Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fir’avn imperiyaga qarshi. YECHL yarim finalining birinchi o‘yini arafasida

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Chempionlar ligasida bugun va ertaga yarim finalning birinchi uchrashuvlari o‘tkaziladi. «Tribuna» uchrashuvlar anonsini taqdim etadi.

«Liverpul» - «Roma»: Saloh nomli o‘yin

Bu mavsum misrlik futbol yulduziga atalmoqda. Hozirda Saloh - shunchaki futbolchi emas. Yaqindagina Saloh ishtirokida narkotikka qarshi ijtimoiy reklama ishlandi. Asosiy rolni «Liverpul» hujumchisi ijro etgan. Saloh misrliklar uchun idealga aylanmoqda. Rolik oxirida u shunday deydi: «Sen narkotiklardan kuchlisan». Bir necha kun o‘tib, Misr Ijtimoiy ta’minot vaziri Gada Valiotmetila giyohvandlikdan tuzalishni istab qilinayotgan qo‘ng‘iroqlar soni 400 foizga ko‘tarilganini ma’lum qildi.

Misrda Saloh - fir’avnga aylangan. O‘tgan mavsumda u imperatorga yordam berardi. O‘shanda misrlik futbolchi «Roma»da Franchesko Totti bilan o‘ynardi. U o‘tgan mavsumda Italiya chempionatining 31 o‘yinida 15 gol urdi. O‘tgan mavsumda ham u o‘zini namoyon qilgandi, ammo ko‘pchilik u keyingi mavsumda Angliya chempionatini ag‘dar-to‘ntar qilishini taxmin qila olmasdi. U o‘tgan haftada «Liverpul» safida 31-golini urdi va Angliya chempionatida bir mavsumda ko‘p gol urish bo‘yicha rekordni takrorladi, ko‘p o‘tmasdan mavsumning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni qabul qilib oldi.

Taqdirlash marosimi yakunlanishi bilan Yurgen Kloppdan u videotabrik oldi: «Kubokni tashla va Liverpulga qayt. Seshanba kuni o‘yin bor».

«Roma» - yarim finalda yaqqol autsayder, ammo o‘tgan bosqichda ham hamma shunday deb o‘ylagandi. Rimliklar esa yengilmas «Barselona»ni yirik hisobda yengib, turnirdan chiqarib yubordi. Shu tufayli «Liverpul»ni halitdan finalga olib chiqish o‘rinsiz. Rimliklar jamoasi raqiblarga hurmat bilan munosabat bildirmoqda: «Real» va «Bavariya» juda kuchlidir, «Liverpul»dagilar esa xuddi biz kabi haqiqiy jangchilardir», dedi Nayngolan.

Bu klubni yarim finalda kutmaganlar ko‘nishga majbur. «Liverpul»ning bu mavsumdagi hujumkorligiga har qanday klub havas qiladi, «Roma» gladiatorcha xarakter ko‘rsatmoqda. Avvaliga «bo‘rilar» «Shaxtyor»ga qarshi birinchi mag‘lubiyatli o‘yindan chiqib ketishdi, keyin «Barselona»ga qarshi qarama-qarshilikda qahramonlik ko‘rsatildi. Hammo Saloh va Messi to‘qnashuvini kutgandi – ammo buni yana kutishga to‘g‘ri keladi.

«Liverpul» - «Roma» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi, uchrashuvni Match TV orqali tomosha qilish mumkin.

«Real» - «Bavariya»: Inqirozdagi grandlar

Ikki klub ham o‘nlab yillar davomida barqarorlikni saqlab tura oladigan grand jamoalardir. Germaniyaning abadiy chempioni va Yevropada ko‘p martalab eng yaxshi jamoa. «Real» ham, «Bavariya» ham har qanday raqib uchun qo‘rqinchli ko‘rinishda bo‘lib kelgan, ammo bu mavsumda ikki grandning ham o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. Myunxenliklar bundesligani yaxshi boshlay olishmadi, Parijda YECHL guruh bosqichi o‘yinida javobsiz 3ta gol qabul qilishdi, Karlo Anchelotti ishdan haydaldi. «Qirollik klubi» esa yanayam ko‘proq vaqt bir joyda depsinib turdi va Chempionlar ligasi guruh bosqichini ikkinchi o‘rinda yakunladi, jamoa «Tottenhem»dan ortda qoldi, o‘z uyida o‘tgan klasikoda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Zinedin Zidan mavsum davomida o‘zining «Real»dagi o‘rnini yo‘qotishiga bir baxya qoldi, Anchelotti o‘rniga tayinlangan Yupp Haynkesdan mo‘’jiza kutilmadi. Ammo madridliklar «PSJ» va «Yuventus» to‘siqlaridan o‘tdi, «Bavariya» esa ayni vaqtda trebl qilishi mumkin bo‘lgan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Bu nimaning evaziga bo‘ldi. Shunchaki, haqiqiy superklublar inqiroz davrida ham yuqorida qola oladi. «Odamlar «Real»ga hasad bilan qarashadi, chunki «Real» qatorasiga 8 mavsum Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqdi», deya o‘yindan oldin fikrlarini bildirib o‘tgan Lukas Vaskes. Yo‘qsachi? Shuningdek, Krishtianu Ronalduning o‘zigagina ham hasad qilish mumkin, u Chempionlar ligasining joriy mavsumdagi o‘yinlarining barchasida gol urdi.

«Bavariya»ning asosiy yulduzi Chempionlar ligasining joriy mavsumida barcha o‘yinlarda gol urmayapti, ammo Levandovskida «Real»ning nishonida qolish uchun imkoniyat bor. Yarim final uchrashuvlari arafasida  jurnalisti Giyom Balage aytdiki, Levandovski Madridga kelishni istaydi. Uning aytishicha, ushbu polshalik futbolchi jamoadoshlariga «Real» uni Benzema yoki Beyl o‘rniga olmoqchiligini aytgan. Bu xabar «Qirollik klubi»ga qarshi o‘yinlar arafasida tarqaldi, 5 yil muqaddam «Borussiya» safida Levandovski «Real»ga 4 gol urgandi va «Bavariya»ga o‘tgandi. Tarix takrorlanadimi?

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 21:10, 24.04.2018. O'qildi: 4391 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.