Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 2:0
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 2:1
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • 0:0
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • 3:1
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • 0:4
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • 3:1
      • Buxoro
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • 0:1
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 1:1
      • Parma
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 29 38
9 Espanyol 30 38
10 Atletik Bilbao 29 38
11 Osasuna 29 37
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 29 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Malyorka 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Final oldidan finallar. Bugungi o‘yinlar haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevropa chempionlar ligasi yarim final o‘yinlariga desert sifatida bugun Yevropa Ligasida finalchilar nomi aniq bo‘ladi. Har galgidan qiziqroq o‘tayotgan yarim finalda bu safar asosiy favoritlar o‘zaro to‘qnash keladi. Tribuna.Uz kunning ikki asosiy uchrashuviga batafsil to‘xtalib o‘tadi.

Atletiko — Arsenal (4 mayga o‘tar kechasi 00:05)

Pley-off uchrashuvlari boshlanishidan oldin ko‘pchilik g‘oliblik uchun ikki jamoa nomini ko‘rsatgandi — «Arsenal» va «Atletiko». Aynan ularga g‘oliblik uchun asosiy da’vogar maqomi berilgandi. Ammo yakunda ular yarim finaldayoq to‘qnash keladigan bo‘ldi. 

Inglizlar final yo‘llanmasini birinchi uchrashuvdayoq hal qilish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishgandi. 80 daqiqa mobaynida bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan Venger shogirdlari raqibni o‘z jarima maydonachasiga qamab qo‘ygandi. Biroq shuncha hujumlar, shuncha imkoniyatlarga qaramay birinchi uchrashuv 1:1 hisobida tugagandi.

Mehmonda qayd etilgan durang natijadan so‘ng madridliklarning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Ammo Venger hamon o‘z fikridan qaytayotgani yo‘q. Chempionlar ligasi uchrashuvlari ko‘rsatdiki, birinchi o‘yindagi ustunlik hech narsani anglatmayapti. Bundan tashqari «Arsenal» o‘zining uzoq yillik murabbiyi bilan mavsum so‘ngida munosib xayrlashishni va hech bo‘lmasa bitta sovrin bilan uni kuzatib qo‘yishni istamoqda. Jamoa buning uchun Madridda ham jon berib o‘ynashini kutish mumkin. Shu ma’noda bizni Yevropa chempionlar ligasidan kam bo‘lmagan ajoyib uchrashuv kutib turgani shubhasiz.

O‘yin oldidan

«Atletiko»

Milliy chempionatda jamoa ikkinchi o‘rin uchun kurash olib bormoqda. «Barselona» chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘ldi va endilikda faqatgina YECHL yo‘llanmasi uchun kurashuvchi o‘rinlar noma’lum bo‘lib qoldi. Madridning ikki jamoasi ham yevrokuboklarda ishtirokini davom ettirayotganini hisobga olsa, «Atletiko»ning ikkinchi o‘rinni saqlab qolish imkoniyati yuqori. 

Jamoa barcha musobaqalarda so‘nggi 5 o‘yinda faqat 2 marta g‘alaba qozona oldi, xolos, 1 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etildi. «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinni jamoa 0:3 hisobida boy berdi.

«Arsenal»

Angliya premyer-ligasida vaziyat londonliklar uchun yaxshi deb bo‘lmaydi. Jamoa chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘rinlardan ham umidini uzib bo‘lgan. Endilikda YECHLda ishtirok etish uchun yagona yo‘l faqatgina Yevropa Ligasida g‘alaba qozonish bo‘lib qolmoqda. «Arsenal» o‘zining 22 yillik murabbiyini munosib kuzatib qo‘yishdan tashqari, YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun ham bu uchrashuvda g‘alaba qozonib finalga chiqishi har qachongidan muhimroq ish sanalmoqda.

Londonliklar so‘nggi 5 o‘yinning faqat 1tasidagina g‘alaba qozona olishdi, xolos. 2 durang, 2 mag‘lubiyat jamoa hisobida bor. So‘nggi mag‘lubiyatni jamoa Vengerning «Old Trafford»dagi so‘nggi o‘yinida oxirgi soniyalarda o‘tkazib yuborgani bo‘ldi. Umuman fransuz mutaxassisi uchun so‘nggi mavsum juda omadsiz o‘tmoqda. Uni nisbatan bo‘lsada, to‘g‘irlash uchun ham «Arsenal» Yevropa ligasida g‘alaba qozonishi kerak

O‘zaro o‘yinlar

Bu ikki jamoa shu kunga qadar o‘zaro to‘qnash kelishmagandi. Yevropa Ligasi 1/2 finalining dastlabki uchrashuvi ikki jamoa uchun o‘zaro uchrashuvlar tarixidagi dastlabkisi bo‘lib qoldi.

Red Bull Zalsburg - Marsel

Yevropa Ligasining ko‘r-ko‘rona qur’asi har bir bosqichda finalga teng uchrashuvlarni taqdim etishi oqibatida kuchli jamoalar musobaqani ertaroq tark etishiga to‘g‘ri keldi. Ammo bu degani «Zalsburg»ning 1/2 finalga munosib emasligini anglatmaydi. Avstriyaliklar ko‘rsatgan qahramonliklar shu darajada hayratomuz bo‘ldiki, bugungi kunda qayd etilgan natija bunga munosib baho bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa «Lasio»ga qarshi o‘yindagi «kambek» yarim finalga bo‘lgan qiziqishni ham oshirmoqda.

Ikki jamoaning birinchi uchrashuvida «Marsel» o‘zining Ligadagi an’anasini davom ettirdi. Jamoa shu kungacha biror marta ham uyida yutqazmagandi. Bu safar bu vazifani uddalab ishonchli g‘alaba qozondi — 2:0.

O‘yin oldidan

«Red Bull Zalsburg»

O‘tgan haftada «Red Bull Zalsburg» Avstriyaning eng kuchli klubi nomini o‘zida saqlab qolish uchun eng katta qadamlardan birini tashladi. Marko Roze shogirdlari «Sankt-Pyolten»ni 2:0 hisobida mag‘lubi etib, musobaqa tugashiga 4 tur qolganida asosiy raqibi «Shturm» 11 ochkoga ortda qoldirib ketdi. Keyingi haftada jamoa ketm-ket 5-marta mamlakat chempionligini nishonlashga yaqin turibdi. Bu 2006/07 yilgi mavsumdan buyon 9-marta jamoaning chempionligi bo‘ladi.

Jamoaning barcha fanatlari chempionlik oldidan tarixiy natija — final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istamoqda. Zalsburgliklar ham buning uchun uchun borini berishi tabiiy. Yarim finalga qadar «Lasio», «Borussiya» Dortmund va «Real Sosyedad» kabi jamoalarning musobaqadan chiqarib yuborgan jamoa uchun bu uddalab bo‘lmas topshiriq emas. Chorak finaldagi tarixiy «kambek» ham bunda yordam berishi mumkin.

«Marsel»

Yevropa ligasidagi g‘alabadan so‘ng, Rudi Garsiya shogridlari Fransiya chempionatida muhim ochkolarni boy berdi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun aqlbovar qilmas kurashda qatanashayotgan jamoa «Anjer» mehmoni bo‘lib  1:1 hisobida durang o‘ynadi va 3-o‘ringa ko‘tarilib olish uchun qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Ayni vaqtda jamoa 3-o‘rinda borayotgan «Monako»dan , 2-o‘rindagi «Lion»dan 2 ochko ortda qolmoqda. Agar raqobatchilar ochko yo‘qotmagan taqdirda «Marsel» YECHLdan quruq qolishi mumkin. Ammo boshqa tomondan jamoa Yevropa Ligasida ishtirok etgan taqdirda, kelgusida Fransiyadan 4 jamoa Chempionlar ligasida qatnashishi mumkin bo‘ladi.

«Marsel» Avstriyaga himoyachi Xiroki Sakai va hujumchi Kostas Mitro‘g‘lusiz yo‘l olgan. Ikkala futbolchi ham jarohati bois o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bu esa katta yo‘qotish bo‘lishi tabiiy.

O‘zaro o‘yinlar

Ikki jamoa joriy mavsumda Yevropa ligasining guruh bosqichida ham o‘zaro ro‘baro‘ kelishgandi. Zalsburgda hisob ochilmagan bo‘lsa, Marselda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Jamoaning uchinchi uchrashuvi esa 1/2 finalga to‘g‘ri keldi. Bugungi to‘qnashuv jamoalarning o‘zaro tarixidagi va mavsumdagi 4-o‘yin bo‘ladi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 20:41, 03.05.2018. O'qildi: 3838 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик