest
  • La-liga
      • 22.03.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:2
      • Valensiya
      • 22.03.2026 18:00
      • Barselona
      • 1:0
      • Rayo Valyekano
      • 22.03.2026 20:15
      • Selta
      • 3:4
      • Alaves
      • 22.03.2026 22:30
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Betis
      • 23.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletiko
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 28 66
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 28 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves

Navbatdagi o'yinlar.

22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

BBC triosi narxi – 3 milliard yevro yoxud Ispaniya futboliga klausula nimaga kerak?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Clausula» so‘zi ispanchadan tarjima qilganda «maxsus shart» ma’nosini beradi. Ushbu atama o‘tgan asrning 80-yillarida yuridik sohadan kirib kelgan.

O‘shanda Ispaniya Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi (hozirda Bandlik va ijtimoiy himoya vazirligi deb ataladi) professional sportni tartibga solish bilan shug‘ullangandi. Yo‘nalish bo‘yicha bir nechta qarorlar chiqarildi.

Klausula - futbolchini tayyorlagan yoki u bilan amaldagi shartnomaga ega klubga beriladigan kompensasiya miqdori.

Shu bois o‘sha klub zarur paytda o‘ziga ma’qul summani belgilashga haqli. Aniqroq aytganda, bu - shartnomani muddatidan avval bekor qilingani uchun to‘lanadigan haq.

Klausula qanday tizimda to‘lanadi?

Futbolchi klub va La Ligaga shartnomani bekor qilish borasida iltimosnoma yuboradi;

So‘ngra xaridorning pullari Liga hisobiga borib tushadi;

Keyin esa klausula sotuvchi-klubga beriladi.

Ispaniyadagi klausula to‘lash jarayoni Janubiy Amerika, Portugaliya va boshqa mamlakatlarnikidan aynan shunisi bilan farqlanadi. Shartnomani bekor qilish bo‘yicha barcha ishlar nafaqat sport olami professionallari, balki turli davlatlardagi soliq organlari bilan birgalikda muhokama qilinadi.

Barchasiga 2016 yilgacha amalda qo‘llangan tizim sabab bo‘lgan. U klausulaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir o‘tkazgan. Aniqrog‘i, muzokaralar o‘tkaziladigan holatlar soniga qarab. Aslida bu tizimga murojaat etishga hojat yo‘q edi. Nima uchunligini tushuntiramiz.

Ispaniyada har xil soliq turlari mavjud bo‘lib, ular turli darajada solinadi. Quyida faqat davlatga taalluqli uchtasini keltirib o‘tamiz:

1. IRPF (Impuesto sobre la renta de las personas fisicas) - federal va avtonom daromad solig‘i;

2. IVA (Impuestosobreelvaloranadido) - qo‘shimcha qiymat solig‘i;

3. IS (Impuesto de Sociedades) - korxonafaoliyatigasoliq.

So‘nggi bandga to‘xtalmay, asosan yuqoridagi ikki turini transferlar misolida batafsil ko‘rib chiqamiz. Buning uchun 2013 yili Tyago Alkantaraning «Bavariya»ga qay tariqa o‘tganini eslash kifoya. O‘shanda AS jurnalistlari ushbu mavzuga to‘xtalishgandi: «Tyagoning shartnomasidagi klausula 18 million yevroni tashkil etardi. «Bavariya» esa 20 million to‘ladi. Nega?»

Hammasi oddiy. Agar myunxenliklar klausulani to‘lashganida, keyinchalik deyarli 50 foizga teng IRPFni ham to‘lashlariga to‘g‘ri kelardi. Natijada transfer 27 millionga tushardi. Shu bois Tyagoni klausulaga murojaat etmay, shunchaki, «Barsa» bilan kelishgan holda sotib olishga qaror qilishdi.

Mazkur holatda «Bavariya» transferga qo‘shimcha tarzda 24 millionga teng IVA (21 foiz) to‘ladi. Madridning «Real» klubi Luish Figu va Serxio Ramos transferini xuddi shu tarzda rasmiylashtirgandi. «Atletiko» esa «Real Sosyedad»dan Grizmanni xarid qilishda klausuladan iqtisod qilgan.

Xo‘sh, 2016 yili nima o‘zgardi? Gap shundaki, Soliq bosh boshqarmasi (Direcciun General de Tributos) qaroriga ko‘ra, klausulani to‘lash chog‘ida IRPF hamda IVA to‘lanmasligi belgilandi. Chunki vazirlikdagilar tushunib qolishdi: klausula - shartnomaning bekor qilinishi uchun kompensasiya, unga soliq solinishi shart emas.

Aslida «PSJ» Neymar transferi uchun 330 million yevro to‘lashi kerak edi. Shu bois shayxlar iqtisod qilingan 110 million uchun Ispaniya soliq idoralariga rahmat aytishsa arziydi.

Transferlar nafaqat davlat tomonidan tartibga solinadi, balki uni liga (LFP), futbolchilar assosiasiyasi va boshqalar ham nazorat qiladi. Misol uchun, o‘tgan yilning iyulida Neymarning transferi Xavyer Tebasni jiddiy tashvishga soldi. Ammo vaziyatga aralasholmasdi - bunga vakolati yo‘q.

Xo‘sh, bunday holatlarga ta’sir o‘tkazish imkonsizmi? Faqatgina reglament talablarini kuchaytirib, o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Mana, «Xaridorlik imkoniyatlari past jamoalar himoyasi» bo‘yicha yangi modda kiritildi.

Shuningdek, La Liga reglamentining 10-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, endilikda klausulaga binoan o‘yinchi sotib olgan klub 30 kun mobaynida transfer oynasi davridan tashqarida ham boshqa bir futbolchini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

«Real» va «Barsa»da tovon puli miqdori qancha?

Mabodo ikki klub kelishuvga erishsa, klausulani to‘lash shart emasligini ham tushunish lozim. Shu bois quyida tilga olinadigan summalar - kimdir futbolchini sotib olishni xohlasa, shunchaki «xavfsizlik yostiqchasi», «sug‘urta» vazifasini o‘tashi mumkin.

Ayniqsa, ushbu masala Neymarning «PSJ»ga transferidan keyin dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. «Barselona» rahbariyati dastlab Messining shartnomasidagi tovon puli miqdorini oshirib, uni 300 million yevroga yetkazgandi. Ammo keyinchalik keskin burilish kuzatildi. Endi Leoni sotib olishni xohlaganlar 700 million yevro to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.

«Barselona» futbolchilarining klausulasi

Lionel Messi                      700*

Jerar Pike                           500

Serji Roberto                      500

Usmon Dembele                     400

Filippe Koutinyo                400

Luis Suares                           200

Serxio Buskets                      200

Andres Inyesta                     200

Ter-SHtegen                            180

Xordi Alba                         150

Ivan Rakitich                         125

Paulinyo                               120

Andre Gomesh                         100

Pako Alkaser                      100

Lyuka Din                             100

Nelson Semedu                    100

Tomas Vermalen                    80

Yasper Sillessen                    60

Samuel Yumtiti                  60

Denis Suares                         50

Jerar Deulofeu                   35

Izoh: * - mln.evro

*********

«Barselona»ning Neymar bilan qanday muammoga duch kelganini kuzatgan Florentino Peres «Real»dagi o‘yinchilarning shartnomasidagi bandlarni ham qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. Deyarli barcha futbolchilarning klausulasi o‘zgartirildi.

Ayrimlarda summa bir necha barobarga oshirildi. Janob Peres-ning bunday siyosatini Ispaniya matbuoti «anti-shayx» deb nomladi. BBC triosidagi har bir o‘yinchining klausulasi 1 milliard yevroga teng. Vaholanki, «Real» prezidenti Krishtianuning shartnomasiga aynan shunday miqdorda tovon puli qayd etishni o‘ylagandi.

Shuningdek, «Kastilya»dagi o‘yinchilarning har biri tovon puli 300 million va undan ko‘proq miqdorda belgilanadigan shartnomalarga imzo chekishlari haqida gap-so‘zlar urchigandi. Ammo hozir yakuniy summa 30dan 60 million yevrogacha bo‘lib turibdi.

Yaqinda Sport.es jurnalistlari 1997|1998 yillar mavsumida kuzatilgan diqqatga molik voqeani yodga olishdi. «Espanyol» futbolchisi Fransisko Lopes klausula miqdori 70 milliard peseta (421 million yevro) bo‘lgan klub bilan bitim tuzdi.

Kataloniyaliklar vakillaridan biri vaziyatga tushuntirish berarkan, shu tariqa amalga oshirilayotgan ish absurd ekanligini namoyon qilish ko‘zda tutilganini ta’kidlagan.

Madridliklar ro‘yxatiga Xames Rodriges kiritilmagan. Uning tovon puli 500 million yevroga teng. «Bavariya» yozda kolumbiyalikning shartnomasini 42 millionga sotib olishi mumkin.

«Real Madrid» futbolchilarining klausulasi

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:32, 24.04.2018. O'qildi: 16745 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик